01.06.2018

Darsning maqsadlari:

ta’limiy: o‘quvchilarga 3 xonali sonlarni yechishni tushuntirish, tarkibli  masala yechish.

TK 1: so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;

TK 6: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish;

FK 1: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish,  mavzuga doir tegishli misollar keltira olish.

tarbiyaviy: o‘quvchilarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirib borish; har bir matematik muammoni ahillik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.

TK3: masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay olish.

rivojlantiruvchi: tasavvur ko‘nikmalarini rivojlantirish.

FK2: o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza olish,  tuzilgan reja asosida ishlay olish va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab olish.

Dars turlari: yangi tushuncha, ko‘nikma va malakalarni rivojlantiruvchi.

Dars metodlari: evristik, kommunikatsion metodlaridan foydalanish.

Dars jihozlari: darslik, mavzu asosida ko‘rgazmali materiallar, jadval.

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism.

O‘quvchilarni darsga hozirlash.

II. Uy vazifasini tekshirish.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

(Doskaga ushbu rasmlar ilinadi va har bir guruhdan o‘quvchilar navbatma-navbat chiqib ishlashadi. Misolni to‘g‘ri bajargan o‘quvchiga rag‘bat kartochkasi beriladi).

Qolgan o‘quvchilarga rangli qog‘ozdan tayyorlangan shakllar tarqatiladi. O‘quvchilarga shaklni daftarlariga yopishtirib,  peremetrini topish beriladi.

III. Yangi mavzu bayoni.

1- misol (og‘zaki). Soatning kichik mili soatni necha bo‘lganini ko‘rsatadi. U bir raqamdan ikkinchi raqamgacha 1 soatda o‘tadi. Soatning katta mili minutni ko‘rsatadi.  U bir chiziqchadan ikkinchi chiziqchaga 1 daqiqada o‘tadi. 1 soat = 60 minut.

Savol-javob o‘tkazish.

1)   Soat qaysi vaqtni ko‘rsatyapti?

2)   Soatning katta mili qaysi raqamni ko‘rsatyapti?

3)   Soatning kichik mili qaysi raqamni ko‘rsatyapti?

  

2- misolni namuna bo‘yicha bajarishga o‘rgatish.

100-6 = 90 + (10-6) = 90 + 4 = 94

90 10

100-7;  100-4;  100-9;   100-8

3- masalani yechish (yozma). Masalaning qisqacha yozuvi:

Bor edi — 100 changyutgich

Sotildi — 9 changyutgich

Qoldi — ? changyutgich

Yechish: 100-9=91 changyutgich.

Javob: do‘konda 91ta changyutgich qolgan.

4-misol. 1 – rasmda nechta to‘tburchak, 2- rasmda nechta uchburchak va to‘rtburchak bor?

5- masala (yozma).

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Og‘zaki savol-javob orqali mavzu mustahkamlanadi.

  1. Kun tartibingizni aytib bering.
  2. Siz bir minut davomida qaysi songacha sanay olasiz?

Oquvchilarga tarqatma materiallar tarqatiladi. O‘quvchilar mustaqil soat necha bo‘lganini belgilab ko‘rsatadilar.

V. Darsga yakun yasash. O‘quvhilarni baholash. Dars davomida faol qatnashgan o‘quvchilarni baholab, rag‘batlantirish.

VI. Uyga vazifa. 6- masala, 7- misol. Ularni yechish bo‘yicha o‘quvchilarga tegishli ko‘rsatmalar beriladi.

Go‘zal ABSATOVA,

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 6- umumta’lim

maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

 

Add comment


Security code
Refresh