Kirish qismi:

1- o‘quvchi: — Assalomu alaykum, aziz ota-onalar! Maktabimizga xush kelibsiz!

2- o‘quvchi: — Sizlar uchun o‘tkazila­digan bugungi mashg‘ulotimiz «Tarbiya oiladan boshlanadi» deb nomlanadi.

3- o‘quvchi: — Ota-ona farzand uchun eng aziz va mo‘tabar insonlardir. Ularni hurmat qilish bizning burchimiz hisoblanadi.

O‘qituvchi: — Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, qadrli bolalar! Bugungi «Bilag‘on bolajon» shou tadbirimizga xush kelibsiz! O‘yinda ikki guruhdan 8 nafar ishtirokchi 4 shart bo‘yicha o‘zaro bellashadi.

Darsning maqsadlari:

ta’limiy: o‘quvchilarga «Yoz» applikatsiyasi haqida bilim berish, qo‘l mehnatiga o‘rgatish;

tarbiyaviy: har bir muammoni xushmuomalalik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish, mehnatsevarlik fazilatlarini tarbiyalash; inson mehnatini qadrlash haqidagi tasavvurini, dunyoqarashini kengaytirish;

rivojlantiruvchi: «Yoz» applikatsiyasini yasash orqali o‘quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; ishlash orqali tabiatga baho berish va ijodiy ko‘nikmalarini o‘stirish.