Mavzu «Mahmud Murodov­ning «Olma» hikoyasi».

Maqsadlar:

ta’limiy: o‘quvchilarning to‘g‘ri, ifodali va ravon o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish, asar mazmunini tushunish va tahlil qilishga o‘rgatish;

tarbiyaviy: tabiatni sevish, uning ne’matlarini isrof qilmaslik va tejamkorlik hissini tarbiyalash;

rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirish va hamkorlikda ishlashga o‘rgatish, lug‘at boyligini oshirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: suhbat,   «Yelpig‘ich».

Dars jihozi: kuz fasliga oid   rasmlar, olma daraxti maketi, olmalar.

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism.

O‘qituvchi: — Bolalar, bir yilda nechta fasl bor?

O‘quvchi: — To‘rtta: qish, bahor, yoz, kuz.

O‘qituvchi: — Hozir qaysi fasl?

O‘quvchi: — Kuz fasli. Kuz fasli — sentabr, oktabr, noyabr oylaridan iborat.

O‘qituvchi: — Kuzda qanday bayramlar nishonlanadi?

O‘quvchi: — 1- sentabr — Mustaqillik   bayrami, «1- oktabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni», «Mehrjon» bayrami.

O‘qituvchi: — Kuz fasli belgilarini ayting.

O‘quvchi: — Kuz faslida mevalar g‘arq pishib, daraxtlarning bargi sarg‘ayadi. Yomg‘ir yog‘adi, kunlar soviy boshlaydi.

  1. O‘tilgan mavzularni mustahkamlash.

Uyga vazifa sifatida berilgan «Oltin kuz» matnini o‘qish va Tolib Yo‘ldoshning «Kuz kelganda» she’rini yod olish topshiriqlarining qanday bajarilganligi tekshirib chiqiladi.

Buning uchun o‘quvchilar 5 guruhga bo‘linadilar.

1- guruh — «Donolar».

2- guruh — «Zukkolar».

3- guruh — «Bilimdonlar».

4- guruh — «Chaqqonlar».

5- guruh — «Topqirlar».

1- guruh — «Kuz faslida mamlaka­timizda nishonlanadigan sanalar», 2- guruh — «Kuz faslida tabiatdagi o‘zgarishlar», 3- guruh — «Kuz faslida pishadigan mevalar, ­­­4- guruh «Kuzgi sabzavotlar» va 5- guruh — «Issiq o‘lkalarga uchib ketadigan qushlar» mavzularini doskada «Yelpig‘ich» uslubidan foydalanib to‘ldirishadi.

Har bir guruhdan o‘quvchilar navbati bilan berilgan topshiriqlarni bajaradi. Javoblar o‘qib, tahlil qilinadi. Mustahkamlash uchun savol-javob o‘tkaziladi.

— Kuz faslida tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida nimalarni bilib oldingiz?

— Kuz ne’matlaridan nimalarni bilib oldingiz?

— Kuzda o‘lkamizdan uchib ketadigan qushlarning nomini ayting?

Shundan so‘ng o‘quvchilardan Tolib Yo‘ldoshning «Kuz kelganda» she’rini yoddan ifodali o‘qib berish so‘raladi.

Kuz kelganda

Kuz kelganda uyimizda

                               to‘y bo‘ladi,

Qo‘zichog‘im o‘sib, katta

                               qo‘y bo‘ladi.

Uzumlarni pay uramiz,

                               qovun osib,

Hamma yerni yoz ne’mati

                               ketar bosib.

Qopda yong‘oq, xumda shinni

                              qish bo‘yiga,

Ko‘zimiz to‘q, dimoqlar chog‘

                           xush bo‘yiga.

— Kuz faslida pishgan meva va sabzavotlarni qishga qanday saqlaymiz?

— Yoz va kuz ne’matlarini uzoq vaqt saqlash uchun ularni yerto‘la shiftiga ilib qo‘yish kerak. Qovun poxoldan yasalgan chambarakka osib qo‘yiladi. Agar shunday qilinmasa, qovun va uzumlarning yerda turgan tomoni irib, isrof bo‘ladi.

O‘quvchilarning fikri umumlashtirilib, tabiat in’omlarini ehtiyot qilishimiz kerak, degan xulosaga kelinadi.

  1. Yangi mavzu bayoni.

(Doskaga olma daraxti maketi ilinib, stol ustiga savatchada olmalar qo‘yiladi) .

O‘qituvchi tomonidan Mahmud Murodovning «Olma» hikoyasi ifodali o‘qib beriladi va hikoya yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.

— O‘quvchilar qayerga borishdi?

— Qudrat ota nima uchun xursand bo‘ldi?

— Hikoyaning ikkinchi qismi nima haqida ekan?

— Hikoya qismlariga mos sarlavha toping.      

— Hikoyadan qanday xulosa chiqardingiz? Siz ham kattalarga bog‘ ishlarida ko‘maklashasizmi? Nimalar qilasiz?

— O‘rtog‘ingiz betob bo‘lib qolsa, xabar olgani borasizmi?

  1. Mustahkamlash.

O‘qituvchi tomonidan oldindan yasalgan olma daraxti maketidagi har bir olma mevasiga mavzuga doir savollar yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar olmalarni uzib, savollarga javob topadi. Ingliz tilida meva va sabzavotlarning nomi hamda rangini aytadilar. Ko‘p olma to‘plagan guruh g‘olib hisoblanadi.

оlma — apple — red

nоk — pear — yellow          

uzum — grape — purple

qоvun — melon — yellow

karam — cabbage — green

 

tarvuz — watermelon — green and black

sabzi — carrot — yellow or orange

kartоshka — potato —   brown

qоvоq — pumpkin   — orange

  1. Bahоlash.

Dars yakunida guruhlarning to‘plagan ballari hisоblanib, g‘оlib guruh rag‘batlantiriladi. Faоl o‘quvchilarning reyting ballari e’lon qilinib, baholanadi.

  1. Uyga vazifa. «Оlma» hikоyasini o‘qish. Mevalar haqida tоpishmоqlar yozib kelish.

Gulnora MIRZAYEVA,  

Namangan viloyati Namangan tumanidagi

1- sоnli umumiy o‘rta ta’lim maktabining

bоshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Add comment


Security code
Refresh