Dunyo daftariga o‘zbek degan nom

(Navoiyning 579 yilligiga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi)

(Sahna bayramona bezatilgan, to‘rida Navoiyning sur’ati. Mayin musiqa sadosi ostida boshlovchilar sahnaga chiqib keladilar.)

Mayin musiqa sadosi ostida boshlovchilar sahnaga chiqib keladilar. )

Kundalik hayotini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qila olmaydigan, ularda chop etiladigan, efirga uzatiladigan yangiliklar-u muammoli masalalar tahlillarini o‘qib, eshitib, ko‘rib fikrlaydigan, o‘rgangan­larini nafaqat yosh avlod, balki mahalla-ko‘y ahliga yetkazib, ziyo taratadigan muallimlar ko‘p yurti­mizda. Jurnalni varaqlab, deylik, ushbu maqolani ham o‘qiyapsizmi, demak, fikrlashda davom etyapsiz. Bu judayam quvonarli hol.

Ta’lim-tarbiya shaxs kamolotining asosi bo‘lsa, boshlang‘ich ta’lim shaxs uzluksiz ta’limi uchun poydevordir.

Taraqqiyot ta’lim sohasiga ham o‘z talablarini qo‘yib, uning muntazam takomillashib borishiga sabab bo‘ladi. Jumladan, uzluksiz ta’limning uzviy bo‘lagi hisoblanmish boshlang‘ich ta’limdagi yangilanishlar ham tabiiy holdir. Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi bolaning o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabati, o‘qish savodxonligi, turli ma’lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilish va ularni kundalik hayotda qo‘llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zini tuta bilish, yozma va og‘zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, chet tillarni o‘rganishni boshlash, ta’limiy faoliyatni tashkil etish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.

O‘g‘il-qizlarimizning mustaqil bilim olishi ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimni mustahkam egallashdan tashqari, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini biladigan, o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini tatbiq etadigan o‘qituvchilarga bog‘liq. Mana shunday pedagogik salohiyatga ega kasbdoshlarimizning o‘z bilimini ma’rifiy tadbirlarda namoyish etish orqali ish-tajribalari bilan yaqindan o‘rtoqlashishi mahorat saboqlari va o‘quv-amaliy seminarlarining to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

— O‘g‘lim ikki yoshga to‘lnaganida she’r yodlatishga zo‘r berdim. U bir-ikki sodda jumlali she’rni yod aytdi-yu, ifodali o‘qishning uddasidan chiqolmadi. To‘g‘risi, «Farzandimning aqliy qobiliyati unchalik emaskan-da», degan to‘xtamga ham kelgandim, — deydi 1- sinf o‘quvchisi Humoyunjonning onasi Feruza Sultonova. — Biroq, bolamni o‘shanda noo‘rin qiynagan ekanman. Oradan to‘rt yil o‘tib, o‘g‘lim ellikka yaqin she’rni chiroyli ohangda o‘qib beryapti. Ba’zida bolamizga ortiqcha talablar qo‘yarkanmiz. Biroq yosh o‘z so‘zini aytar ekan...

   Mamlakatimiz kelajagi bugun maktablarimizda ta’lim-tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularning har tomonlama yetuk va barkamol inson bo‘lib yetishiga bog‘liqdir. Bu mas’uliyatli vazifani bajarishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘rni katta. Shunday ekan ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish muhim vazifalardan biridir. O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashini o‘stirish, ularni mustaqil fikrlaydigan, erkin ishtirokchiga aylantirish kun tartibidagi masala. 2014 yil 1- sinf o‘qituvchilari uchun yaratilgan ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha yetti nomdagi metodik qo‘llanma va multimedia ilovalari dars samaradorligini oshirishga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani haqida amaliyotchi o‘qituvchilar bilan suhbat uyushtirdik. Suhbat davomida «Bu metodik qo‘llanmalardagi qaysi mavzular ko‘proq sizga yoqdi?», «Ularni o‘quvchilar qanday qabul qilyapti?», «Ota-onalarning munosabatlari qanday?», «O‘zingiz metodik qo‘llanmaga kiritilmagan mavzularga qanday yondashyapsiz?», «2- sinf uchun yaratiladigan metodik qo‘llanmani tuzuvchi-mualliflarga qanday takliflaringiz bor?» kabi savollarga javob oldik.