29.06.2018

Darsning maqsadlari:

ta’limiy: arifmetik amallar, sonlarni qo‘shish, ayirish haqida tushuncha berish, amallarning bajarilish tartibini tushuntirish, ketma-ketlikni to‘g‘ri bajarishni o‘rgatish;

tarbiyaviy: sonli ifodalarni to‘g‘ri yecha bilish orqali o‘quvchilarda tabiat va jamiyat hayotidagi, kishilar o‘rtasidagi turli xil miqdoriy munosabatlarni o‘rganish orqali vatanparvarlik, yuksak axloqiy sifatlarning shakllanishiga, komil inson bo‘lib yetishiga erishish, o‘quvchilarni mantiqiy fikrlash, topqirlik, o‘tkir zehnlilik kabi shaxs sifatlarini shakllantirish;

rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni turmushda, hayotda, oilaviy munosabatlarda, jamoatchilik o‘rtasida o‘rgangan bilim, ko‘nikma va malakalardan unumli maqsadga muvofiq ijodiy foydalanish, ularni hayotga tatbiq qilishga o‘rgatish, mustaqillik, o‘z shaxsiy fikriga ega bo‘lish xislatlarini yanada o‘stirish.

Shakllantiriladigan kompetensiyalar.

TK2 — axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi;

TK3 — o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi;

FK1 — matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya.

Dars turi: yangi bilim beruvchi.

Darsning metodi: tushuntirish, savol-javob, ta’limiy o‘yin.

Darsning jihozi: matematika darsligidan (1- sinf 2017 yil) mavzuga doir masalalarga oid ko‘rgazma, chizma, test savollari va texnika vositalari.

Darsninig borishi

I. Tashkiliy qism.

O‘quvchilar bilan salomlashish. Sinf va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.

O‘qituvchi:

Salom mening, bolalarim,

Quvnoq  zukko donolarim.

Daftar, ruchka olganmisiz?

Darsimizga tayyormisiz?

(O‘qituvchi topishmoq matnini slayd orqali namoyish qiladi).

Qo‘limda bor shunday kitob,

Ichi to‘la g‘ij-g‘ij hisob.

O‘qisang gar qilar xitob,                  

Qani, toping qaysi kitob?                                               

                                                   (Matematika kitobi).

O‘qituvchi: — Matematika fanlar ichra shoh,  Uning sirlaridan bo‘lingiz ogoh!

Ma’naviyat daqiqasi o‘tka­ziladi.

II. O‘tilgan mavzu va uyga berilgan vazifani tekshirish.

O‘qituvchi: —  Bolajonlar, keling shu yerda sizga bir topishmoq bilan murojaat qilsam. Sizlar "Bolajon" telekanalini tomosha qilsangiz, mening bu savolimga, albatta javob berasiz. Qo‘limda turgan bu ranglar nimani ifodalaydi?

Men bugun sizlarni baholashda mana shu harakatlar strategiyasidagi ranglardan foydalanaman. Har bitta to‘g‘ri javob uchun o‘zingizni yoningizda turgan 5 xil rangdan foydalanasiz. 5 imkoniyatning hammasidan foydalangan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.

O‘quvchilar oldindan tayyorlab kelingan harakatlar strategiyasi simvoliga har bitta to‘g‘ri javob uchun 1 balldan qo‘yib boradilar. 5ta rangni har biriga 1 balldan qo‘yib, o‘quvchilar o‘z-o‘zini baholaydi.

Demak, imkoniyatlarimizni ishga solib, harakatlarimizni boshlaymiz.

 «My home» metodi. Bu metod o‘quvchilarni erkin fikrlashlariga yordam beradi. Diqqatingizni ekranga qarating. (Bunda o‘qituvchi uyga vazifani chiroyli tarzda rasm shaklida ekranda taqdim qiladi. Rasmda uy shakli ham tasvirlanadi va unda uyga vazifa nomi yozilgan bo‘ladi).

Faqat uyga yetib olish uchun bir necha topshiriq beriladi. Bu o‘qituvchining xohishiga ko‘ra testlar, savollar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

1- topshiriq: test sinovi.

Har bir o‘quvchiga  test savollarini o‘qituvchi og‘zaki aytib turadi, o‘quvchilar javoblarni qo‘llaridagi kartochkalar orqali  «jim» o‘yinidan foydalanib, o‘qituvchiga to‘g‘ri javobni ko‘rsatishadi.

