tadbir ssenariysi

Maqsad: o‘quvchilarning onalarga bo‘lgan mehr-muhabbati, e’tiborini oshirish, ulug‘lashga, qadriga yetishga o‘rgatish.

Tadbirning borishi

1- boshlovchi: — Aziz ustozlar, mehribon ota-ona­lar, qadrli do‘stlar! Bugungi «Jannat — onalar oyog‘i ostida» deb nom­langan mu­si­qali badiiy kecha­mizni ochiq deb e’lon qilamiz!

 

2- boshlovchi:

Assalom, mo‘tabar,

                       aziz onalar,

Assalom — olamning oliy

                       kalomi!

Ta’zim aylagayman, sizga, ey,

                                     ustoz,

Bu mening samimiy ko‘nglim

                                     salomi!

(Doira, nog‘ora sadolari ostida beshik olib kiriladi. Ona rolidagi o‘quvchi «bola»ni beshikka belab, alla aytadi).

Alla aytay, jonim bolam,

Quloq solgin, alla…

Shirin allam tinglab asta

Orom olgin, alla…

Kelajakning mevasisan,

Alla aytay, alla-yo…

Ko‘zim nuri, dilbandimsan,

Suyanchig‘im alla.

Allayo-alla, allayo-alla…

(Ona alla aytib, beshikka boshini suyaganicha uxlab qoladi.

O‘quvchilar onaga qarab Sobira Xalitovaning «Onajon» she’rini o‘qishadi).

Quyosh olar nurni

Onalarning qalbidan.

Tog‘lar olgan bardoshni

Onalarning sabridan.

 

Uyimiz nurga to‘lar

Onajonim bor bo‘lsa.

Ko‘zlarim yosh ko‘rmaydi

Onam baxtiyor bo‘lsa.

 

Ona mehri beqiyos,

Daryolarga tenglashar.

Ona hurmati uchun

Osmon yerga engashar.

(«Onajon» qo‘shig‘i).

(Musiqa yangrab, Bahoroy kirib keladi).

Bahoroy: — Salom, mening sevimli o‘g‘il-qizlarim! Men — zumrad Bahorman. Meni sog‘ingandirsiz-a? Gullar, ariqlarda oqar suvlarimni, qizlarning gullar bargidan qirq kokil taqishini, bir-biridan go‘zal, sermazmun bayramlarimni-chi? Ayniqsa, 8- mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramim juda ajoyib va go‘zal!

Men ham onaday mo‘tabar inson oldida bosh egaman. Onalarimiz, ayollarimiz doim sog‘-omon bo‘lsinlar!

(Qizlar raqsi «Bahor valsi»).

1- o‘quvchi: — Oilaning barcha ezguliklari, xizmatlari, yaxshi kunlari, muammolari ana shu ma’suma va munis ayol atrofida aylanaveradi.

2- o‘quvchi: — Oqila va dono, fidoyi   ayollarimiz hamisha

Hamma: — Omon bo‘lsinlar!

3- o‘quvchi: — Ayol oila o‘chog‘ini yoqadi, butun imkonini ishga solib, o‘z bolasini bag‘rida bo‘ron va dovullardan sog‘-salomat olib o‘tadi, kelajakka poydevor qo‘yadi.

4- o‘quvchi: — Bunday bardosh va matonat uchun ularga

Hamma: — Ta’zim qilamiz!

5- o‘quvchi: — Har qanday jamiyatning farovonligi va ma’naviy sog‘lomligi mezoni, oila ahilligi, oila mustahkamligidir u.

6- o‘quvchi: — Ayol oilaning asosi, xonadonlarimizni charog‘on etuvchi chiroqdir. Har bir oilada bunday yog‘du doimo...

Hamma: — Porlab tursin!

(«Mahallada duv-duv gap» musiqasi yangraydi. Sahnaga qariyalar kirib kelishadi. Sahna ko‘rinishi).

1- o‘quvchi: — Farzandlarning o‘ng yuzi otasiga, chap yuzi ona ruxsoriga o‘xshaydi. «Nega chap tarafi onasiga o‘xshaydi?» — deb ajablanib so‘rashganda g‘oyibdan shunday nido kelganmish (DVD yoki kompyuter orqali eshittiriladi):

«Ey odamzod, o‘ng qo‘lingni chap ko‘kraging ustiga qo‘y. Bir lahza tin ol, diqqat et. Sezyapsanmi, kafting ostida butun bir zaminning yukini bo‘yniga olib onangday mushfiq, onangday mehribon, u kabi zahmatkash yurak bir maromda urib turibdi. U mehnat qilyapti, volidayi muhtaramangday u hamisha uyg‘oq. Shu bois farzandlarning chap yuzi — yurakka tutash tarafi ona ruxsoriga o‘xshab ketgan bo‘lsa ne ajab».

2- o‘quvchi: — Onalik katta baxt. Afsuski, hayotda shunday onalar ham borki, o‘z bolalari, jigar- go‘shalarini tashlab ketishadi.

3- o‘quvchi: — Yer yuzida qalbi pora minglab farzandlar mehribonlik uylarida tarbiyalan­moqda. Murg‘ak norasidalarning aybi nima axir?

