«QOMUSIM» SHE’RI
Mansur ASLONOV
(4- sinf)
Darsning maqsadlari:
ta’limiy: o‘quvchilarga Konstitutsiyamiz va moddalar mazmuni, she’r va uning muallifI haqida tushuncha berish.
tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatni sevishga, atrof-muhitni asrab avaylashga, ota-onani hurmat qilishga, Vatanni sevishga, kishilar mehnatini qadrlashga, do‘stlikka, tinchlikning qadriga yetishga, davlat ramzlariga hurmatda bo‘lishga o‘rgatish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilar og‘zaki nutqini, fikrlash qobilyatini, dunyoqarashini kengaytirish.
Darsning metodi: noan’anaviy, savol-javob, suhbat.
Darsning jihozi: darslik, «Kulcha», «Soyabon», «Xatdon» metodlariga va «Kapalaklar» raqsi uchun ko‘rgazmalar; tarqatmalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
O‘qituvchi: Assalomu alaykum,
Darsimizni boshlaymiz.
O‘quvchilar: Vatan uchun, yurt uchun,
Olg‘a qadam tashlaymiz.
Eng avvalo do‘stlarim,
Assalomdan boshlaymiz!
O‘qituvchi: – Maktabga kelishimizdan maqsad:
O‘quvchilar: Nimani biz bilmaymiz,
Barchasi zarur kerak.
Bilim egallash uchun,
Tinimsiz o‘qish kerak.
O‘qituvchi: – O‘qish darsi sizga nimani o‘rgatadi?
O‘quvchilar: Yozuvchi va shoirlar,
Hayotidan so‘zlaydi.
Buyuk bobolarimiz,
Ijodidan so‘zlaydi.
O‘qituvchi: – Barakalla, bolajonlar.
Shu payt bir bola daraxt shoxini sindirayotgan bo‘ladi, do‘sti unga tabiatga ozor bermaslik kerakligini ta’kidlaydi.
O‘qituvchi: – Biz tabiatning bir bo‘lagimiz.
– Tabiat o‘zi nima?
– Bizni o‘rab turgan olam. Shunday ekan, bugungi darsimizni tabiat bilan bog‘lab olib boramiz. O‘tib borayotgan yilimiz nomi esingizdami?
O‘quvchi: – Prezidentimiz 2025- yilga «Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili» deb, nom berganlar.
«Tabiatni asrang» videoroligi namoyish etiladi.
O‘qituvchi: – Barakalla. Tabiat bizni boqadi, yediradi, ichiradi, shuning uchun tabiatni asrab-avaylashimiz kerak.
II. O‘tgan mavzularni takrorlash.
«Kulcha» metodi
O‘qituvchi: – Aytinglar-chi, kulchaning tabiat bilan nima bog‘liqligi bor? (Kichik suhbat uyushtiriladi, nonning dasturxonga kelguncha bosqichlar, kishilar mehnati haqida aytiladi.)
Har bir guruh o‘quvchisi kulchaning teskari tomoniga yozilgan savol yoki test topshirig‘iga to‘g‘ri javob berib, kulchani olib guruhiga o‘tiradi.
(Har bir guruh uchun doskaga 2 tadan kulcha ilib qo‘yilgan).
1- guruh: 1. Ashurali Jo‘rayev qayerda tug‘ilgan?
2. Masal nima?
2- guruh: 1. Ezop kim, uning qancha masala bizgacha yetib kelgan?
2. Rustam Qosimjonov qaysi hikoyada tilga olingan?
3- guruh: 1. «Do‘st do‘stga oyna ekan» she’rining muallifi kim?
2. Rivoyat nima?
4- guruh: 1. «Tulki va Tovuq» masalining yakunida qanday xulosa berilgan?
2. Ertak va masalning farqi nimada?
O‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Fasllar haqida, yomg‘ir, qor haqida suhbat qilinadi.
«Soyabon» metodi
Soyabon qirralarida yomg‘ir tomchilariga yozilgan savollarga javob berib, yangi mavzu nomini keltirib chiqaradilar.
1. Olamni yoritadi – Quyosh.
2. Kuz fasli rus tilida – Осень.
3. Odam tanasiga rang beruvchi modda – Melanin.
4. Quyosh botadigan tomon – Ufq.
5. Tongda so‘ziga manodosh so‘z – Subhidam.
6. So‘rash ma’nosidagi sehrli so‘z – Iltimos.
7. Bilim dargohi – Maktab.
III. Yangi mavzu bayoni.

O‘qituvchi: – Shoir Mansur Aslonovning she’ri bilan tanishamiz.
Qomus nima?
O‘quvchilar bilan Konstitutsiya haqida suhbatlashamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992- yil 8- dekabrda qabul qilingan. Yangi Konstitutsiyamiz esa 2023- yil 30- aprelda Referendumda qayta ishlab chiqildi, unda 10- moddaga o‘zgartirish kiritildi va 27 ta yangi modda qo‘shildi. Shunda Yangi Konstitutsiyamiz 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan tashkil topdi.
Konstitutsiyamiz xalq manfaatini ko‘zlab tuzilgan adolatli Konstitutsiyalardan hisoblanadi.
O‘quvchilar moddalardan aytib beradilar.
She’r o‘quvchilar tomonidan o‘qitiladi. Lug‘at ishi o‘tkaziladi.
«Davom ettir» metodi qo‘llaniladi.
Qofiyadosh so‘zlar topiladi.
«Xotira mashqi»: 3 daqiqada she’rning 4 misrasini yod olish.
IV. Mustahkamlash.
4 guruhga 4 ta xatdonda 2 tadan xat kelgan, kimdan ekan?
«Xatdon» metodi
(Xatdonda darslik qahramonlari tomonidan har bir guruhga 2 tadan savollar berilgan)
1. «Xalqning g‘amini yeydi» iborasini tushuntiring.
2. She’rdan «Gulshan» so‘ziga ma’nodosh so‘z toping.
3. Qomus nima?
4. Konstitutsiyamizning qaysi moddasida bilim olish haqida aytilgan?
5. 6, 27, 155 bu sonlar nimani anglatadi?
6. She’rdan 4 qator ayting.
7. Qaysi davlat Konstitutsiyasi eng katta va murakkab?
8. Konstitutsiya bo‘lmasa … Fikringizni bildiring.
Dam olish daqiqasi.
Quvosh, tabiat haqida qisqa suhbat.
«Kapalaklar» raqsi.

IV. Baholash.
Guruhlar va alohida o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.
«Qomusim» she’rini yod olish va Konstitutsiya moddalaridan o‘rganish.
Dilrabo To‘ymurodova,
G‘ozg‘on shahridagi
3- maktabning
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
