HUNAR – HUNARDAN UNAR

HUNAR – HUNARDAN UNAR

HUNAR – HUNARDAN UNAR

(2- sinf)

 

Dars maqsadlari:

ta’limiy: o‘quvchilarni kasb-hunar bilan tanishtirish, shahardagi o‘zgarishlar va yangiliklar haqidagi fikr-mulohazalarini boyitish;

tarbiyaviy: mehnatsevarlikka, jismoniy yetuk bo‘lishga, ona vatanni asrab-avaylashga o‘rgatish;

rivojlanturivchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqini ­oshirish. Mustaqil fikrlashga o‘rgatish.

FK-1: o‘qilgan matnlar mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;

TK-3: mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, o‘zgalarga hurmat kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi.

Dars metodi: ko‘rgazmali, suhbat, savol-javob, aqliy hujum.

Dars jihozi:  mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar.

Darsning borishi:

  1. tashkiliy qism:
  2. a) salomlashish b) davomatni aniqlash
  3. d) ma’naviyat daqiqasini o‘tkazish

«Yurtim bo‘ylab sayohat» mavzusida suhbat o‘tkazish.

  1. e) ingliz tili daqiqasi: Ee [i:], Ff [ef], Gg [dzi:].

Ma’naviyat daqiqasida o‘quvchilar bilan Vatan to‘g‘risida  savol-javob  o‘tkaziladi.

  1. Biz qaysi yurtda yashaymiz? – O‘zbekistonda.
  2. O‘zbekistonning poytaxti qayer? – Toshkent.
  3. O‘zbekistonning prezidenti kim? Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.
  4. Biz yashayotgan viloyatning nomi  nima? – _____________

 II. O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash.

O‘tgan mavzu asosida savol-javob o‘tkazish.

 

III. Yangi mavzu bayoni. Rasmlarga qarang. Hunarmandlar nima ish bilan shug‘ullanyapti?

 

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  1. Hunarning yana qanday turlarini bilasiz?
  2. Siz yashaydigan mahalla yoki ko‘chada hunarmandlar bormi?
  3. Hunarmandlar yasagan buyumlarning nomini bilasizmi?
  4. Uyingizda qanday hunarmandchilik buyumlari bor?

Tarmoqlash metodi

 V. Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa: Kelgusi darsga tayyorlanib kelish.

 Nodira AVAZOVA,

Xorazm viloyati

Bog‘ot  tumanidagi
19- maktabning boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi.

Fikr bildirish