Darsning maqsadlari:  

ta’limiy:  

o‘quvchilarga harakatli o‘yinlar haqida bilim berish;

tarbiyaviy:  

o‘quvchilarda estetik did va sportga muhabbatni shakllantirish;

rivojlantiruvchi: jismoniy barkamolligini yuksaltirish, aqliy va jismoniy zo‘riqishlarining oldini olish, chaqqonlik, tezlik va burilish harakat sifatlarini rivojlantirish.

 

Dars turi:   amaliy.

Dars jihozi: to‘siqlar, gardishlar, to‘plar, arg‘amchi.

Dars o‘tiladigan joy: maktab sport zali.

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism (4—5 daqiqa).
  2. Bir qatorga saflanish.
  3. Salomlashish.
  4. Sardor hisoboti.
  5. Davomatni aniqlash.
  6. Uyga berilgan vazifalarni muhokama qilish.
  7. Yangi mavzu bilan tanishtirish va dars davomida nazariy bilim berib borish.
  8. Tayyorlov qism (10—12 daqiqa).

A)   Saf-qator mashqlari: o‘ngga va chapga burilishlar, turgan joyda orqaga va oldinga aylanishlar.

B)   Yurish mashqlari.

C)   Yugurish mashqlari.

D) To‘rt qatorga saflanib, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.

1- mashq. To‘g‘ri va tekislanib   turamiz. Qo‘llar belda, oyoqlar yelka   kengligida ochiladi. 1 deganda orqaga, 2 deganda oldinga, 3 deganda o‘ngga va 4 deganda chapga egilamiz (6—7 marta bajariladi).

2- mashq. Dastlabki holat. Qo‘llar ko‘krak oldida, oyoqlar yelka kengligida, 1-2 deganda tirsaklarni orqaga siltaymiz, 3-4 deganda qo‘llarni ikki yonga yozamiz (5—6 marta bajariladi).

3- mashq. Dastlabki holat. 1 deganda ikki qo‘limizni to‘g‘riga cho‘zamiz, 2 deganda yuqoriga,
3 deganda ikki yonga va 4 deganda dastlabki holatga qaytamiz (6—8 marta bajariladi).

4- mashq. Dastlabki holat. Oyoqlar yelkadan keng qo‘yiladi, qo‘llarni belga qo‘yamiz.
1 deganda oldinga egilib, o‘ng qo‘l uchini chap oyoq uchiga, 2 deganda o‘rtaga,
3 deganda o‘ng oyoq uchiga tekkizib, 4 deganda dastlabki holatga qaytamiz (5—6 marta bajariladi).

5- mashq. Oyoqlar yelka kengligida, qo‘l uchlari yelkaga qo‘yiladi. 1—2 deganda, tirsaklar oldinga aylantiriladi, 3—4 deganda, tirsaklarni orqaga aylantiramiz (5-6 marta bajariladi).

6- mashq. Dastlabki holat. Sakrab havoda oyoqlarni almash­tiramiz (8—10 marta bajariladi).

7- mashq. Dastlabki holat. Qo‘llarni oldinga cho‘zib, o‘tirib turish (8—10 marta bajariladi).

8- mashq.

Dastlabki holat. Ikki qo‘limizni yuqoriga ko‘targanda burun bilan chuqur nafas olib, qo‘llarni tushirganda og‘iz bilan nafas chiqarish (5—6 marta bajariladi).

  1. Asosiy qism (25—27 daqiqa).

Harakatli estafeta o‘yin shartlari:

1. Gardishni ustidan o‘tkazib, to‘siqni tagidan o‘tib marrani ayla­nib, yana shu tarzda qaytib kelish.

2. Fishkalar orasidan o‘tib, marradan to‘pni olib, shu tarzda qaytib sherigiga beradi va sherigi shu tarzda borib, to‘pni marraga qo‘yib qaytadi.

3. Arg‘amchida sakrab borib, marrani aylanib, bir oyoqda sakrab qaytib, arg‘amchini sherigiga beradi va shu tarzda davom etadi.

4. Gardishni beliga kiygizib, ushlab borib, marradan aylanib, gardishni dumalatib kelib, sherigiga beradi va sherigi shu tarzda takrorlaydi.

5. O‘tirgan holatda yurib borib marrani aylanib, qaytishda o‘rnidan turib yugurib kelish. Shu tarzda davom etadi.

6. Tennis raketkasi ustiga sharikni qo‘yib, sharikni ushla­magan holatda tushirib yubormasdan marradan qaytib kelish. Shu tarzda davom etadi.

  1. Yakuniy qism (3—4 daqiqa).

Bir qatorga saflanish. Darsga xulosa yasash va o‘yin natijalarini muhokama qilish.

Mashqlarni yaxshi bajargan o‘quvchilar og‘zaki rag‘batlantirilib, baholanadi.

Mavzuni bo‘sh o‘zlashtirgan o‘quvchilarga qo‘shimcha vazifalar berib, darsdan keyin mustaqil, individual ishlash. Bunda uning kundalik harakatga bo‘lgan fiziologik ehtiyoji, jismoniy holati va imkoniyatlari hisobga olinib, jismoniy yuklama beriladi.

  1. Uyga vazifa.

Harakatli o‘yinlar: «Kim chaqqon?», «To‘pni tushirib yuborma», «To‘pni savatga tashla» o‘yinlarida bajariladigan harakatlarni mashq qilish.

Xayrlashuv, zalni tartib va asta-sekinlik bilan tark etish.

Dilmurod YAXYAYEV,                                  

Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 238- maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi.

 

Add comment


Security code
Refresh