Tanlov har uch oy(kvartal)da bir marotaba qator nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi. Tahririyat ijodiy xodimlaridan tashkil topgan tahlil guruhi tomonidan jurnalda chop etilgan eng sara materiallar aniqlanadi.

G‘oliblar:

— «Eng yaxshi bir soatlik dars ishlanmasi uchun» — eng kam ish haqining 3 barobarigacha;

— «Eng yaxshi maqola uchun» — eng kam ish haqining

3 barobarigacha;

— «Eng yaxshi metodik material uchun» — eng kam ish haqining 2 barobarigacha;

— «Eng yaxshi ko‘rgazmali qurol (slaydlar) uchun» — eng kam ish haqining 3 barobarigacha;

— «Eng yaxshi badiiy asar (ertak, hikoya yoki ocherk) uchun» — eng kam ish haqining

2 barobarigacha;

— «Eng yaxshi intervyu (suhbat) yoki yangilik uchun» — eng kam ish haqining

1 barobarigacha;

— «Eng yaxshi surat yoki boshqotirma (krossvord) uchun» — eng kam ish haqining

1 barobarigacha miqdoridagi mablag‘ bilan taqdirlanadilar.

Darvoqe, g‘oliblar mukofot pullarini tahririyatdan olishlari mumkin. Buning uchun Sizdan pasport, STIR (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami Tuman soliq idorasidan beriladi) va ShJBPHTR (shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varag‘ining tartib raqami Xalq bankidan beriladi) kseronusxalari talab etiladi. Aks holda, maqolangiz chop etilgach, sizga beriladigan qalam haqi ma’lum vaqt saqlanadi va muddat tugagach, tahririyat jamg‘armasiga o‘tib ketadi.

Materiallaringizni xat yoki elektron pochta orqali yuborishingiz mumkin.

Hurmatli muallimlar! Har bir nominatsiya bo‘yicha o‘zingizni sinab ko‘rishga shoshiling! Yozing va g‘olib bo‘ling!

Add comment


Security code
Refresh