Matematika so‘zi necha bo‘g‘indan iborat?

a) 3            b) 4      d)5                 e) 6

1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar ichida nechta toq son bor?

a) 3ta         b) 5ta   d) 7ta              e) 9ta

100 soni nechta o‘nlikdan iborat?

a) 10ta       b) 11ta             d) 9ta               e) 100ta

Sonlar yozuvda necha xil ifodalanadi?

a) 2 xil                b) 3 xil            c) 4 xil                       d) har xil  

O‘qituvchi: — Bolajonlar, keling shu yerda  o‘tgan  mavzuni mustahkamlash uchun 2- topshiriqni bajaramiz.

2- topshiriq: tezkor savol-javob.

— O‘tgan darsda qanday mavzuni o‘rgangan edik?

— Misol va masalalar yechish.

— O‘quvchilar, matematikadan nimalarni o‘rganamiz?

— Matematikada nechta amal bor?

— Qaysi amallar bilan ishlaymiz?

— Qani, kim 0 dan 10 gacha sonlarni biladi?

— Kim teskari sanab beradi? Kim juft sonlarni aytib beradi?

— Toq sonlarni ayting.

— O‘quvchilar bilasizlarni, bu sonlarni buyuk matematik olim, allomamiz Al-Xorazmiy asoslagan va joriy qilgan. (0,1,2,3,4,5,6,7,8,9).

— Keling shu yerda raqamlar bilan tanishsak. (Raqamlar she’ri).

— Bolajonlar keling shu yerda biroz tanaffus qilib olsak.

Demak, bolajonlar, biz  «My home» ya’ni mening uyim  metodining 2- topshirig‘ini ham bajarib bo‘ldik, endi  3- topshiriqqa  o‘tsak. Uyga vazifa qilib 6- misol berilgan edi. Misollarni javoblarini ketma-ketlikda aytamiz.

«To‘g‘risini tanlab yoz!» metodi.

Sana yozilgandan so‘ng, albatta, biz chiroyli yozuv qilamiz. Chiroyli yozuvdan tashqari bilimlarni mustahkamlash uchun 100 dan katta bo‘lgan sonlarni yozishni o‘rganayapmiz. Doskada 150dan 160gacha bo‘lgan sonlar har xilda yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Shulardan bittasi xato yozilgan. O‘quvchilar  doskaga to‘g‘ri yozilgan variantni topib, daftarlariga  yozib ko‘rsatadi. 

III. Yangi mavzu bayoni.

«Bu qanday so‘z» o‘yini.

So‘z to‘rt harfdan iborat.

Birinchi harfi alifboda 1- o‘rinda, keyingisi  12- o‘rinda, keyingisi  1-, va oxirgisi 11- o‘rinda  turadi. Bu so‘zni toping. Bu so‘zni topib daftarga yozish. 

«Amal» so‘zi kelib chiqdi. Nima uchun?

Doskaga matematik belgilarni ko‘tarib olgan o‘quvchilar chiqishadi.

Amallar belgilari

«+» – qo‘shish nemis matematiklari tomonidan XV asr oxirida kiritilgan.        

«-» – ayirish nemis matematiklari tomonidan XV asrda kiritilgan.

«x» – ko‘paytirishni 1631- yilda Outred kiritgan.

 «:» – bo‘lishni Leybnits 1684- yilda kiritgan.

«Nilufar guli» texnologiyasi.

Hozir doskaga 8 nafar o‘quvchilarni taklif qilaman. Ular 1- misolda  berilgan misollarni «Nilufar guli» texnoligiyasidan foydalanib, misollar ishlanadi. O‘quvchilar esa Nilufar gulining 8ta gulbarglariga  yozadi. O‘quvchilar daftarga ko‘chiradilar.

Ushbu texnologiya didaktik muammolarni yechishning samarali vositalaridan bo‘lib, u Nilufar guli ko‘rinishiga ega. Asos va unga biriktirilgan sakkizta gulbarglarni o‘z ichiga oladigan bu metod yordamida mashqlarni bajarish mumkin.

2-masala     I. 1- hunarmand —10ta beshik

  1. 2- hunarmand — 4ta ortiq beshik
  2. 2- hunarmand — ?ta beshik

Yechish:10+4=14ю

Dam  olish  daqiqasi.

IV. Yangi mavzuni mustah­kamlash, amaliy va mustaqil ishlar bilan ishlash.

«Davom ettir» metodi.

O‘qituvchi: — Hozir siz menga sonlar ketma-ketligida maqollar aytishingiz kerak bo‘ladi. Men boshlab beraman. Siz davom ettirasiz.

4- misol.

Ikkita qo‘shni qo‘shiluvchini yig‘indi bilan almashtirib, qulay usul bilan hisoblang.

