Jahon mamlakatlari Finlandiyaning so‘nggi 40 yil ichida ta’lim sohasida erishgan yutuqlarini e’tirof etilish bilan bir qatorda, ularning ushbu muvaffaqiyat sirini kashf etish istagi kun sayin kuchayib boryapti. PISA(Programme for International Student Assessment)ning xalqaro tadqiqoti natijasi shuni ko‘rsatdiki, Finlandiya dunyo bo‘yicha tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha birinchi o‘rinda, matematik va o‘qish savodxonligi bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi.

Bugungi kunda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtini maroqli va samarali tashkil etish bo‘yicha turli dasturlarni taklif etuvchi muassasalar amaliyoti butun dunyoda keng qo‘llanilmoqda. Qizig‘i shundaki, farzandi bilan darsdan keyin shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ota-onalarga yordam qo‘lini uzatishga tayyor tashkilotlarga talab tobora ortib bormoqda. Yodingizda bo‘lsa, aziz mushtariy, jurnalimizning avvalgi sonlarida xuddi shunday xizmatlarni taqdim etadigan Janubiy Koreyadagi hagvonlar faoliyati bilan tanishgan edik, ruknimizning navbatdagi sonida esa Yevropaning ta’lim sohasida yetakchi mamlakatlaridan biri Germaniyaning bu boradagi tajribasi bilan sizni tanishtirmoqqa jazm qildik.

Malayziya taraqqiy etgan davlatlar ichida ta’lim sifati ko‘rsatkichlarining yuqoriligi bo‘yicha AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi mamlakatlar bilan bahslasha oladi. Ushbu mamlakat ta’lim tizimi yuqorida tilga olingan mamlakatlar hamda Fransiya, Xitoy va Avstraliya ta’lim tizimlari andozasida qurilgan. Shu sababli, Malayziya ta’limida yuqoridagi davlatlar ta’lim tizimlarining barcha unsurlarini ko‘rish mumkin. Shulardan biri — kutubxona boshqaruvi (Laybrari menejment).