SINFDAGI  MUHIT

SINFDAGI MUHIT

SINFDAGI  MUHIT

(3-sinf)

 

Darsning maqsadlari:
ta’limiy: sinfdagi ijobiy muhit o‘quvchilarning bilim olish va o‘rganish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
tarbiyaviy: samarali tarbiyaviy jarayon sinf rahbarining yetakchiligi va uning sa’y-harakatlariga bog‘liq bo‘lib, bu o‘quvchilarning shaxsiy kamolotiga yordam beradi;
rivojlantiruvchi: og‘zaki va yozma savodxonlikni o‘stirish, imloviy va chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodlari: test, og‘zaki, taqdimot, xotira mashqi, hamkorlikdagi o‘yin, daraxt tuzish, Wordwallda test, sahnalashtirish, ha-yo‘q o‘yini, klaster, baliq skeleti, uchta to‘g‘ri bitta xato, to‘rt taraf, maqollar o‘yini.
Dars jihozlari: darslik, mavzuga oid rasmlar, slaydlar, rag‘batlantish uchun kartalar, tarqatma testlar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarni darsga hozirlash. Ularni guruhlarga bo‘lib olish.
1-guruh: «Birdamlik».
2-guruh: «Hamjihatlik».
3-guruh: «Ahillik».
She’riy usulda kirish qismi qilingandan so‘ng o‘quvchilar ijrosida davlatimiz madhiyasi ijro etildi.

II. O‘tilgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash.
O‘qituvchi: – O‘tgan darsimizda uyga berilgan vazifani kim aytadi?
O‘quvchi: – «Sinfdagi muhit» mavzusini o‘tgan edik.
Uchta guruhdan ham bir nafardan ishtirokchi og‘zaki javob beradi.
Shundan so‘ng guruh a’zolari quyidagi testlarni bajaradilar.

1. Bu rasmda nima tasvirlangan?

___________________________________________________________________________

2. Qanday muhit tasvirlangan?
_____________________________________

3. Rasmda nima tasvirlangan?
____________________________________

4. Qanday holat tasvirlangan?
_____________________________________

 