4- o‘quvchi: — Ularga o‘z mehrini beruvchi shirinso‘z tarbiyachilar, bag‘rikeng xalqimiz,   ona-Vatanimiz bor.

5- o‘quvchi: — Lekin hech bir zot ona mehrini berishga qodir emasdir.

(Sahna ko‘rinishi).

1- o‘quvchi: — Onalarning farzandda haqlari juda ko‘pdir. Garchi uni boshingda ko‘tarib, hajga olib borib kelsang ham, bir kechalik uyqusini buzib, senga bergan oq suti, aytgan allasining haqini uzolmaysan...

2- o‘quvchi: — Onalarga biz farzandlaridan ko‘p narsa kerak emas. Sog‘-omon, tinch, baxtli-saodatli bo‘lsak, shuning o‘zi kifoya. Farzandi kamoli — ona iqboli.

3- o‘quvchi: — Ona borki, hayot bardavom.

4- o‘quvchi: — Ona borki, oila charog‘on.

5- o‘quvchi: — Ona borki, olam bor.

6- o‘quvchi: — Onalarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib, qatorga qo‘shadilar, oq yuvib, oq taraydilar, doimo boshimiz uzra parvona ular.

7- o‘quvchi: — Oyog‘imizga kirgan tikanni kipriklari bilan olishga tayyordirlar.

8- o‘quvchi: — Buning sababi nimada, ne uchun onalar farzand qoshida bu qadar parvona?

9- o‘quvchi: — Kerak bo‘lsa, farzandi uchun jonini fido qilishga ham tayyor ekanliklarining boisi nimada? Buning javobi bitta.

Hamma: — Bu — onalik mehridir.

— Sendan yuksak nima bor, yulduz?

— Onalar mehri.

— Sendan keskir nima bor, olmos?

— Onalar qahri.

— Qaydan olding otashni, quyosh?

— Ona qalbidan.

— Po‘lat, qaydan senda zo‘r bardosh?

— Ona sabridan.

— Senmi, ko‘klam, hayotbaxsh fasl?

— Yo‘q, Ona izi.

— Senmi, totli, shifobaxsh asal?

— Yo‘q, Ona so‘zi.

— Dengiz, nedir kenglikda tanho?

— Ona og‘ushi.

— Sendan shaffof ne, tonggi ziyo?

— Ona nigohi.

— Baxsh beruvchi senmisan, hayot?

— Yo‘q-yo‘q, Onalar.

(«Kelinlar qo‘z­g‘oloni» spektaklidan sahna ko‘rinishi).

Onalar bolalari bilan chiqib, she’r aytishadi. Bunda qobiliyatli o‘quvchilar onalar rolini ijro etishadi.

1- ona:

O‘g‘lim toleingda                          

                   ikkinchi onang,

Boshingda parvona

                 mualliming bor.

U bilan yorug‘dir

               qorong‘u xonang,

U to‘shar umringning yo‘llariga

2- ona:

Men senga shunchaki ko‘zlar

                             berganman,

Muallim o‘rgatar ko‘ra olmoqni.

Dilbandim, men senga ona

                            bo‘lganman,

Senga u o‘rgatar ona

3- ona:

Men senga tilingni berganligim

                                     rost,

Dono so‘zlamoqni u o‘rgatadi.

Men senga qo‘llaring

               berganligim rost,

Qalam ushlamoqni u o‘rgatadi.

4- ona:

Men senga sut berdim,

                     u esa — ziyo,

Uningsiz yo‘llaring bo‘lmas

                         oydin, oq.

Seni sevmog‘imni biladi dunyo,

Ammo u sevadi mendan

5- ona:

Go‘daklik chog‘ingda

             bo‘lganman bedor,

Ham senga baxshida

                 etganman hayot.

U esa yashashni o‘rgatar

                         ming bor,

Seni deb bezovta yashar

1- o‘quvchi: — Aziz, mo‘tabar onajonlar, sevimli buvijonlarimiz, hurmatli mehribon o‘qituv­chilarimiz, munis opajonlar-u jajji singiljonlar! Sizlarni 8- mart — Xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!

2- o‘quvchi: — Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz!

3- o‘quvchi: — Doim shunday go‘zal va xushchaqchaq bo‘lib yuring!

4- o‘quvchi: — Labingizdan kulgu, chehrangizdan tabassum hech arimasin!

5- o‘quvchi: — Biz, bola­laringiz baxtiga doim...

Hamma: — Sog‘-omon bo‘ling­lar!

Ona huzuriga shoshilib intiq,

Poylarin tavof etmoqlik kerak.

Onaday mehribon, onaday

                               mushfiq,

Toki ko‘ksimizda urarkan yurak.

Munis onalarning aksi-tal’ati,

Ko‘rinar farzandning bo‘yi-

Ona bu — dunyoning noyob

                              xilqati,

Hamma: Jannat — onalarning oyog‘i ostida.

(«Qiz bolaning ibolari chiroyli» raqsi).

О‘qituvchi o‘zining dil so‘zlarini izhor etadi.

(Yakunlovchi ashula «Оnalar mo‘tabar»).

SH.RAJABOVA,

Buxoro shahridagi

28- maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

 

 

Add comment


Security code
Refresh