O’qqa nisbatan simmetrik figuralar

O’qqa nisbatan simmetrik figuralar

Darsning maqsadlari:

ta’limiy: o‘quvchilarga simmetriya, simmetrik figuralar  haqida  tushuncha  berish. Simmetriya  haqidagi  tasavvurlarini  kengaytirish,  geometrik  figuralardan  simmetriya  o‘qini  o‘tkazishni  o‘rgatish;

TK1:  turli  axborot  manbalaridan  simmetriyaga  mos  ma’lumotlarni  topa  bilish. Fikrni  mantiqiy  izchillikda ifodalay  olish;

FK:  simmetrik  figuralarni hayotda  topa  olish;

tarbiyaviy:   o‘quvchilarni  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalash.  Buyuk  ajdodlarimiz  meroslarini  asrab  avaylashga  o`rgatish

TK-4:  atrofdagilar  bilan  o`zaro  muloqot  chog`ida  odob-axloq  qoidalariga  rioya  qilish;

rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni  simmetriya  haqidagi  tasavvurini  kengaytirish, tabiatdan  simmetriyaga  mos  narsalarni  topa  olish;

FK-2:  o‘rganilgan  matematik  tushunchalar, faktlar  va  algoritmlarni  o‘quv  vaziyatlarda  qo‘llay  olish  va  yangi  bilimlar  hosil  qila  olish.

Dars  turi:       mustahkamlovchi  dars.

Dars  metodi: tushuntirish, suhbat, amaliy mashg‘ulot, To‘g‘ri-noto‘g‘ri”  metodi,”  Zanjir” o‘yini

Darsning  jihozi: geometrik  figuralar,  daraxt   barglari,  ko‘rgazmalar,  tarqatmalar, test  savollari,  AKT,  multimediya  ilovalari, cho‘plar.

Darsning  borishi:

I. Tashkiliy qism. 

Salomlashish. Sinfdagi o‘quvchilarni  va  xonani  darsga  tayyorligini  nazorat  qilish.  Navbatchi  axborotini  tinglash.

II. O‘tgan mavzuni  takrorlash.

Simmetriyaga  misollar  keltiring.

To‘g‘ri  tortburchakdan  simmetriya  o‘qi  o‘tkazing.

“Zanjir”  o‘yini.  Simmetrik  jismlarni  aytish.

Ayiqning  oyog‘i,  kapalak  qanoti, daftarning  o‘rtasini  ochganda,  oynadagi  aksingiz,  olmani  teng  ikkiga  bo‘lish,  tortni  teng  qismlarga  bo‘lish.

  1. Yangi mavzuni  tushuntirish.

1—5-  misol-masala

Simmetriya — yunoncha  so‘zdan  olingan  bo‘lib,  o‘lchovdosh  degan   ma’noni  anglatadi.

Kundalik  hayotimizda  simmetriyaga  juda  ko‘p  uchraymiz. Masalan,  daraxtlarning  barglari,   qushlar  va  hasharotlar  qanoti,   hayvonlarning  quloqlari,  oyoqlari,  tuyoqlari  va  hakozo.

Simmetriya — bir  butun  narsani   tashkil  etuvchi  qismning   markaziy   o‘qi.

  • Aylana chizing. Aylana markazidan diametr o‘tkazing. Aylana diametri uning simmetriya o‘qi bo‘lishini
  1.  Simmetriya o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lgan ikkita uchburchak chizing. Uchburchaklarning o‘zaro sim­metrik bo‘lgan burchaklarini kesmalar yordamida tutashtiring. a) Teng tomonli
  2. a) uchburchak chizing. Uning simmetriya o‘qini toping.b) Teng yonli uchburchak chizing. Unga nechta simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkin?
  3. d) Turli tomonli uchburchak chizing. Unga simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkinmi?Javob: mumkin emas.
    1. a) 9 ta cho‘pdan 4 ta teng tomonli uchburchak yasang.

    b) 9 ta cho‘pdan 5 ta teng tomonli uchburchak yasang

  4. Mustahkamlash.
  5. Test  savollari:
    1. Teng tomonli  uchburchakdan   nechta  simmetriya  o‘qi  o‘tkazish  mumkin?
    2. 1  ta       2  ta    D.  3ta
    3. Turli   tomonli     uchburchakdan  simmetriya  o‘qi  o‘tkazish  mumkinmi?
    4. Mumkin       Mumkin  emas
    5. Aylanadan nechta   simmetriya  o‘qi  o‘tkazish  mumkin?
    6. 1ta     2ta        D.   Bir  nechta
    7. 8 sm  li  kesmaning  simmetriya  o‘qini
    8. 8 sm          4 sm      d.   2 sm
    9. Simmetrik jismni  toping
    10. Kapalakning qanotlari       Choynak,  piyola    D.  Ruchka,  qalam
    11. Baholash. O‘quvchilarni rag‘batlantirish va baholash.
    12. Uyga vazifa.

    — Tomoni  uzunligi  3 sm bo‘lgan  kvadrat  chizing. Uning qarama-qarshi burchaklarini birlashtirib, qanday uchburchak hosil bo‘lganligini tahlil qiling.

    — Tomonlari  2 sm va 4 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizing. Qarama-qarshi ikkita burchaklarini birlashtiruvchi kesma o‘tkazing. Qaysi turdagi uchburchaklar hosil bo‘ldi?

     

     

    Dilfuza IBRAGIMOVA,

    Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi

    28- umumta‘lim maktabning

     boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Fikr bildirish