ona tili

 

Maqsadlar:

ta’limiy: fe’lning so‘roqlari haqidagi  bilimlarni mustahkamlash, harakat va holatni bildirgan fe’llarni farqlashga o‘rgatish;

FK-1: mavzu doirasida o‘qituvchi nutqini va sodda audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;

FK-2: o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi, so‘zlarni talaffuz me’yorlariga rioya qilagan holda bo‘g‘inlab ko‘chira oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

tarbiyaviy: tabiatga mehr  uyg‘otish;

TK-3: davlat ramzlarini bilish;

rivojlantiruvchi: fe’l so‘z turkumi haqida bilimlarini amalda qo‘llay bilishga o‘rgatish.

TK-4: o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash;

Darsning jihozi: mavzuga mos rasmlar.

 

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, darsga tayyorgarlik ko‘rish, darsning maqsadini aytish.

2. O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash.

1- harakat. Mashg‘ulot qoidasi bilan tanishtirish.

—        vaqtdan unumli foydalanish;

—        o‘zgalarning fikrini qadrlash;

—        bir-birini hurmat qilish;

—        yangilik kiritishga harakat qilish;

—        faol ishtirok etish.

2- harakat. Uy vazifasini tekshirish. Daftarlarni almashtirish.

O‘tilgan mavzuni mutahkamlashda grafik testdan foydalanamiz. Har bir test orqasiga raketa tasviri tushirilgan. Qaysi qator birinchi bajarsa, shu qatorning raketasi uchadi.

 

Birinchi bajargan qator raketasi doskaga osiladi va raketa haqida ma’lumot beriladi.

3. Darslik bilan ishlash. Ertak bilan mavzu boshlanadi. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan qadim zamonda to‘rt aka-uka ahil, inoq yashar ekan. Ular otasi va onasi buyurgan vazifalarini o‘z vaqtida bahamjihat bajarishar ekan. Ularning ismlari Ot, Sifat, Son va kenjatoyi Fe’l ekan.

3- harakat. (Qatorlar guruhlarga ajratiladi va nomlanadi.

1-         guruh: «Ot»

2-         guruh: «Sifat»

3-         guruh: «Son» degan nomga ega bo‘ladilar. Har qaysi guruh o‘zi uchun belgilangan joyga noan'anaviy  holda o‘tiradilar.) Kunlarning birida aka-ukalar sayohatga chiqishibdi. Shunda eng kichik ukasi Fe’lni yo‘qotib qo‘yishibdi. Shuncha izlashsa ham topa olishmabdi. Yo‘l yurishibdi, yo‘l yurishsa ham mo‘l yurishibdi. Yo‘lda «Bo‘g‘inlar ko‘prikchasi»ga duch kelishibdi. Ko‘prikdan o‘tmoqchi bo‘lishsa, ko‘prik hech yo‘l bermasmish. Shunda ko‘prik tilga kirib: «shartimni bajar»,— debdi. 1- shart. (Bu shartda o‘rtaga bir bo‘g‘in beriladi, oldi va orqa tomonga  bo‘g‘in qo‘yib so‘z hosil qilinadi. Shartni bajargan guruh rag‘bat kartochkasiga ega bo‘ladi) Shartni bajarib bo‘lgan aka-ukalar ko‘prikdan o‘tib ukasi ketgan yo‘lni bilib olishibdi. 1Yo‘lda mashqlar mamlakatiga kelishibdi. 2- shart. (Bu yerda 300- va 301-mashqlar bajariladi.)

300-mashq. Berilgan gapga mos fe’l tanlab qo‘yiladi.

 1. Musicha tarnovga qo‘ndi.

2. Tovuqlar donlayapti.

3. To‘rtko‘z uychasidan mo‘ralayapti.

4. Mushuk quyosh nurida rohatlanyapti.

 301-mashq. Berilgan fe’llarga mos ot tanlab qo‘ying: quyosh, to‘rg‘ay, echki, ot so‘zlari.

1. Yoritadi, isitadi.

2. Sakrayapti, ma'rayapti.

3. Sayrayapti, uchyapti, yayrayapti

4. Yuguradi, kishnaydi

     Mashqlarni bajarib bo‘lgan aka-ukalar yo‘llarida davom etishibdi. Yo‘l yurishibdi, yo‘l yurishsa ham mo‘l yurishibdi. Yo‘llarida Charxpalakka duch kelishibdi. Charxpalakdan ukasi Fe’l haqida so‘rashibdi. Shunda charxpalak, «Ha bilaman qayerga ketganini, shartimni bajarsangiz aytaman»,-debdi.        (3-shart. «Harfdan fe’l yasa» mashqi. Bunda har bitta guruhga harf beriladi, shu harfdan boshlangan fe’lga doir so‘zlar yoziladi.)

