MITTI KAPALAK

MITTI KAPALAK

MITTI KAPALAK

Qadim qadim zamonda, bir kapalak bo‘lgan ekan. Mitti kapalakning dostlari yo‘q ekan.U do‘stlari yo‘qligidan xafa ekan. Bir kuni kapa­lak yaylovga borib qolibdi. U yaylovda xuddi o‘ziga o‘xshash kapalakni ko‘rib qolibdi.

Mitti kapalak boyagi kapalakning oldiga borayotib, o‘ziga oxshash kapa­laklarni ko‘ribdi va u o‘zini yolg‘z emasligini bilibdi. Mitti kapalakning qanotlari chiroyli va u har zamonda rangini o‘zgartirib turar ekan. Kapalak yangi do‘st topibdi. Mitti kapalak sevinganidan yoniga borib men sizlar bilan do‘st bo‘lsam bo‘ladimi, deb so‘rabdi. Kapalaklar mayli qo‘shilaqol deyishibdi. Mitti kapalak yaylovdagi gullar ustiga do‘stlari bilan miriqib o‘ynabdi. Mitti kapalak hech ham bugungidek quvonmagan edi. Mitti kapalak o‘ziga uy qurib olibdi. Mitti kapalak do‘stlarini yoniga chaqiribdi va ular bilan vaqtini maroqli va mazmunli o‘tkazibdi.

 

Eʼzoza Xalilova,
Yakkabogʻ tumani 44-maktabning
boshlang‘ich sinf oʻquvchisi.

Fikr bildirish