Ordenning
munosib sohibi
Mehnat qilgan
elda aziz
Sergeli tumanida 277- umumta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
Haqiqiy mehnat
munosib rag‘batini topadi
Yagona ko‘makchi nashrimiz
bu yil ham qo‘limizda

02.11.2018

Darsning maqsadlari:

ta’limiy: o‘quvchilarning 1000 soni ichida qo‘shish va ayirishga doir bilimini takomillashtirish va chizma asosida masala tuzish malakasini  oshirish;             

tarbiyaviy: masalalar yechish orqali o‘quvchilarning iqtisodiy bilimini oshirish, do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik sifatlarini tarbiyalash; 

rivojlantiruvchi: og‘zaki va yozma hisoblash malakasini o‘stirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: guruhlarda ishlash, suhbat, savol-javob, «Baliq skeleti».

Darsg jihozi: darslik, mavzuga mos rasmlar, tarqatma  materiallar, noutbuk, videoproyektor.

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism.

O‘qituvchi o‘quvchilar bilan salomlashadi. Davomat  aniqlanadi.

II. O‘tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.

O‘quvchilarning  uyga vazifalari ko‘rib chiqiladi.

O‘qituvchi: — Bolajonlar, biz bugun avtobusda «Matemateka olami»ga sayohat qilamiz.

Har bir bekatda to‘xtab, misol, masalalar yechamiz. Maqollar, topishmoqlar aytamiz. Avtobusga chiqish uchun  ko‘paytirish jadvalini yaxshi bilishimiz kerak. Ko‘paytirishga doir misollarni to‘g‘ri yecha olsak, yo‘l chiptasini qo‘lga kiritamiz.

(Bolalarga misollar yozilgan tarqatmalar tarqatiladi. Ular tezlik bilan misollarni  og‘zaki yechadilar va birin-ketin javobini aytadilar).

Mana, bolajonlar, avtobusimiz «250+320 ko‘rinishidagi ifodalar» bekatiga kelib to‘xtadi.

III. Yangi mavzu bayoni.

475- misol.

(Ko‘rgazma asosida misollarni bajarilishi tushuntiriladi).

Bolajonlar, sayohatni davom ettiramiz. 2- bekat «Topishmoqlar bekati»ga yetib keldik.

1. Pak-pakana bo‘yi bor, yetti qavat to‘ni bor. (Piyoz).

2. Juda puch ham emasman o‘ylagandek ba’zilar, O‘tsam sonlar ortiga kuchim yaqqol sezilar. (0 raqami).

(Shu tarzda sonlar ishtirok etgan topishmoqlar aytiladi. Keyin o‘quvchilar yana yo‘lda davom etadilar. Keyingi bekat «Masala bekati»ga yetib  kelishadi).

476- masala.

O‘qituvchi: — Bolajonlar, sayohatimizni davom ettirish uchun  masalani yechishimiz kerak.

Sayyohlar poytaxtimiz Toshkentdan Samarqandgacha 320 km, Samarqanddan Buxorogacha 270 km yo‘l yurdi. Ular ro‘yi zamin sayqali bo‘lmish ko‘hna Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi. Keyin Samarqanddan Buxoroi sharif tomon yo‘l olib, tarixiy yodgorliklar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdi.

(Masala chizma asosida  tushuntiriladi. Masalaga qisqa shart tuziladi).

1. Masalada nimalar ma’lum?            

— Toshkentdan Samarqandgacha – 320 km.

— Samarqanddan Buxorogacha – 270 km.

2. Nimani topishimiz kerak? Toshkentdan Buxorogacha qancha masofa yurgan?

320+270=(300+200)+(20+70)=500+90=590

Javob: Toshkentdan Buxorogacha 590 km.

O‘qituvchi: — Kelinglar, bolajonlar, avtobusga yoqilg‘i quyilgunicha biz qiziqarli o‘yin o‘ynaymiz.

O‘quvchilarga navbati bilan koptok otiladi. Koptokni ilib olgan  o‘quvchilar sonlar ishtirok etgan maqollardan aytadilar: Birni kessang, o‘nni ek. Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi.

O‘qituvchi: — Bolalar, «Misollar bekati»ga keldik.

477- misol.

150+130=280       360+210=570         570+320 =890

240+120=360          430+380=810          660+230 =890

O‘quvchilar misollarni navbati bilan bajaradilar.

— Bolalar, bekatda biroz dam olamiz.

Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.

478- masala.

O‘qituvchi: — Bolalar, qaranglar, olmaxon! Unga yordam berishimiz kerak.

— Olmaxon qanday jonivor? Olmaxon nimalar bilan oziqlanadi?

— Olmaxon qayerda yashaydi?

Olmaxon haqida bilib oldik, endi unga yordam beramizmi?

Olmaxon masalani yecha olmasa, ayyor tulki unga hujum qiladi.

(Masala sharti ko‘rgazma asosida  tushuntiriladi).

Daraxt tagidan boshlab  bir yo‘nalishda har birining orasi 1 m.dan qilib 10ta yong‘oq qo‘yilgan. Olmaxon 10 marta qatnab, hamma yong‘oqni daraxt tagiga bittadan tashlab kelishi uchun qancha masofani bosib o‘tishi kerak? (Masala  savollar yordamida yechiladi).

— Berilgan masala nima haqida ekan?

— Yong‘oq   haqida.

— Masalada nima ma’lum?     

— 1ta daraxt tagida 10ta yong‘oq borligi.

— Masalada nima noma’lum?

— Qancha masofani bosib o‘tish kerakligi.

1- usul borish uchun:                                     2- usul borish uchun:

1+2+3+4+5+6+7+8+9+10=55                         1+2+3+4+5+6+7+8+9+10=55

Kelish uchun:                                          Kelish uchun:

55+55=110                                              55 · 2=110

Yechish uchun 2- usul:

1+1+2+2+3+3+4+4+5+5+6+6+7+7+8+8+9+9+10+10=110

Javob: 110 metr.

Masalaning javoblari «Baliq  skeleti» texnologiyasi asosida solishtirib chiqiladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

O‘qituvchi: — Bugun  darsda nimalarni bilib oldingiz?

 — 320+250 ko‘rinishidagi ifodalar qanday bajariladi?

— Bugungi darsimizdagi yoki sayohatimizdagi qaysi bekatdagi topshiriqlar sizga juda yoqdi? 

 — Yurtimizdagi tarixiy obidalar haqida nimalarni bilib oldingiz?

— Olmaxon yong‘oqlarni yig‘ib olishi uchun qancha masofa yurar ekan?

V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.

Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadi.

VI. Uyga vazifa.

Darslikdagi 479- misol  va  480- masala sharti tushuntiriladi.

 

Zohida YO‘LDOSHEVA,

Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi

31- umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Add comment


Security code
Refresh