IKKI XONALI SONLARNI QO‘SHISH

IKKI XONALI SONLARNI QO‘SHISH

IKKI XONALI SONLARNI QO‘SHISH

(1-sinf)

Jurnalning aprel sonida muallifning ««Matematika diqqat markazida»: boshlang‘ich sinf uchun amaliy yechimlar» sarlavhasi ostida metodik tavsiyasi e’lon qilingan edi. Quyida shu mavzuni yanada ochib beruvchi dars ishlanma bilan tanishasiz.

Darsning maqsadlari:
ta’limiy: o‘quvchilarga ikki xonali sonlarni qo‘shish usullarini o‘rgatish, sonlarni o‘nlik va birliklarga ajratib qo‘shish ko‘nikma­sini shakllantirish.
tarbiyaviy: o‘quvchilarda diq­qat­lilik, tartiblilik, bir-birini ting­lash va o‘z fikrini erkin ifodalash madaniyatini tarbiyalash.
rivojlantiruvchi: o‘quvchilar­ning diqqatini jamlash, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, mustaqil va izchil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Darsda qo‘llaniladigan me­tod­lar: «Diqqat – son zinapo­yasi», «Son zanjiri», «Bugun nimani o‘rgandim?», savol-javob, kuzatish, tushuntirish.
4K kompetensiyalari:
kritik fikrlash: sonlar o‘rtasidagi bog‘lanishni tahlil qilish;
kreativlik: o‘xshash misollarni mustaqil tuzish;
kommunikatsiya: og‘zaki izohlash, fikr bildirish;
kollaboratsiya: juftlik va guruhda ishlash.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi, interaktiv dars.
Dars jihozlari: doskada zina­poya chizmasi, son kartochkalari, tarqatma materiallar, rangli mar­kerlar.
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism:
• salomlashish;
• davomatni aniqlash;
• darsga tayyorgarlik;
• psixologik muhit yaratish.
O‘qituvchi: – Bugun matema­tika darsida diqqatli bo‘lib, yangi mavzuni o‘rganamiz.
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash. «SON ZANJIRI» METODI asosida.
Doskaga yoziladi:
20 → 23 → 26 → ?
Savol:
– Zanjir qayerda uzildi?
O‘quvchilar javobi:
20 ga 3 qo‘shilgan;
– 23 ga 3 qo‘shilgan;
Demak, javob 26.
Bu bosqichda diqqat + ketma-ketlik faollashadi.
III. Yangi mavzu bayoni. «Diqqat – son zinapoyasi» me­to­di asosida.
Doskaga 5 pog‘onali zinapoya chiziladi.
1-pog‘ona – Sonni tanish.
29, 32, 45, 52…
Misol: 29
– Bu ikki xonali son.
– 2 o‘nlik, 9 birlik.
2-pog‘ona – Taqqoslash.
38 > 34
53 > 44
32 = 32
28 < 39
47 < 74
61 > 29
– Qaysi katta?
3-pog‘ona – Qo‘shish.
13 + 11 = 24
43 + 12 = 55
34 +15 = 49
25 + 23 + 48
51 +16 = 67
16 + 41 = 57
4-pog‘ona – Og‘zaki izohlash.
– 13 ga 11 qo‘shdim, 24 bo‘ldi.
__ 34 ga 15 qo‘shdim, 49 bo‘ldi.
__ 51 ga 16 qo‘shdim, 67 bo‘ldi.
5-pog‘ona – Mustaqil yechim.
O‘quvchilar o‘zlari shunga o‘xshash misollar tuzadilar.
Har bir o‘quvchi kamida bitta pog‘onaga chiqadi.
IV. Mustahkamlash.
Juftlikda ishlash(Kollaboratsiya).
Yaproqlardagi misollarni ishlab, gullar yasaladi.
Topshiriqlar:
35 + 4
46 + 3
O‘quvchi:
hisoblaydi;
izohlaydi;
juftiga tushuntiradi.
Bu bosqichda 4K to‘liq ishlaydi.
V. Darsni yakunlash.
«Bugun nimani o‘rgandim?» metodi.
Savollar:
Bugun nimani o‘rganding?
Qaysi misol senga oson bo‘ldi?
O‘quvchi javobi(namuna):
– Bugun ikki xonali sonlarni qo‘shishni o‘rgandim.
Taqqoslashni o‘rgandim.
Og‘zaki hisoblashni o‘rgandim.
Mustaqil misol tuzishni o‘rgandim.
VI. Baholash:
faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi;
zinapoyaga chiqqan pog‘onalar inobatga olinadi.
VII. Uyga vazifa. Shunga o‘xshash 3 ta ikki xonali sonni qo‘shish misolini tuzib kelish.
AMALIY TOPSHIRIQLAR VA TESTLAR
1-topshiriq. 24 + 3 ni hisobla va qanday bajarganingni ayt.
2-topshiriq. Quyidagi misollarni yech:
35 + 4 = ___
46 + 3 = ___
3-topshiriq. Sonni o‘nlik va birliklarga ajrat:
27 = ___ o‘nlik ___ birlik
4-topshiriq. Zanjirni davom ettir:
20 → 23 → 25 → ___
5-topshiriq. Bo‘sh katakni to‘ldir:
34 + ☐ = 40
6-topshiriq. Ikki xil usulda hi­sobla:
28 + 2 = ___
(Og‘zaki tushuntir.)
7-topshiriq. Sonlarni taqqosla:
24 + 3 ☐ 26
(>, < yoki =)
8-topshiriq. O‘zing misol tuz:
ikki xonali son + bir xonali son
Misol: __________________
9-topshiriq. Rasmli tasavvur qil:
32 sonida nechta o‘nlik va nechta birlik bor?
10-topshiriq. Quyidagi masa­lani yech: O‘quvchida 23 ta daf­tar bor edi. U yana 4 ta daftar oldi. O‘quvchida jami nechta daftar bo‘ldi?

1-savol: 23 + 4 = ?
A) 26
B) 27
C) 28
D) 25
2-savol: 35 + 5 = ?
A) 39
B) 40
C) 41
D) 38
3-savol: 27 sonida nechta o‘nlik bor?
A) 7
B) 1
C) 2
D) 9
4-savol: 46 + 3 = ?
A) 48 B) 49
C) 50 D) 47
5-savol: 34 + 6 = ?
A) 39 B) 41
C) 40 D) 38
6-savol. Qaysi misol to‘g‘ri?
A) 24 + 3 = 26
B) 24 + 3 = 28
C) 24 + 3 = 27
D) 24 + 3 = 25
7-savol. Zanjirni davom etti­ring:
20 → 23 → 25 → ?
A) 26
B) 27
C) 28
D) 29
8-savol. 29 soni nechta o‘nlik va birlikdan iborat?
A) 2 o‘nlik 9 birlik
B) 9 o‘nlik 2 birlik
C) 1 o‘nlik 9 birlik
D) 3 o‘nlik 9 birlik
9-savol. Ikki xonali sonni toping.
A) 7
B) 9
C) 12
D) 5
10-savol. Qaysi misolda qo‘shish bajarilgan?
A) 35 − 3
B) 40 − 5
C) 28 + 2
D) 30 − 2
Javoblar kaliti:
1 – B
2 – B
3 – C
4 – B
5 – C
6 – C
7 – B
8 – A
9 – C
10 – C
Murod XONAYEV,
Toshkent viloyati Qizil tog‘ qo‘rg‘oni 56-maktabning
boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi.

Fikr bildirish