IMKONIYAT VA MATONAT

IMKONIYAT VA MATONAT

IMKONIYAT VA MATONAT

(4-sinf)

 

Darsning maqsadlari:
ta’limiy: o‘quvchilarga ulardagi imkoniyatlar va kasb tanlash huquqi haqida tushuntirish;
TK-3: mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan iborat so‘zni topish va namuna asosida so‘zlar tuzish;
FK-1: berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna olish;
tarbiyaviy: ta’lim-tarbiya jara­yonida beriladigan bilimlar yaxlit va ijtimoiy shart-sharoitlar, milliy va tari­xiy ma’naviy omillar, umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini tushuntirish.
TK-4: o‘ziga yuklatilgan vazifa­larni anglay olish
rivojlantiruvchi: o‘quvchilar qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam berish.
FK-2: ixcham matn asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: savol-javob, ko‘rgazmalilik, suhbat.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, 4- sinf tarbiya fani darsligi.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
O‘quvchilarni darsga tayyorlash, davomatni aniqlash. Ularning darsdagi ishtirokini nazorat qilish.
II. O‘tilgan mavzuni so‘rash.
O‘tilgan mavzu savol-javob tariqasida o‘quvchilardan so‘raladi.
Aqlni rivojlantirish uchun savol va vazifalar:
1. Imkoniyat nima?
2. Mavjud imkoniyatlardan qanday foydalanasiz?
3. Imkoniyatlaringizni hisoblab chiqdingizmi?
4. O‘z imkoniyatlaringizni qanchalik qadrlaysiz?
5. Rasmdagi bolada qanday imkoniyat bor?
III. Yangi mavzu bayoni.
Bilasizmi, «nogiron» so‘zi ko‘pincha tug‘ma nuqsonlari bor yoki avariya natijasida oyoq-qo‘lini yo‘qotgan, og‘ir kasallikka chalingan odamga nisbatan ishlatiladi. Jismoniy nogironlik insonning orzulariga erishishiga to‘sqinlik qila oladimi?
Aaron Fother ismli taniqli sportchi bor. U nogironlar aravachasida qolgandi. O‘zining tinimsiz mehnati va maqsadlariga erishish yo‘lidagi sa’y-harakati bilan sportda o‘z nomini topishga muvaffaq bo‘ldi. Aaron­ning nogironlar aravachasidagi tezkor harakatlaridan tomoshabinlar hayratda.
– Agar hayot sizga o‘tirish uchun aravani bersa, u muvaffaqiyat­laringizga xalal berishiga yo‘l qo‘ymang. Aksincha, unda uchish uchun kuch toping! – deydi sportchi.

1- mashg‘ulot.
Rasmga e’tibor bering. Bu odamlar o‘z kuch va imkoniyatlaridan qanday foydalanadilar? Ularning kuchini baholang.

2- mashg‘ulot.
1. Inson salomatligiga nima jiddiy tahdid soladi?
2. Quyidagilardan qaysi biri inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin?
3. Xavfli shikastlanishlarning oldini olish mumkinmi?

Xulosa: jismoniy nogironlik emas, balki maqsadning yetishmasligi insonni cheklaydi. Bu hayotda har kim­ning o‘ziga xos iste’dodi bor. Muvaffaqiyatning kaliti – bu amaliyot va harakat. Har doim maqsadga erishishning bir iloji bor.
Biz nogironlarga yordam berish, ularga yaxshilik qi­lish orqali mehr ko‘rsatamiz.
Yaxshilik qilish …
* do‘stlik taklif qilish;
* e’tiborli bo‘lish;
* qiyin vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlash;
* darslarni tayyorlashda hamkorlik qilish;
* birgalikda qiziqarli kitob o‘qish;
* kundalik hayotda yordam berish;
* yo‘lni kesib o‘tishda ko‘maklashish;
* rahm-shafqat qilish.
1- mashg‘ulot.
1. Nogironlarga nima deya olasiz?
2. Aaron Fotherning taqdiridan qanday hayotiy saboq oldingiz?
3. Nogiron bolalar uchun qanday qiziqarli o‘yinlarni taklif qila olasiz? Uni tuzishga harakat qiling. Kattalardan maslahat so‘rang.
Odobli bola jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar bilan suhbatlashayotganda quyidagi qoidalarni yodda tutishi kerak:
1. Yaxshi so‘zlar bilan ilhom bering, yaxshi muomala qiling;
2. Nogironlar aravachasidagi odamlar bilan engashib gaplashish o‘zaro hurmat belgisidir;
3. Nutqida nuqsoni bo‘lgan odamlarga qisqa, oson javob talab qiladigan savollar bering;
4. Eshitish va ko‘rish qobiliyati past odamlardan ular bilan qayerda va qanday aloqa qilishni so‘rang.
VI. Mustahkamlash.
2- ijodiy faoliyat:
1. Ko‘zlaringizni yuming va qog‘ozga uy yoki qu­yoshning rasmini chizishga harakat qiling. Siz topshiriqni bajardingizmi? Bu ish qiyinchilik tug‘dirmadimi?
2. Ko‘zlaringizni mato bilan yoping va kitobni javonga qo‘yishga harakat qiling. Siz vazifani bajara oldingizmi? Yo‘lni ko‘rishdan oldin o‘zingizni qanday his qildingiz?
3. Bir qo‘l bilan poyabzal yoki boshqa narsalarni bog‘lab ko‘ring. Uddalay oldingizmi? Ushbu vazifani bajarayotganda boshqa qo‘lingizdan foydalanmoqchimisiz?
V. Rag‘batlantirish.
VI. Uyga vazifa.
Oilangiz bilan minnatdorchilik va qat’iyat haqida suhbatlashing. O‘z fikirlaringizni bildiring.

Fazilat MATNAZAROVA,
To‘rtko‘l tumanidagi 2- maktabning
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Fikr bildirish