MAKTABGA MOSLASHTIRISH: TAJRIBA VA TAVSIYA

MAKTABGA MOSLASHTIRISH: TAJRIBA VA TAVSIYA

MAKTABGA MOSLASHTIRISH: TAJRIBA VA TAVSIYA

 

Bolaning maktabga qabul qilinishi uning ijtimoiy roli va yetakchi faoliyat turining o‘zgarishiga olib keladi. Bolaning ta’lim jarayoniga qanchalik tez va to‘liq qo‘shilishi kelajakda uning ijtimoiy va intellektual holatiga bog‘liq. Shuning uchun bu jarayonni o‘qituvchilar, psixo­loglar va ota-onalar diqqat-e’tiboridan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Birinchi sinf o‘quvchilarining maktabga moslashuvini diagnostika qilishning turli usullari bo‘lib, ular ushbu jarayonning muvaffaqiyatini aniqlashga imkon beradi.

 

O‘qish o‘quvchining asosiy qobiliyatidir. Darhaqiqat, nafaqat o‘qish darslarida, balki matematika, atrofimizdagi olam, musiqa fanlarini ham o‘qish kerak. Yetarlicha ravon o‘qish va o‘qiganlani tushunmaslik o‘rganish imkoniyatini butunlay yo‘qqa chiqaradi. O‘qish texnikasi nima va zarur bo‘lsa uni qanday tekshirish hamda yaxshilash mumkin?
Materiallarning ko‘rinishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ta’lim muammosini hal qilishga undaydi va fanga qiziqishni saqlab qoladi. Shunday ekan, o‘qitishning eng samarali usullaridan biri ko‘rgazmalardan foydala­nish hisoblanadi. Ko‘rgazmalardan har qanday fanni o‘qi­tishda, jumladan, to‘garak mashg‘ulotlarida va sinfdan tashqari ishlarda ham foydalanish mumkin. Masalan, sabzavot va mevalar tushirilgan bir xil kartochkalardan matematika darslarida sanashni o‘rgatish uchun, tabiiy fan darslarida yovvoyi va bog‘ o‘simliklarini o‘rgatish maqsadida keng foydalanishimiz mumkin.
O‘qishga o‘rgatish – bolalar rivojlanishining muhim bosqichi. Amalda biz ota-onalarning bolani o‘qishga o‘rgatishda yo‘l qo‘yadigan xatolarini ko‘rishimiz kerak. Ota-onalar farzandini uyda qanday o‘qitishni bilmasa, bola ham, ota-ona ham qiynaladi. Bu bolaga qoshiq berib, uni qanday ishlatishni aytmaslik kabidir. Ke­ling biz, bolani mustaqil o‘qishga to‘g‘ri o‘rgatish uchun ota-onalar nimani bilishi va qanday asosiy xatolardan qochishi kerakligini ko‘rib chiqamiz. Ongda hisoblash qobiliyati bolaning boshlang‘ich maktabda matematikani o‘rganish jarayonida shakllanishi kerak bo‘lgan asosiy ko‘nikmalardan biridir. Bola har qanday matematik shakllarni, belgilarni tez va to‘g‘ri nomlashni o‘rganishi kerak. Bu jarayon darslar davomida shakllanib boradi.
Qanday qilib she’rni tez yodlashni o‘rgatish mumkin?
Maktab o‘quvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘p she’r yod olishlari kerak. Bu hamma o‘quvchi uchun ham yoqimli va oson mashg‘ulot emas. O‘qituvchi she’rni qanday yodlash kerakligini o‘rgatadi va ota-ona­larga ham she’r yodlash metodikasi haqida tushuncha beradi. Bolalar uchun so‘z o‘yinlari mantiqni, e’tiborni va reaksiya tezligini rivojlantirishga yordam beradi, so‘z boyligini kengaytiradi, bola qanday qilib to‘g‘ri savollar berish va o‘xshash tovushlarni farqlashni o‘rganadi.
Birinchi sinf o‘quvchilarining ota-onalari duch kelishi mumkin bo‘lgan bir qator muammolar mavjud. Barcha ota-onalar farzandlari maktabga borishini intiqlik bilan kutadilar. Ammo ko‘pchilik ota-onalarning farzandlari maktabga borgach, quvonchli kayfiyatdan asar ham qolmaydi. Farzandlarini o‘qitishda uyda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bunday bo‘lmasligi uchun birinchi navbatda bolani maktabga moslashtirib olish kerak. Bu jarayon uchun ba’zi bolalarga bir oy talab etilsa, boshqa bolalar bir chorakda moslashadi.
Uyda bolani o‘qishga qanday o‘rgatish mumkin?
O‘qish qobiliyati bola ta’limning birinchi bosqichida egallashi zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalardan biridir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga o‘qish va yozish to‘liq o‘rgatilmaydi. O‘qish ko‘nikmasi bolada maktabga kelgach shakllanadi. Uyda esa ota-onalar bu muammoni o‘zlari hal qilishlari kerak. Bunday hollarda ota-onalarda «Bolani o‘qishga qanday o‘rgatish kerak?» degan savol paydo bo‘ladi. Bolani o‘qishga o‘rgatish jarayonida psixologik va uslubiy xarakterdagi xatolar tufayli muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Ota-onalar bolani sekin o‘qigani uchun tanqid qiladilar yoki har bir bola individual rivojlanish xususiyatlariga egaligini hisobga olmay, bolani tez o‘qishga o‘rgatishning mo‘jizaviy usulini izlaydilar. Birinchi sinf – maktabga ilk marotaba kelgan bola hayotidagi keskin o‘zgarishlar davri. Yangi sharoitga moslashish uchun birinchi sinf o‘quvchisi murakkab moslashish jarayonidan o‘tadi. Shuning uchun o‘qituv­chillar va ota-onalar 6–7 yoshdagi bolalarning asosiy yosh xususiyatlarini bilishlari kerak. Bu bolada yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishga zarur yordam ko‘rsatish lozim. Buning uchun bola psixologiyasini yaxshi o‘rganib olish talab etiladi. Ularda o‘qish ko‘nikmasi shakllanib boradi. O‘yinqaroq bolalarga turli bilim va ko‘nikmalarni o‘yinlardan foydalanib o‘rgatish mumkin. Turli xil o‘yinlar va mashqlar yordamida o‘qish tezligini oshirib borish yengilroq kechadi.