7+3+2=10+2=12

40+30+9=70+9=79

30+10+7=40+7=47

— Juda yaxshi. Rahmat, bolajonlar. Endi, yangi mavzuni mustahkamlashda, «Harflar topishmog‘i» o‘yinidan foydalanamiz.

«Harflar topishmog‘i».

Alifboni o‘rganamiz.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning ellikdan ortiq kitoblari turli tillarda nashr etilgan. Adib asosan kattalar haqida yozadi. Shunga qaramay uning siz — kichkintoylarga atalgan qator hikoyalari ham bor. Ular «Yalpiz somsa», «Chana», «Tomchining sayohati» kabi kitoblarida bosilgan. Ushbu «Shohruhning topishmoqlari» esa sizlarni altfboni tez va oson yodlab olishga о‘rgatadi.

Archada bor, tolda yo‘q Asalda bor, bolda yo‘q. («A» harfi).

Guruchda bor, moshda yo‘q, Gavharda bor, toshda yo‘q. («G» harfi).

Lochinda bor, g‘ozda yo‘q, Laganda bor, tosda yo‘q. («L» harfi).

Kengda bor, torda yo‘q,  Changda bor, dutorda yo‘q. («Ng» harfi).

Narvonda bor, simda yo‘q, Niholda bor, chimda yo‘q. («N» harfi).

Sahroda bor, qirda yо‘q, Sakkizda bor, birda yо‘q. («S» harfi).

Shakarda bor, tuzda yo‘q, Shoyida bor, bo‘zda yo‘q. («Sh» harfi).

Baliqda bor, ко ‘lda yo‘q, Barmoqda bor, qo‘lda yoq. В» harfl).

Kengda bor, torda yo‘q, Changda bor, dutorda yo‘q. («Ng» harfi).

Ishkomda bor, tokda yo‘q, Ignada bor, chokda yo‘q. («I» harfi).                                

Kiprikda bor, qoshda уо‘q, Keksada bor, yoshda уо’q («К» harfi).                   

Shundan so‘ng «Harflar tilga kirganda» mashqi bajariladi. Bunda har ikkala guruhdan bittadan chiqqan o‘quvchi alifbo ketma-ketligida raqamlardan ishtirok etib, dialog  tuzadi. Dialogning mavzusi

Darsga kelmagan o‘quvchi

«Little-Leader» metodi.

Bu metod quyidagi tartibda amalaga oshiriladi. Bunda bitta o‘quvchi doskaga chiqadi qolgan o‘quvchilar esa unga o‘tilgan mavzulardan turli tuman savollar berishadi. Sharti shuki, o‘quvchi 1 daqiqa davomida iloji boricha ko‘proq savollarga to‘g‘ri javob berishi kerak. Uning javoblari o‘qituvchi tomonidan hisoblab boriladi. 1 daqiqadan keyin o‘qituvchi o‘quvchining jami to‘plagan to‘g‘ri javoblarini hisoblab e’lon qiladi. Noto‘g‘ri javoblarini ham qayerda xato qilganini tushuntirib beradi. Bu metod har qaysi fanda qo‘llash mumkinligi bilan ajralib turadi. Bu metodni ona tili va matematika darslarida juda samarali foydalandim.

Natija: O‘quvchilarning darsda ilg‘or tarzda qatnashishlari ta’minlandi. Hozirjavoblik, tez hisoblash, to‘g‘ri javobni aniq aytish malakasi o‘sdi. Boshqa o‘quvchilar ham o‘tilgan darslarni yana bir bor takrorlashdi. DTSda belgilangan olingan bilimlarni erkin bayon qila olish malakasi shakllandi. Boshlang‘ich ta’lim pragmatik kompetensiyada A1 daraja uchun belgilangan nutq sharoiti, nutq vaziyatiga mos ravishda til imkoniyatlaridan foydalanish malakasi o‘sdi.

Yuqori ball to‘plagan o‘quvchilarga «Bilimdon» nishoni beriladi va bugungi darsning mutlaq g‘olibi deb e’lon qilinadi.

V. Darsga yakun yasash va baholash.

1. Dars sizga yoqdimi?

2. Darsda nimalarni o‘rgandingiz?

3. O‘zingizni to‘g‘ri baholadingizmi?

(O‘quvchilar javoblari tinglanadi va o‘qituvchi fikrlarni umumlashtiradi. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi).

VI. Uyga vazifa. 5- misolni bajarib kelish.

 

Dilafro‘z NAZAROVA,

Yangiyer shahridagi 10- maktabning

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Comments   

0 #1 profile 2018-11-01 16:32
Need cheap hosting? Try webhosting1st, just $10 for an year.

Quote

Add comment


Security code
Refresh