Maqsadlar:                                                            

ta’limiy: o‘quvchilarga Istiqlol — oliy ne’matligi, mustaqillik davrida bizga berilgan imkoniyatlar, yurtga munosib farzand bo‘lish insoniy burchimiz ekani haqida bilim va tushuncha berish;                         

tarbiyaviy: Vatanparvarlik, mas’uliyatni his qilish, mardlik, hamjihatlik, ma’naviy jasorat, fidoyilik kabi ezgu fazilatlarni kamol toptirish;

rivojlantiruvchi: mustaqil va mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi.

Dars shakli: kichik guruhlarda ishlash.

Dars metodi: suhbat, savol-javob, «Mustaqillik boshqotirmasi», «Ikki yorti — bir butun», «Ma’naviy jasorat», «Dillarda Vatan madhi» loyihalari.

Jihozlar: «Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!» shiori yozilgan plakat, Prezidentimiz asarlari, davlat ramzlari, bunyodkorlik ishlari aks etgan slaydlar, yoshlarimizning erishgan yutuqlari jamlangan videorolik va rasmlar.

Darsning borishi

Tashkiliy qism.

A) salomlashish, davomatni aniqlash.

B) o‘quvchilarni darsga tayyorlash.

O‘qituvchi: — Hurmatli bilimga chanqoq, tirishqoq, qalbi toza o‘g‘il-qizlar. Avvalambor, men sizlarni yozgi ta’tilni maroq bilan o‘tkazib, sog‘-salomat maktab ostonasiga qadam qo‘yganingiz bilan tabriklayman! 1991- yildan boshlab 1- sen­tabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni sifatida bayram qilinadi. Bugun xalqimiz asrlar davomida orziqib, intiqib kutgan, hayotimizning ma’no-mazmuni, ong-u shuurimizni tubdan o‘zgartirgan, barchamiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — Mustaqillik kunining 23 yilligini tantanali nishonlamoqda. Bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan minglab bolalar yangi o‘quv yilini boshlaydilar. Biz ham ushbu kunni baland ruh va katta xursandchilik bilan nishonlab, birinchi qo‘ng‘iroq sadolari ostida ilk darsimizni boshlaymiz. Birinchi darsimiz — Mustaqillik darsi.

Qani aytingchi bolalar mustaqillikdan keyin qanday yutuqlarga erishdik?

Javoblaringiz uchun rahmat.

Haqiqatdan ham 23 yildirki, ota-bobolarimiz orzu qilgan, kimlardir yetib, kimlardir yetolmagan ozod va obod mustaqil Vatan bag‘rida tinch va farovon hayot kechirmoqdamiz. O‘zbekiston tarixan juda qisqa vaqt mobaynida o‘z kuchi va salohiyatiga ega, o‘z yeri, tinch va osoyishta hayotini himoyalashga qodir, jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy, mustaqil, suveren davlatga aylandi! Bu esa har birimizning qalbimizni faxr va iftixorga to‘ldiradi…

Dars musobaqa tarzida o‘tkaziladi. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar. Mavzudan kelib chiqib, o‘z guruhlariga «Mustaqillik», «Tinchlik», «Sog‘lom bola» kabi nomlarni tanlashlari mumkin. Guruh ichida sardorlar tayinlanadi va shiorlar e’lon qilinadi.

1- topshiriq

«Ikki yorti bir — butun» jadvali

Bu shartda o‘quvchilarga quyidagi jadval ko‘rsatiladi. Jadvalning birinchi ustunida yillar qayd etilgan, ikkinchi ustunida esa yutuq va marralarimiz almashtirib yozilgan. O‘quvchilar ularni o‘z o‘rniga qo‘yib, to‘g‘ri variantini birin-ketin aytib berishlari kerak.

Guruhlar uchun jadval

Javoblar: 1-B, 2-A, 3-F, 4-I, 5-D, 6-H, 7-G, 8-E.