 

      Y   CH   O‘

 Charxpalakning shartini bajargan aka-ukalar ukasi haqida ma’lumot olib, yo‘llarida davom etishibdi.

Yo‘lda uzum bog‘iga duch kelishibdi. Bog‘bon  ulardan qayerga va nima uchun ketishayotganini so‘rabdi. Aka-ukalar bo‘lgan voqeani aytib berishibdi.  Shunda bog‘bon ulardan uzumlarni parvarish qilishda yordam berishini iltimos qilibdi. (4-shart. «Uzum pishdi» didaktik o‘yini. Bunda uzum tasviri tushirilgan plakatlar beriladi. Barglariga «Ot», «Sifat», «Son» so‘zlari va so‘roqlari yozilgan bo‘ladi. Har bir guruh uzum donalariga so‘z turkumlariga oid so‘zlar yozadi. Birinchi yozib bo‘lgan guruh rag‘bat kartochkasiga ega bo‘ladi.)

Uzum pishishida yordam bergan aka-ukalar ukasi haqida ma’lumot olib yo‘llarida davom etibdilar.

Dam olish daqiqasi tashkil etiladi. Navro‘zga oid she’rlar aytiladi va «Navro‘z urf-odatlari» haqida «Klaster» usulida ma’lumot beriladi. Har bir ishtirokchi bittadan quyosh, bulut, gullar va bahor so‘zlarini doskaga yopishtiradi. Doskada bahor so‘zi va manzara hosil bo‘ladi.

4. Mustahkamlash. Aka-ukalar yurib-yurib, «PISA» saroyiga yetib kelishibdi. Ularning ukasi Fe’l «PISA» saroyida asirlikda ekanligini bilishibdi. «PISA» podshosidan ukasini nima evaziga qo‘yib yuborishini so‘rabdi. Podsho ularga: bir shartim bor shu shartni bajarsangiz, ukangizni qo‘yib yuboraman,- debdi. 5-shart. (PISA testi yechiladi.) Shartni to‘liq xatosiz bajargan akalar o‘z ukasinni qutqarib yurtiga ravona bo‘lishibdi.

Har bir qatordan ortiqcha so‘zni topib belgilang va javoblar qatoriga yozing:

11

Tez, yetti, sekin

1

 

22

O‘qidi, yozdi, gul

2

 

33

O‘ynadi, ashula,  gapirdi

3

 

44

To‘rt, olti, issiq            

4

 

55

Yugurdi, yozdi, olma

5

 

 Harflarning o‘rnini almashtirish orqali ma’noli so‘z hosil qiling, hosil bo‘lgan so‘zlarni yozing.

  1. UTSHQTO‘I - __________________________
  2. IRCHO‘G‘DQAL - _________________________
  3. AKRAVIUM - ____________________________________
  4. TEZEROLIV - ____________________________________
  5. Maqolning davomini toping va chiziq chizish orqali birlashtiring.

1.

Ish ishtaha ochar

bir kes

2.

Beshikdan to qabrgacha

o‘quvchining o‘rtog‘i

3.

Ona yurting

ilm izla

4.

Yetti o‘lchab

dangasa ishdan qochar

5.

Kitob bilim bulog‘i

oltin beshiging

 Bir-briga bo‘lgan mehri tufayli yo‘ldagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishibdi. Shu bilan aka-ukalar murod-maqsadiga yetishibdi.

5. O‘quvchilarni baholash. Guruhlar to‘plagan ballar umumlashtiriladi.

G‘oliblar taqdirlanadi. Interfaol darsni savollar bilan yakunlash:

  • Dars sizga yoqdimi? Nima uchun yoqdi?

—        Bugungi darsimizda qaysi mavzularni takrorladik? Qanday ishlarni bajardik?

—        Topshiriqlarni bajarishda qaysi usullardan foydalandik?

—        Guruhingiz to‘plagan ballardan xursandmisiz?

—        Qaysi guruhni yaxshi ishladi deb o‘ylaysiz? Nima uchun?

6. Dars yakuni. Uyga vazifa berish.

Uyga vazifa 302- mashq beriladi.

O‘qituvchi: — Mana, sizning mehnatingiz, bilimingiz evaziga doskada bahor manzarasi hosil bo‘ldi. Barchangizni kirib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklayman. O‘qishlaringizga rivoj tilayman. Shu bilan darsimizni yakunlaymiz.

Nargiz ARTIKOVA,

 Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi

10- umumta'lim maktabning

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

 

 

 

 

Add comment


Security code
Refresh