04.07.2017

Darsning maqsadlari:

ta’limiy: o‘quvchilarga mavzu bo‘yicha bilim berish, ayirish bo‘yicha egallagan bilimlarini kengaytirish;

tarbiyaviy: o‘quvchilar orasida do‘stona muhit yaratish, bir-birining fikrini hurmat qilishga chaqirish;

rivojlantiruvchi: matematik nutq, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol-javob, suhbat, amaliy mashg‘ulot, «Quvnoq quruvchi» o‘yini, guruhlarda ishlash.

Dars jihozi: 1- sinf matematika darsligi, 1- sinf matematika daftari, olma mulyajlari, tarqatma didaktik materiallar.

 Darsning borishi

I. Tashkiliy qism.

Sinf xonasi guruhlarda ishlash uchun moslashtiriladi. Navbatchi axboroti eshitiladi, davomat tekshiriladi.

II. O‘tgan mavzuni mustahkamlash.

«Quvnoq quruvchi» o‘yini o‘tkaziladi. Guruhlarga turli shakllar solingan xatjild tarqatiladi. O‘quvchilar shakllarni birlashtirib, uy quradilar. Uyni eng birinchi qurgan guruh g‘olib bo‘ladi. Shakllarda o‘tilgan mavzularga oid qo‘shish va ayirishga doir misollar yoziladi. Har bir shaklni uy qurishda ishlatishdan oldin unda berilgan topshiriqni bajarish lozim.

III. Yangi mavzu bayoni.

Yangi mavzu bilan tanishtirish. Bitta likopchaga 8ta olma solinadi. Keyin 2tasi olinadi. Likopchada nechta olma qolganligi so‘raladi.

8-2=6      8 va 2ning ayirmasi 6ga teng.

8 —kamayuvchi,     2 — ayriluvchi,       6 — ayirma,  8-2 — ayirma ekanligi tushuntiriladi.

1- misol og‘zaki bajariladi.

O‘quvchilardan shablonlar yordamida ayirishga oid ifoda tuzish so‘raladi.

2- misolda o‘quvchilar bo‘sh katakni to‘ldiradilar.

000000 6-2=4

Quyidagicha savol-javob o‘tkaziladi.

—Nechta doiracha berilgan ekan?

— 6ta.

— Doirachalardan nechtasining ustiga chiziq tortilibdi?

— 2tasini.

— Nechta doirachaga chiziq chizilmagan?

— 4ta.

— Qanday ifoda tuzish mumkin?

— 6-2

— Ayirma nechaga teng?

— 4ga.

3- masala yozma bajariladi. 1- o‘quvchi masalaning qisqa yozuvini xattaxtaga yozadi.

Bor edi — 6ta nok.

Yeyildi — ?ta

Qoldi — 4ta

Yechish: 1) 6-4=2

Javob: 2ta nok yeyildi.     

Masalani yechimi topilgach, 1- matematika daftarini 71- sahifasidagi misollar ustida ishlanadi.

9-2=7     

8-3=5     

7-3=4

9-7=5     

8-5=3     

7-4=3

7+2=9   

3+5=8   

4+3=7

«Mening o‘rnim qaerda?» o‘yini tashkil qilinadi.

O‘quvchilarga 1dan 9gacha bo‘lgan sonlar tarqatiladi. O‘qituvchi ayirishga oid misollar aytadi.

Masalan: kamayuvchi 9, ayriluvchi 3, ayirma 6.  Shu misoldagi raqamlarni olgan o‘quvchilar doskadan joy oladi. O‘yinda faol qatnashgan guruhga rag‘bat kartochkalari beriladi. O‘quvchilar yangi olgan bilim va ko‘nikmalaridan kelib chiqib daftarlariga ayirish hadlariga doir misollar tuzadilar.

9-5=4     

8-4=4

9-4=5     

4+4=8

5+4=9   

5-3=2

5-2=3

3+2=5

IV. Darsni yakunlash.

O‘quvchilardan dars haqidagi fikrlari so‘raladi. «Bugungi darsda biz nimalarni o‘rgandik?» degan savol bilan yangi mavzu mustahkamlanadi. Faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. G‘olib guruh alohida rag‘batlantiriladi.

 

 Muhayyoxon EMINOVA,

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi

24- maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Add comment


Security code
Refresh