Boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi bolaning o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabati, o‘qish savodxonligi, turli ma’lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilish va ularni kundalik hayotda qo‘llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zini tuta bilish, yozma va og‘zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, ta’limiy faoliyatni tashkil etish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, muhtaram Prezidentimizning 2012- yil 10- dekabrda qabul qilingan «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, ushbu maqsadlar qatoriga bolajonlarga 1- sinfdan boshlab chet tilini o‘rgatish vazifasi ham qo‘shildi.

Boshlang‘ich sinflarda dastlab, sinf sardori, so‘ng «Kamalak», yuqori sinflarda esa «Kamolot» boshlang‘ich tashkilotining sardorini saylash jarayoni bilan o‘quvchilar saylov haqidagi ilk tushunchalarga ega bo‘ladi. Bunda sinf o‘qituvchisi nomzodni ilgari suradi va o‘quvchilar tomonidan ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlansagina, u ushbu vazifani amalga oshirish vakolatiga ega bo‘ladi.

«Giper» so‘zi grek tilida me’yordan ortiqlik ma’nosini anglatadi. Giperfaollik bolalarda diqqatning tarqoqligi, chalg‘itishlarga moyillik, o‘ta harakatchanlikda namoyon bo‘ladigan   yosh rivojlanishiga xos   bo‘lmagan me’yorlarning buzilishi   hisoblanadi. Pedagogik, psixologik   adabiyotlarda, xalq orasida bunday bolalarga nisbatan «sho‘x», «o‘ta harakatchan», «cheksiz quvvat manbai», «tinib-tinchimas», «o‘t-olov», «vulqon» kabi atamalar qo‘llaniladi. Mutaxassislarning fikricha, dunyo miqyosida ko‘pchilik bolalar giperfaollikdan aziyat chekishadi va ularning soni so‘nggi yillarda tobora ortib bormoqda. Giperfaollik nafaqat bolalarning o‘zlariga, balki ularning atrofidagilar: ota-onasi, oila a’zolari, sinfdoshlari va o‘qituvchilariga ham bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi. Bunday bolalarga o‘z vaqtida yordam berish zarur, aks holda bolada jamiyat talablariga zid xatti-harakatlar yoki psixologik og‘ishlar ro‘y berishi mumkin. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra kichik yoshdagi qonunbuzarlarning aksariyati giperfaol bolalardir.

Birinchi sinf o‘quvchilari roppa-rosa uch chorak davomi­da   chet tillarini o‘rganib kelishmoqda. Ular bu vaqt mobaynida o‘zi, oilasi haqida gapirib beradigan, meva-yu sabzavotlar nomini sanay oladigan bo‘lishdi. Til o‘rganish jarayonida, bolaning psixofiziologik holati muhim ahamiyat kasb etishi sir emas. Belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan respublika bo‘yicha beshta hudud: Qoraqal­pog‘iston Respublikasi, Qashqa­daryo, Samarqand, Toshkent, Namangan viloyatlaridan ikkitadan, jami o‘nta maktabda chet tillari qay darajada o‘qitilayotganining doimiy moni­toringini olib borish belgilangan.

Respublika ta’lim markazi huzurida «Boshlang‘ich ta’lim» yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-metodik kengashning 1- sonli yig‘ilishi o‘tkazildi. Kun tartibiga kiritilgan masalalar o‘zining dolzarbligi bilan barchaning diqqat-e’tiborida bo‘ldi. Muhokamada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1—4- sinflari uchun davriylik asosida 2016—2017- o‘quv yilida chop etilishi mo‘ljallangan darslik va o‘quv qo‘llanmalarining nashr rejasi; 2015—2016- o‘quv yilida qayta nashr etilishi rejalashtirilgan 1- sinf «Alifbe» darsligining takomil­lashtirilgan original nusxasi; boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan videodarslar hamda ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish xususida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Navoiy shahrida «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi — 2015» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Bugungi kun nafasi va talabi aks etgan 4 turdagi tanlov shartida ishtirokchilar zamonaviy o‘qituvchi timsoli, pedago­gik salohiyati va mahorati darajasini namoyish etdilar.