HUNAR – HUNARDAN UNAR
(2- sinf)
Dars maqsadlari:
ta’limiy: o‘quvchilarni kasb-hunar bilan tanishtirish, shahardagi o‘zgarishlar va yangiliklar haqidagi fikr-mulohazalarini boyitish;
tarbiyaviy: mehnatsevarlikka, jismoniy yetuk bo‘lishga, ona vatanni asrab-avaylashga o‘rgatish;
rivojlanturivchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqini oshirish. Mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
FK-1: o‘qilgan matnlar mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;
TK-3: mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, o‘zgalarga hurmat kabi sifatlarga ega bo‘lish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: ko‘rgazmali, suhbat, savol-javob, aqliy hujum.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar.
Darsning borishi:
- tashkiliy qism:
- a) salomlashish b) davomatni aniqlash
- d) ma’naviyat daqiqasini o‘tkazish
«Yurtim bo‘ylab sayohat» mavzusida suhbat o‘tkazish.
- e) ingliz tili daqiqasi: Ee [i:], Ff [ef], Gg [dzi:].
Ma’naviyat daqiqasida o‘quvchilar bilan Vatan to‘g‘risida savol-javob o‘tkaziladi.
- Biz qaysi yurtda yashaymiz? – O‘zbekistonda.
- O‘zbekistonning poytaxti qayer? – Toshkent.
- O‘zbekistonning prezidenti kim? Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.
- Biz yashayotgan viloyatning nomi nima? – _____________
II. O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash.
O‘tgan mavzu asosida savol-javob o‘tkazish.
III. Yangi mavzu bayoni. Rasmlarga qarang. Hunarmandlar nima ish bilan shug‘ullanyapti?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
- Hunarning yana qanday turlarini bilasiz?
- Siz yashaydigan mahalla yoki ko‘chada hunarmandlar bormi?
- Hunarmandlar yasagan buyumlarning nomini bilasizmi?
- Uyingizda qanday hunarmandchilik buyumlari bor?
Tarmoqlash metodi
V. Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa: Kelgusi darsga tayyorlanib kelish.
Nodira AVAZOVA,
Xorazm viloyati
Bog‘ot tumanidagi
19- maktabning boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi.