BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA INTERNET SAYTLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH
Bolalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida turli xil zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, interaktiv o‘yinlarni tashkil qilish yosh avlodning fikrlash doirasini kengaytiradi. Ularning darslarni yaxshi o‘zlashtirishi bilan bir qatorda chaqqonliklari, o‘zaro bir-birga hurmatni ham oshiradi. Ayniqsa, elektron o‘yinlar orqali o‘tilgan darslar o‘quvchilar tasavvurini yanada boyitadi va ma’lumotlarni yaxshi esda qolishini ta’minlaydi.
Bunday o‘yinlarni yaratishda har bir kreativ o‘qituvchilarimizga turli xil ta’limiy saytlari yordamga keladi. Shunday dasturlarimizdan bo‘lgan FESTISITE va FLIPPITY saytlari orqali o‘yinlarni, kroosvordlarni, turli xil rasmlar, emblemalarni, darslarda qo‘llaniladigan turli xil shakllarni yaratish juda qulay. Hozir shulardan o‘qish darslarida matnlarni turli xil shakllarga keltirish haqida gaplashamiz.
Dastlab googledan festisite.com deb qidirib, quyidagi oynani topamiz:

Oynadan o‘zimizga zarur o‘yin turini tanlab olamiz va «edit» tugmasi orqali darsligimizdagi biror matn yoki ma’lumotni kiritamiz, so‘ngra «finish»ni bosib, qo‘llamoqchi bo‘lgan shaklimizni tayyor holda olamiz.


Bundan tashqari bu sayt orqali rebuslar, krossvordlar yaratishimiz ham mumkin.

FLIPPITY.COM saytiga ham xuddi yuqoridagidek kirilib, kerakli bo‘limlar tanlab ishlanadi. Bu saytdan o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish va krossvordlar ishlashda foydalanish juda qulay.


FLIPPITY sayti orqali ishlagan ishlaringizni o‘quvchilarga ijtimoiy tarmoqlar orqali ham uzatish va topshiriq berish mumkin.
Yaxshigul BEGLIYEVA,
Ellikqal’a tumanidagi
70- maktabning
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