Bola har doim ham o‘qigan matnni tushuna ola­dimi?
Yo‘q, ko‘pincha bolalar o‘qish malakasini muvaffaqiyatli o‘rganib olsa ham, o‘qigan materialini tushunmaydilar. Ular yodlash orqali takrorlab bayon qilishlari mumkin. Bu muammoni matnni tushunishga qaratilgan maxsus mashqlar yordamida hal qilish imkoni bor. Ko‘proq matn yuzasidan savollar berib, fikrini so‘rash orqali tushunganlarini bayon qilib berishga undash samaralidir.
Sinf o‘quvchilarini darsingizga jalb etib, shu e’tiborni bir xilda ushlab tura olasizmi?
O‘qituvchining dars o‘tish jarayonidagi asosiy vazifalardan biri, bola e’tiborini o‘ziga jalb qila olishdir. Bu esa birinchi sinf o‘qituvchilariga biroz qiyinchilik tug‘diradi. Chunki birinchi sinf o‘quvchilari diqqatini bir joyga jamlash juda qiyin. Ular kamroq o‘qib, ko‘proq o‘yin faoliyati bilan shug‘ullanishni istaydilar. Shu bois, bolalar e’tiborini darsga jalb etish uchun o‘yinlar va mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bir xillik bolani zeriktirib qo‘yadi. Turli xil metodlardan foydalanib dars o‘tish bola e’tiborini darsga jalb etishning eng yaxshi usullaridan biridir.

Sofiya NORXO‘JAYEVA,
Qiziriq tumanidagi
17- maktabning boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi.

Fikr bildirish