O‘qituvchi: — Mustaqillik bizga juda ko‘p ne’matlarni ato etdi. Odamlarning ma’naviy va maishiy hayotida yangilanish, yasharish davri boshlandi. Millatparvar vatandoshlarimizning nomlari tiklandi. Ona tilimiz va milliy qadriyatlarimiz rivoji, o‘zbek davlatchiligining takomili uchun keng istiqbol yo‘llari ochildi. Shahar va qishloqlar qiyofasi tubdan o‘zgardi. O‘zbekistonning har bir viloyatida juda katta qurilish ishlari olib borilmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida Toshkentda Mustaqillik monumenti, Xotira xiyoboni, Tasviriy san’at galereyasi, Senat binosi, Ezgulik arkasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Yoshlar ijod saroyi, Ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binolari qurib bitkazildi. O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyining ishga tushirilishi hamda tezyurar «Afrosiyob» elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xalqimizning olamshumul tarixiy yutug‘i bo‘ldi. Bir emas uchta mashina zavodining ishga tushgani yurtimiz iqtisodining o‘sishiga hissa qo‘shmoqda. (Videolavhalar namoyish etilib, yurtimizning obod manzillari haqida suhbat o‘tkaziladi).

Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida ma’naviy jasorat egalaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Xo‘jandiy, Muhammad Xorazmiy kabi ajdodlarimizning ma’naviy jasoratlari haqida so‘z boradi. Bugun ota-bobolaridan ma’naviy jasoratni meros qilib olgan, O‘zbekiston istiqlolini, uning sha’n-u shavkatini himoya qilayotgan, xalqaro maydonlarda, davlatimiz nomini sharaflayotgan yoshlarimizning soni ortib borayotgani faxr va iftixorimizni yanada ko‘taradi. Yoshlarimiz eng nufuzli xalqaro tanlovlarda, olimpiada va jahon chempionatlarida hech kimdan kam emasligimizni isbotlab kelmoqda. Birgina kimyo fani bo‘yicha 47- xalqaro D.Mendeleyev olimpiadasida umumjamoa hisobida mamlakatimiz o‘quvchilari 1- o‘rinni egallagani buni yana bir karra isbotlab berdi.

2- topshiriq

«Ma’naviy jasorat» jadvali

Bu shartda o‘quvchilarga quyidagi jadvalni to‘ldirish va guruh bilan himoya qilish vazifasi topshiriladi. Jadvalning birinchi qismida yoshlarimizning erishgan yutuqlari ko‘rsatilgan, ikkinchi qismi bo‘sh bo‘lib, o‘quvchilar shu yutuq egalarining nomlarini yozishlari va yana jadvalni davom ettirishlari kerak.

Guruhlar uchun:

1. Iste’dodli yoshlar ijtimoiy harakati.   («Kamolot»).

2. Qizlar uchun ta’sis etilgan mukofot. (Zulfiya).            

3. O‘zbekiston pul birligi. (So‘m).

4. Amir Temur xiyobonida joylashgan xalqaro anjumanlar saroyining nomi. (O‘zbekiston).

5. O‘zbekiston madhiyasi muallifining ismi. (Abdulla).

6. Millat baxti uchun jon kuydirgan, «Millatimga», «Ahvolimizga» kabi she’rlar yozgan adib. (Qodiriy).

7. O‘zbekiston tezyurar elektropoyezdining nomi. («Afrosiyob»).

8. Bolalar sport musobaqasining nomi. («Umid nihollari»).

9. O‘zbekistondagi birinchi orden. («Sog‘lom avlod uchun»).

10. Davlatimizda ijro etuvchi organ. (Vazirlar Mahkamasi).

11. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan adiblardan biri. (Oybek).

O‘qituvchi: — Aziz o‘quvchim, Vatanni sevib ardoqlagan, unga chin dildan xizmat qilib, taraqqiyoti uchun hissa qo‘shgan kishi Vatan oldidagi insoniylik burchini bajargan bo‘ladi. U, albatta, kamol topadi. Zero, hikmatlarda aytilganidek, «Vatanni sevmoq iymondandir».

Baholash va rag‘batlantirish.

O‘quvchilarning ballari jamlanadi va izohlanadi. G‘olib guruh aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

Uyga vazifa. «Men buyuk yurt farzandiman» mavzusida rasm chizish va matn tuzish.

Muhayyo AHMEDOVA,

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi

13- maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Add comment

Security code
Refresh