Doira va aylana. Aylana markazi, radiusi va diametri. Sirkul

Matematika, 2- sinf

Dars shiori: Aqlimizni charxlaymiz,
Masala, misol ishlaymiz,
Bilim olib har kuni,
Hayotda biz qo‘llaymiz!
Darsning maqsadlari:
ta’limiy: doira, aylana markazi, radiusi haqida bilim berish, mavzuga doir misol va masalalar yechishga o‘rgatish;
tarbiyaviy: san’atni sevishga o‘rgatish, milliy an’ana va qadriyatlarga hurmatni tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning geometrik bilim va tafakkurini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: savol-javob, tushuntirish, amaliy ish, guruhlararo musobaqa, “Qo‘l uzmasdan chizish” musobaqasi.
Dars jihozlari: darslik, mavzuga oid rasmlar, videolavha, sirkul, qalam, o‘chirg‘ich va chizg‘ich.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Navbatchi o‘quvchining axboroti tinglanadi, o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi, uyga berilgan vazifa tekshiriladi va tahlil qilinadi.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Matematik diktant orqali o‘tilgan mavzu mustahkamlanadi.
Eng katta 3 xonali sonni yozing. 999
5 yuzlik 4 o‘nlik va 8 birlikdan iborat sonni yozing. 548
896 sonidan 90 ta kam sonni sonni toping. 806
640 sonida nechta o‘nlik bor? 64
Berilgan shaklning nomi nima? doira
III. Yangi mavzu bayoni:
– Qadrli o‘quvchilar, bugungi darsimizda doira, aylana markazi, radiusi, diametri haqida o‘rganamiz.
O‘quvchilardan 8 nafari doskaga chaqiriladi va bir-birlari bilan qo‘l ushlashib turishlari aytiladi. Qo‘llarini keng yoyib, biror bir milliy o‘yin esga olinadi. Masalan, “Mushuk va Sichqon” yoki “Romolcha tashlash” o‘yinlari.
– O‘quvchilar, o‘yinda qanday holatda turibsizlar?
– Doira bo‘lib turibmiz.
– Shu shaklni eslatuvchi qanday predmetlarni bilasiz?
O‘quvchilar o‘z javob variantlarini aytadilar:
– Non,mashina g‘ildiragi, mashina ruli, lagan va hokazo.
– Rasmda qanday geometrik shakllar tasvirlangan?

-Uchburchak, doira, to‘rtburchak.

-Bu doira. Doira – tekislikning aylana bilan chegaralangan qismi.

1- misol.

NL – DOIRA RADIUSI

KM – DOIRA DIAMETRI

2- misol

Odatda nuqtalar lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi.

Masalan: A va B nuqta doirani ichida, C va D nuqtalar esa doiraning tashqarisida yotadi.

Aylana sirkul yordamida hosil qilinadi. Aylana markazidan o‘tgan chiziq uning diametri hisoblanadi.

r = AO = OB                                   r – radius

d = AO + OB                                   d- diametr

d = AB

 

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan