Suv tabiat va hayot uchun muhim ahamiyatga ega. Ekologik muammolar doirasida suvning ifloslanishi, toza chuchuk suvning yetishmasligi, uning sho‘rlanishi o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Zero, suv tiriklik kafolatidir. Ayni vaqtda suvdan tejab-tergab foydalanish har birimiz uchun tabiiy refleks darajasidagi odatga aylanishi zarur. Mazkur holat ijtimoiy zarurat bo‘lishi bilan birga yashash sharti hamdir. Shu bois, o‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish ularda suvga, undan foydalanishga nisbatan mas’uliyatli yondashuvni qaror toptirish negizida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.

Xorijiy tillarni o‘rganish kishi oldida katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Bugungi kunda til bilgan odam nafaqat zamon bilan hamnafas hayot kechirishi, balki eng  so‘nggi yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabar topishi, jahon ilmi va adabiyoti durdonalarining asl holidagi mutolaasidan bahramand bo‘lishi, xorijdagi tengdoshlari va hamkasblari bilan muloqotga kirishib, fikr va tajriba almashishi mumkin. Shunday ekan, chet tillarini o‘rganish ham o‘quvchilar, ham pedagoglar uchun birdek muhim. Xorijiy tillar, xususan, ingliz tilini o‘rganishning samarali usullaridan biri o‘yin metodidir. E’tiboringizga havola etilayotgan o‘yinlardan ona tili va  matematika  darslarida foydalanish mumkin. Masalan, «Ortiqchasini top» mashqida o‘qituvchi va o‘quvchi birgalikda ishtirok etishadi. O‘quvchi o‘quv qurollariga tegishli bo‘lmagan so‘zlarni topishi kerak. O‘yin yakunida topshiriqni to‘g‘ri bajargan o‘quvchi so‘zlarning ma’nosini aytadi.

3- sinfda

«x +18 = 42; 18 + x = 42 ko‘ri­nishidagi tenglamalar», «x – 27 = 54, 63 –x = 26 ko‘rinishidagi tenglamalar»,
«x • 3 = 42, 3 • x = 42 ko‘rinishidagi tenglamalar»,
«x : 2 = 12, 56 : x = 14 ko‘rinishidagi tenglamalar» mavzulari o‘rganiladi. Ulardagi sonlar uch xonali sonlardir. Yuqoridagi mavzularni yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchi keyingi bandlarda berilgan xuddi shunday ko‘rinishdagi tenglamalarni bemalol yecha oladi. Biz esa ikki xonali sonlar qatnashgan tenglamalarni ko‘rib chiqamiz.

Inson borliqning bir bo‘lagi sifatida undagi har bir voqelikka o‘ziga xos mulohaza bilan yondashsa, ko‘rgan, eshitgan hodisalarni ziyraklik bilan mushohada qilsa, uning tafakkuri, qarashlarida yangilik, samara bo‘lishi muqarrar. Bunda mustaqil ta’limdan foydalanish asosiy omillardan hisoblanadi.