28.10.2017

O‘z sohasini chuqur bilgan, ilg‘or pedagogik tajribasi ommalashtirilgan, ustoz-shogird tizimida o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish va ularning kasbiy kompetentligini oshirish layoqatiga ega bo‘lgan, metodik tavsiya va dars ishlanmalari muallifi bo‘lgan metodist-o‘qituvchilarni shakllantirish uchun har oyda seminar-treninglar o‘tkazib kelinmoqda. Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va tuman xalq ta’limi bo‘limlari hamkorligidagi dastlabki seminarlar poytaxtimizning Shayxontohur va Chilonzor tumanlaridagi maktablarda o‘tkazilgan edi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining xalq ta’limi tizimida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha navbatdagi shahar o‘quv-amaliy seminari Uchtepa tumanidagi 228- maktabda bo‘lib o‘tdi.  Unda ushbu maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari G.Imomaliyeva va G.Mamayusupovalar zamonaviy o‘qituvchining kommunikativ va pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funksiyalari yuzasidan mashg‘ulot olib borishdi.

Har oyda zamonaviy metodist maktabi sifatida tashkil etilayotgan seminarlarda pedagoglar o‘z malakalarini oshirish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

M.TOG‘AYMUROD qizi.

 

Add comment


Security code
Refresh