5. Bu kishi to‘g‘ri yo‘l tutdimi?

6. Qanday muhit tasvirlangan?
________________________________
__________________________________

7. Rasmdagi holat to‘g‘rimi?
_____________________________
_____________________________________

8. Qanday muhit tasvirlangan?
___________________________________

9. Rasmda qanday holat tasvirlangan?
________________________________
__________________________________

10. Bolalar qanday kayfiyatda?
11. Hamma xursand bu –
12. Kimnidir masxara qilishdi bu –
13. Hamma o‘z xohishi bilan o‘ynaydi bu –
14. Bundan kimdir xafa bo‘ladi yoki qo‘rqadi qanday holat?
O‘quvchilar baholanadi va rag‘batlantiriladi.
Dam olish daqiqasi:
Qo‘llar yonga, tepaga.
Qimirla chapga, o‘ngga.
Qo‘llarni ko‘tarib,
Aylanib sakra.
III. Yangi mavzu bayoni.
O‘qituvchi: – Aziz o‘quvchilar! Bugun tarbiya darsidan o‘tgan «Sinfdagi muhit» mavzusining 2-soatini davom ettiramiz.
Taqdimot orqali mavzu tushuntiriladi.
Sinf rahbarining roli:
Sinf rahbari – o‘quvchilarni tarbiyalash va ularni yagona, ahil jamoa sifatida shakllantirishda asosiy shaxs hisoblanadi.
U ota-onalar, boshqa o‘qituvchilar va jamoatchilik bilan doimiy hamkorlik qiladi, shu orqali o‘quv­chilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi.
Sinf rahbari o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona, o‘zaro hurmat va mehrga asoslangan muhit yaratishga intiladi.
Bu rasmda sinfda birgalikda o‘tirgan quvnoq o‘quv­chilar, ustoz bilan samimiy muloqotda tasvirlangan. Bunday muhit o‘quvchilarning faol qatnashishi va o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi.
Tarbiya fanida o‘quvchilarga axloqiy qadriyatlar, odob-axloq qoidalari, do‘stlik va hamkorlik tushunchalari chuqur o‘rgatiladi.
Guruhlarda ishlash, bellashuv va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat va yordam berish ko‘nikmalari shakllanadi va mustahkamlanadi.
O‘quvchilar bir-biriga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, boshqalarning fikriga quloq solishni o‘rganadilar.
Shuningdek, sinfda kichik guruhlar tashkil etib, ularni turli loyihalar ustida ishlatish, o‘qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar ham mehr-oqibatni yanada oshiradi.
Har bir o‘quvchi o‘zini sinf jamoasining qadrli va ajralmas a’zosi sifatida his qilishi muhimdir.
IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuga xulosa qilinadi va mustahkamlash uchun bolalar bilan birgalikda Wordwall dasturida online test bajariladi.
Navbatdagi mustahkamlash «Hamkorlikdagi o‘yin» tarzida o‘tkaziladi. Bunda A4 formatdagi qog‘ozga mavzuga oid so‘zlar yozib doskaga ilib qo‘yiladi. Ikki guruhdan 4–5 kishidan a’zo chiqib, qo‘l ushlashib so‘zlarni galma-galdan yozadilar. Tez, to‘g‘ri, chiroyli, xatosiz yozgan guruh g‘olib sanaladi. Tarbiya fanidan ushbu darsda: ahillik, o‘zaro hurmat, mehribonlik, hamjihatlik, hamdardlik, ko‘maklashish, birdamlik, hamkorlik so‘zlaridan foydalanish mumkin.
Keyingi metod «Xotira mashqi» deb nomlanadi. Bunda o‘quvchilar o‘tilgan mavzuni aylanib o‘qiydilar. So‘ng eslab qolgan ma’lumotlarini tezda navbat bilan aytishlari lozim.
So‘ng enerjayzer o‘yinlari o‘tkazildi. Ha-yo‘q deb nomlanadi. Bolalar to‘g‘ri ma’lumot uchun bosh barmog‘ini, noto‘g‘ri ma’lumot uchun ko‘rsatkich barmog‘ini ko‘rsatishi kerak. O‘qituvchi tomonidan ataylab chalg‘ituvchi savollar beriladi. Masalan: Hozir bahor faslimi? Osmonda oy suzmoqda. Tashqarida qor yog‘moqda. Fevral oyi 30 kundan iborat. Siz 6 yoshdasiz.
Shundan so‘ng bolalar «Sinfdagi muhit» mavzusi bo‘yicha gul shaklidagi klasterni bajardilar.

Yana bir metod «Baliq skeleti» yordamida bolalar mavzu bo‘yicha muammo va ularning yechimini birgalikda topadilar. Xulosa chiqaradilar. Hamkorlikda guruh bo‘lib ishlaydilar. Shu orqali sinfda ahillik va ijobiy muhit shakllanishiga sabab bo‘ladi.

Keyingi metod «To‘rt taraf» deb nomlanadi. Mavzu bo‘yicha olgan fikrlarini yozadilar.


Ushbu metod «Uchta rost, bitta yolg‘on» deb nomlanadi. Har bir guruh ishtirokchisi bir varaq qog‘ozga o‘rganilgan mavzu bo‘yicha uchta to‘g‘ri va bitta xato fikrni yozadi. Guruhlar o‘zaro almashib xato fikrni topib aytadilar. Bu metod yordamida bolalar o‘rgangan ma’lumotlarini yodda saqlash, tahlil qilish, amalda qo‘llash, o‘zaro fikr almashish imkoniga ega bo‘ladilar.

V. Darsga yakun yasash va o‘quv­chilarni baholash.
Guruhlarning ballari jamlanib, darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholar qo‘yiladi.
VI. Uyga vazifa. Matnni o‘qish. Ahillik haqida hikoya yozib kelish.

Umida UMIRQULOVA,
Qumqo‘rg‘on tumanidagi
1-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Fikr bildirish