ABU RAYHON BERUNIY – BUYUK AQL-ZAKOVAT SOHIBI

ABU RAYHON BERUNIY – BUYUK AQL-ZAKOVAT SOHIBI

ABU RAYHON BERUNIY – BUYUK AQL-ZAKOVAT SOHIBI

Assalom, ustozlar, aziz mehmonlar

Davramizda bugun ajib tantana.

Bobolar ruhin yod olib bu kun,

Qo‘limiz ko‘ksimizda, qilurmiz ta’zim!

Assalom, davramizning

Siz – aziz mehmonlari.

Assalom ilm-fanning,

Sohibu davronlari!

Bugun 4- «B» sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan «Abu Rayhon Beruniy – buyuk aql-zakovat sohibi» nomli tarbiyaviy soatimizga xush kelibsiz!

O‘qituvchi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning qaroriga ko‘ra, buyuk mutafakkir va qomusiy olim Аbu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligi YUNESKO shafeʼligida xalqaro miqyosda keng nishonlanmoqda.

Davlat rahbari qarorida, shuningdek, Аbu Rayhon Beruniyning ilmiy-maʼrifiy merosini dunyo miqyosida chuqur o‘rganish va ommalashtirishga ulkan hissa qo‘shgan kishilarni hamda ilmiy-ijodiy muassasalarni taqdirlash maqsadida Аbu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofotni taʼsis etish qayd etildi.

Bundan tashqari, «Beruniy va yoshlar» maxsus dasturi ishlab chiqilib, mutafakkir hayotiga oid maʼlumotlar, uning ilmiy-maʼrifiy asarlari jamlangan mobil ilova yaratiladi.

Qarorga ko‘ra, allomaning to‘liq asarlari turkumini o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, arab va fors tillarida nashr etish choralari ko‘riladi.

Prezident qaroriga muvofiq, Аbu Rayhon Beruniy yubileyiga bag‘ishlangan tadbirlarni tegishli xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, YUNESKO bilan hamkorlikda tashkil qilinadi. Xorijiy mamlakatlardagi Аbu Rayhon Beruniy yodgorlik majmualarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.

(O‘quvchilar bilan buyuk allomalarimiz to‘g‘risida savol javob o‘tkaziladi)

Bolajonlar sizlar buyuk allomalarimizdan kimlarni bilasizlar?

(Sohibqiron bobomiz – Amir Temur, g‘azal mulkining sultoni – Alisher Navoiy, shoh va shoir – Bobur, astronom va olim – Mirzo Ulug‘bek, buyuk tabib, olim – ibn Sino, hadisshunos – Al-Buxoriy, matematik – Al-Xorazmiy, faylasuf, matematik – Al-Forobiy, astronom, matematik Al-Farg‘oniy…)

(O‘quvchilar Beruniy haqida ma’lumot beradilar.)

Abu Rayhon Beruniy 973- yil 4- sentabrda Xorazm­ning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan.

U ota- onasidan juda yosh yetim qoladi va Iroqiylar xonadonida tarbiyalandi.

Abu Rayhon Beruniy yoshligidanoq arab, fors, yunon, sanskrit, yahudiy tillarini puxta o‘rgandi.

Birinchi ustozi Ibn Iroq unga Xorazmning turli shaharlaridagi madrasalarda va mashhur ustozlaridan ta’lim olishga yaqindan yordam bergan.

«Men bolalik chog‘imdanoq o‘z yoshim va sharoitimga qarab, imkoni boricha ko‘proq bilim olishga intildim. Biz turadigan joyga bir yunon ko‘chib kelgan edi. Men har xil donlar, urug‘lar, mevalar va hokazolarni olib borib, unga ko‘rsatar, bu narsalar uning tilida qanday atalishini so‘rab, nomini yozib qo‘yar edim», – deb yozgan edi Beruniy.

Abu Rayhon Beruniyning tabiiy-ilmiy va ma’rifiy-pe­dagogik hamda psixologik qarashlari shakllanishida qomusiy olimlardan Muhammad al-Xorazmiy (780–850), Abu Abbos Ahmad Farg‘oniy (IX asr), Marvoziy (IX asr), Javhariy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870–950), Abul Vafo Buzxoniy (840–938), Abu Said as-Sijiy (951–1024) hamda yunon olimlaridan Fales, Pifagor, Arximed, Galen, Gippokrat, Yevklid, Ptolemey, Platon, Aristotel, hind olimi Bramagupta va boshqalarning asarlari ta’lim va tarbiya maktabi vazifasini o‘tadi.

