02.05.2018

Mavzu: «Qiymati 0ga teng bo‘lgan misollarni yechish».

Darsning maqsadlari:

ta'limiy: o‘tilgan mavzu yuzasidan egallangan bilimlarni mustahkamlash, 0ni har qanday songa bo‘lganda 0 chiqishi haqida bilim berish;

tarbiyaviy: har bir matematik muammoni ahillik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash;

rivojlantiruvchi: matematik topshiriqlarni bajarish orqali o‘quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Metodlar: savol-javob, tushuntirish, suhbat, muammoli izlanish metodlari. 

Jihozlar: darslik, mavzu asosida didaktik materiallar, jadval, rag‘bat kartochkalari.

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism.

O‘qituvchi:

Hamma quvnoq, sog‘lommi,

Darsimizga tayyormi?

Sinfda kim navbatchi —

Bir kunlik nazoratchi?

Ayting-chi, bolalar, bu yilga qanday nom berildi?

— «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili».

— Barakalla, biz qaysi diyorda yashaymiz?

— O‘zbekiston degan tinchlik o‘lkasida.

— Mana shu birgina «tinchlik»  so‘zi zamirida qancha ma’no bor?! Shunday jannatmakon diyorda yashayotganimizdan faxrlanishimiz kerak.

— Bugungi matematika darsimiz oddiy dars emas. Darsimizga maktabimizning ilg‘or o‘qituvchilari va «Bilmasvoy» tashrif buyurgan.

II. Uyga vazifani so‘rash.

Bilmasvoyga yordam berish kerak. Buning uchun guruhlarga bo‘linamiz. Qaysi guruh Bilmasvoyga yordam bersa, uning sovg‘asi bor ekan.

III. Yangi mavzu bayoni.

Dars mavzusi multimediali ilovadan foydalanib tushuntiriladi.

Nolni har qanday songa bo‘lganda, nol chiqadi. Nolga bo‘lish mumkin emas.

2- misolni tushuntirib yechish (yozma).

0:24=      0•28=              0:68=

0•75=     0:19=               0•13=

(Har bir guruhdan o‘quvchilar chiqib, misollarni doskaga yozib yechishadi).

3- masalani yechish (yozma).

 

Masalaning qisqa yozuvi:

Shaxmat — 18ta.

Shashka — ?ta.             30ta.

Yechish: 30–18=12ta shashka.

Javob: Maktab to‘garagi uchun 12ta shashka keltirilgan.

O‘qituvchi: — Sportning qanday turlari bor?

O‘zbekiston mashhur sportchilaridan kimlarni bilasiz?

Sport bilan muntazam shug‘ullanish sog‘lik uchun foydali. Darsdan tashqari vaqtingizni sport bilan o‘tkazing. Buning uchun bizda ko‘p qulayliklar bor.

Dam olish daqiqasini o‘tkazish.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

O‘quvchilarga mustaqil bajarishlari uchun topshiriqlar beriladi. Didaktik va tarqatma materiallar bilan ishlanadi.

4- misol. Qiymati 0ga teng bo‘lgan misollarni topib yechish:

65-65

0:89

42-42

0-38

0:23

39-39

0:15

0:57

27:27

0-18

16-16

0:96

 

Namuna: 65-65 = 0.

V. Darsga yakun yasash, baholash.

Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkazilib, dars yakunlanadi. Dars davomida faol qatnashgan o‘quvchilarni baholab rag‘batlantirish.

O‘qituvchi: — Qancha ko‘p kitob o‘qisangiz, shuncha bilimli bo‘lasiz. «Yosh kitobxon» tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan respublikadagi eng yirik tanlov hisoblanadi. Siz ham hozirdan kitob o‘qib bilimlaringizni oshirib, shu tanlovda qatnashishingiz mumkin. Tanlov g‘olibiga Spark avtomashinasi beriladi.

VI. Uyga vazifa.

5- masala. 6- misol.

 

Go‘zal ABSATOVA,

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi

6- umumta’lim maktabining

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Add comment


Security code
Refresh