Biz haqimizda

«Gapda emas, amalda ko‘mak!»

Nashrimizni mamlakatimizdagi ko‘plab ta’lim muassasalarida biladilar va unga talab katta.

Tahririyat jamoasi jurnalning imijini yuqori darajaga ko‘tarish, uni mazmun jihatidan qiziqarli va kerakli, ko‘rinish jihatidan rang-barang bo‘lishiga harakat qiladi. Bu jarayonda ijodkor mualliflarning qo‘llab-quvvatlashiga ishonamiz.

«Boshlang‘ich ta’lim» jurnali tahririyati jamoasining ish prinsipi:

«Eng yaxshi yurt — O‘zbekiston, eng yaxshi jamoa — bizniki, eng yaxshi kun — bugun, kichik yoshdagilar  ta’limining eng yaxshi  nashri — «Boshlang‘ich ta’lim»!

Biz — jurnalni amaliy jihatdan har bir maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining xonasida kerakli bo‘lishini ta’minlashga mas’ul va halol insonlardan tashkil topgan maslakdoshlarning ahil oilasi.

Bugungi kunda tahririyatda quyidagi bo‘limlar mavjud:

  1. Ijtimoiy-gumanitar fanlar va maxsus ta’lim bo‘limi.

Ushbu bo‘lim alifbe, ona tili, o‘qish fanlariga oid materiallar hamda maxsus ta’lim mavzularini yoritadi. U, jumladan, quyidagi vazifalarni qamrab oladi:

— maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash muammolari;

— ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

— maktab kutubxonalari faoliyatidagi yutuq va kamchiliklar;

— darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ishlash bo‘yicha yangiliklar;

— dars, sinfdan tashqari va to‘garak mashg‘ulotlari ishlanmalari (Alifbe, o‘qish, ona tili);

— inklyuziv ta’lim (imkoniyati cheklangan bolalar maktablari)ga oid dars, sinfdan tashqari va to‘garak mashg‘ulotlari ishlanmalari;

— xalq og‘zaki ijodi (ertak, maqol, topishmoq, tez aytish, sanama va h.k.) namunalaridan chop etish;

— fanlararo  uzviylikni ta’minlash;

— darslik mualliflarining pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash borasidagi metodik maqolalari;

— «O‘qituvchi kitobi» bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar;

—  «Ustoz ibrati: yosh o‘qituvchiga yordam» ruknida ustozlar tajribasi orqali yosh o‘qituvchilarga har tomonlama ko‘mak berish;

—  bola tarbiyasiga oid materiallar;

— yuqoridagi yo‘nalishlarda mutaxassislarning ilmiy  tadqiqot  materiallarini berib borish.

2. Aniq, tabiiy va estetik tarbiya yo‘nalishidagi fanlar bo‘limi.

Ushbu bo‘lim matematika, kompyuter savodxonligi, iqtisod alifbosi, tabiatshunoslik, atrofimizdagi olam, odobnoma, mehnat ta’limi,  tasviriy san’at, musiqa madaniyati fanlariga doir mavzularni qamrab oladi. Bo‘lim vazifalariga quyidagilar kiradi:

— yuqoridagi fanlarga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ishlash bo‘yicha metodik tavsiyalar berish;

— dars, sinfdan tashqari va to‘garak mashg‘ulotlari ishlanmalari;

— darsda foydalanish uchun qo‘shimcha manbalarni taklif etish;

— darslik mualliflarining ayrim mavzularni o‘tish bo‘yicha tavsiyalari;

— oliy  ta’lim muassasalari va pedagogik kollejlarda bo‘lajak boshlang‘ich sinf mutaxassislarini tayyorlash, pedagoglar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tajribalarini, muammolarini yoritish bo‘yicha maqolalar va metodik tavsiyalar berish, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yoritiladi.

3. Chet tili, xalqaro yangiliklar va sport bo‘limi.

Mazkur bo’lim faoliyatining asosini chet tili va jismoniy tarbiya fanlari tashkil qiladi. U, jumladan, quyidagi mavzularni yoritadi:

— chet tillarini o’rganishga doir Prezident qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar;

— chet tili darsliklari borasida mutaxassislar fikrini berib borish;

— boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish va yoritish;

— boshlang‘ich ta’lim sohasidagi yangiliklar (mahalliy  va xorijiy) bilan tanishtirish;

— jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar berish;

— mamlakatimizda sportni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar;

— darslarda foydalanish uchun qiziqarli ma’lumotlar berib borish;

— sog‘lom avlodni tarbiyalash muammolari;

— tadbir ssenariylari (sinflar kesimida) kabi mavzular yoritib boriladi.

4. Boshlang‘ich ta’lim-tarbiya metodikasi va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi.

Boshlang‘ich ta’limning yuqorida ta’kidlangan barcha yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan rus tilidagi bo‘limdir.