Astronomiya, astrologiya, falsafa, matematika, fizika, geodeziya, geologiya, farmakognoziya, mineralogiya, tarix, adabiyotshunoslik, tarjimonlik, lug‘atshunoslik kabi sohalarda tadqiqotlar olib borib, badiiy asarlar yaratib buyuk natijalarga erishadi.

U 17 yoshida ilk astronomik kuzatishlarni o‘tkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi.

«Beruniy» forscha «Berun» («tashqari») so‘zidan olingan bo‘lib, «shahar tashqarisida tug‘ilgan» degan ma’noni bildiradi. Olimning nomi ba’zi manbalarda esa Pokistonning Sind shtatidagi Berun shahri nomi bilan bog‘liq deyiladi. Abu Rayhon esa uning laqabi bo‘lib, arab tilida Abu Rayhon «marhamatli», «rahmdil» degan ma’nolarni ham bildiradi». «Berun» yoki «Birun» so‘zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi. Ba’zi manbalarda bu uning homiysi – xorazmlik Rayhona xonimning ismidan olingandir deyiladi. Bundan tashqari, uning gullar va o‘simliklarni sevib o‘rgangani, chakkasiga doim rayhon taqib yurganligi uchun «Rayhon» nomini olgan, degan taxminlar ham bor.

Abu Rayhon Beruniyning umri doimiy sayohat va bir shahardan ikkinchisiga ko‘chib yurib, tadqiqotlar o‘tkazish bilan o‘tgan.

1004- yilda Beruniy Xorazmning yangi hokimi ma’rifatparvar Abul Abbos Ma’mun chaqirig‘iga binoan yana vataniga qaytib kelgan.

Beruniy Xorazmga qaytgach, ilm ahlining qadriga yetuvchi podshoh Ma’mun yordamida Xorazm olimla­rini birlashtirib, «Ma’mun akademiyasi»ga asos solishda ishtirok etgan.

Ma’mun akadеmiyasida Abu Rayhоn Bеruniy bоshchiligida yеtuk оlimlar ko‘plab ilmiy va amaliy muammоlarni yеchib, jahоn fani rivоjiga ulkan hissa qo‘shdilar.

Ma’lumotlarda yozilishicha, Bеruniy turli ilmlarga dоir 156ta asar muallifi bo‘lib, shulardan bizgacha 30ga yaqini еtib kеlgan, хоlоs.

1997- yil Xorazm Ma’mun akademiyasi
qayta tashkil etildi

Beruniyning o‘sha davrda yaratgan kashfiyotlaridan biri — globusdir.

U Quyosh atrofida sayyoralar aylanishini, Yer esa ana shu sayyoralardan biri ekanligini aytadi.

U 1000 yil avval Yer shari o‘z o‘qi atrofida aylanishini birinchi bo‘lib aytgan shaxsdir. Zamonaviy o‘lchash uskunalari hali kashf qilinmasidan oldin yer atrofini o‘lchab, 99,7 foiz to‘g‘ri topgan.

Bеruniy arifmеtika, algеbra, gеоmеtriya va sоnlar nazariyasi tushunchalarini ham ma’lum tartib bilan ta’riflab bеrdi, trigоnоmеtriyani mustaqil fan darajasiga ko‘tardi. U o‘zining gеоgrafiyaga dоir tadqiqоtlarida yеtti iqlim bo‘yicha jоylashgan mamlakatlar, dеngiz va оrоllarning aniq kооrdinatalarini ko‘rsatib bеrdi, dunyo­ning eng mukammal хaritasini ishlab chiqdi.

O‘zi yaratgan astrоnоmik asbоblar yordamida Yer sharining o‘ziga xоs shakli – glоbusni kashf qildiki, bu insоniyat tariхida yaratilgan buyuk iхtirоlardan edi. U yunоn оlimlaridan farqli o‘larоq, Hind va Atlantik оkеanlarning tutashganini оriginal usulda isbоtlab, Xristоfоr Kоlumbdan bеsh yuz yil avval оkеan оrtida bizga nоma’lum bo‘lgan yirik qit’a – Amеrika qit’asi mavjudligini ilmiy bashоrat qildi. Bеruniy tariх, etnоgrafiya, til, adabiyot va tabоbat ilmlari sоhasida ham bоy mеrоs qоldirgan qоmusiy оlimdir.

1035–36- yillarda Beruniy oʻz ilmiy ishlarining roʻy­xatini tuzadi. Bunda shu vaqtgacha yozgan Kitob va risolalari 113taga yetgani koʻrsatilgan. Keyingi yozgan asarlarini ham qoʻshsak, u qoldirgan ilmiy meros 152 kitob va risoladan iborat. Uning asarlari mavzu jihatdan turli-tuman. Koʻpchilik asarlari oʻz zamonasida oʻziga xos bir ensiklopediya hisoblangan. Asarlarining 70tasi falakiyot, 20tasi riyoziyot, 12tasi geografiya va geodeziya, 3tasi maʼdanshunoslik, 4tasi xarita chizish, 3tasi iqlimshunoslik, biri fizika, biri dorishunoslik, 15tasi tarix va elshunoslik, 4tasi falsafa, 18tasi adabiyot va boshqa fanlarga oiddir.

Мashhur asarlaridan:

Beruniyning “Al asar al-baqiya”
asaridan. 16 ars qo‘lyozmasi

«Оsorul-boqiya anil – qurunil-xoliya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodorliklar»)

«Hindiston tarixi»

«Кitob as-saydana fit-tibb»

«Mas’ud qonuni»

«Тahdid nihoyot al-amoniya li tashidi masofat al-masokin» («Turar joylar оrasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash» yoki «Geodeziya»).

Buyuk olimning nomi bilan Oydagi kraterlardan biri va asteroidlardan biri (9936 al-Beruniy) atalgan.

Qomusiy olim 973-yilda tug‘ilgan, 1048-yilda, 75 yoshida vafot etgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Venadagi binosi oldida Sharqning to‘rt buyuk allomasi haykali mavjud. Bular – Аbu Аli ibn Sino, Umar Hayyom, Аbu Rayhon Beruniy va Zakariyo Аr-Roziy.

Yodgorlik sharqona usuldagi ayvon ko‘rinishida ishlangan bo‘lib, unda go‘yoki to‘rt ulug‘ allomaning suhbat qurayotgani aks etgan.

 

BERUNIY HIKMATLARI

  • Yaqin do‘sti bor kishi chinakam baxtiyor kishidir. U do‘st munosib hayot tarziga ega, yoqimli fazilatlar sohibi bo‘lishi lozim. Ana shunday chin do‘st har bir kishida bitta bo‘ladi. Bundan ortiq bo‘lmaydi.
  • Odam hamisha boshqalarga yaxshilik ko‘rsatishi ke­rak. Agar yaxshilik qilish imkoniga ega bo‘lmasa, yaxshi tilaklar izhor etsin.
  • Insonning qadr-qimmati o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishdan iborat: shuning uchun insonning eng asosiy vazifasi va o‘rni mehnat bilan belgilanadi, inson o‘z xohishiga mehnat tufayli erishadi.
  • Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan, odamni ko‘r qilib qo‘yadigan holatlardan, chunonchi, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko‘zlikni quli bo‘lishdan ozod bo‘lmog‘i darkor.
  • Bilimlilik orqali nodonlik ko‘tariladi, azob-uqubat bo‘lgan shak-shubha o‘rniga ilm natijasida aniqlik kiradi.
  • Bizning maqsadimiz o‘quvchi(talaba)ni toliqtirib qo‘ymaslikdir, hadeb bir narsani o‘qiy berish zerikarli bo‘ladi va toqatni toq qiladi. Agar o‘quvchi (talaba) bir masaladan boshqa bir masalaga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘-rog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi, bir bog‘dan o‘tar-o‘tmas, boshqa bog‘ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko‘rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bag‘ishlaydi, deb behuda aytilmagan.
  • Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi.
  • Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.
  • Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o‘ldirib tashlaydilar.
  • Minnat qilish berilgan ehsonni yo‘qqa chiqaradi.
  • Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi.
  • Ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandan afzalroqdir.

 

Nodira KARIMOVA,

V.Uspenskiy nomidagi RIMM

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Fikr bildirish