BOSH HARF.  JOY NOMLARINI  BILDIRADIGAN SO‘ZLAR

BOSH HARF. JOY NOMLARINI BILDIRADIGAN SO‘ZLAR

BOSH HARF. JOY NOMLARINI BILDIRADIGAN SO‘ZLAR

(1- sinf)

Darsning maqsadi:

ta’limiy: o‘quvchilarni o‘tilgan mavzu bilimlarini mustahkamlash va yangi mavzu bo‘yicha bilim berish ona tili­dagi qoidalar va to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularga nutq ravonligi haqida ma’lumot berish;

tarbiyaviy: oʻquvchilarda berilgan rasmlar hamda savollar ustida ishlash orqali vatanga muhabbat hissini uygʻotish;

rivojlantiruvchi: ogʻzaki nutq koʻnikmalarini rivoj­lantirish, mavzu doirasida lugʻat boyligi hamda yozma savodxonligini oshirish.

Milliy oʻquv dasturidagi malaka talablari bilan mosligi:

Ogʻzaki nutq: kichiklar, tengdoshlari va kattalar bilan suhbat hamda muhokama jarayonida muloqot odobiga(bir-birini hurmat qilish, so‘zga chiqishni hurmat bilan so‘rash, mavzu yoki matn yuzasidan navbat bilan gapirish) rioya qiladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi.

Yozma nutq: fikr ifodalashda nuqta, vergul, so‘roq hamda undov belgilarini to‘gʻri qo‘llay oladi; o‘zi hamda oila a’zolarining shaxsiy ma’lumotlarini(ismi, familiyasi, manzili) yoza oladi.

Tinglab tushunish: birinchi sinf darajasiga mos matnlarda voqea-hodisa, shaxs, narsa yoki joy haqidagi ma’lumotlar so‘zlovchi tomonidan ochiq ifodalanganda savollarga javob bera oladi; sinf darajasiga mos badiiy yoki informativ matnni tinglash jarayonida voqea-hodisa sodir bo‘layotgan makon hamda zamon haqida taxmin qila oladi, taxminlarini asoslab bera oladi.

Lingvistik kompetensiya: tovushlarni taniydi, ularni harflarga moslashtira oladi, tovushlarni qo‘shib so‘z hosil qila oladi, tovushlar joylashuvini o‘zgartirib yoki tovushni olib tashlab yangi so‘z hosil qila oladi; bo‘gʻinlarni taniy­di, ularni qo‘shib so‘zlarni talaffuz qila oladi, bo‘gʻinlarni birlashtirib, joylashuvini o‘zgartirib yoki bo‘gʻinni olib tashlab yangi so‘z hosil qila oladi.

Dars metodi: savol-javob, tushuntirish.

Dars jihozi: mavzuga oid ko‘rgazma, tarqatmalar, kitob.

Darsning borishi.

Tashkiliy qism.

Sinf tozaligi, o‘quvchilar bilan salomlashish:

Salom, aziz bolalarim,           Ona yurt egasisiz,

Gulu rayhon lolalarim.           Istiqlol ertasisiz,

Qani, tinglang so‘zlarim,        Bo‘ling aql-u rasolar,

Jajji o‘g‘il-qizlarim.                 Ham bilimdon, donolar.

II. O‘tgan mavzuni mustahkamlash.

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari tekshiriladi, savollar orqali uyga berilgan vazifa so‘ralib, o‘quvchilar baholanadi.

4- mashq. Namunada berilgani kabi oʻz yashash manzilingizni yozing.

Namuna:

Men, Rahimov Dilshodbek Alisher o‘g‘li O‘zbekis­ton Respublikasi Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Nishabariq mahallasi, 9- Dadil tor ko‘chasi, 14- uyda yashayman.

Olmaxonga joy nomlari yozilgan yong‘oqlarni ajratib olishda yordam bering.

III. Yangi mavzu bayoni:

1- mashq. Joy nomlarini davom ettiring.

Shaharlar: Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Nukus, Qo‘qon.

Daryolar: Amudaryo, Sirdaryo.

Koʻchalar: Istiqlol, Baxt, Do‘stlik.

2- mashq. Matnni oʻqing.

Men yozni buvimnikida – To‘raqo‘rg‘on qishlogʻida oʻtkazdim. Har kuni Kosonsoy daryosida choʻmildim. Amakim Chortoq qishlogʻida yashaydi. Biz qishki ta’tilni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida oʻtkazdik. U yerdan So‘x daryosi va Jonobod kanali oqib oʻtadi.

Nima uchun ajratib ko‘rsatilgan soʻzlar bosh harf bilan yozilgan?

Dam olish daqiqasi

Ushbu o‘yinni barcha o‘quvchilar alohida qiziqish bilan o‘ynashadi. Ba’zan katta yoshdagi o‘quvchilar orasida o‘tkazilganda ham yaxshi natija beradi. Hatto maktab o‘qituvchilari bu o‘yinni mas’uliyat bilan bajarishadi. Bolalar uni bajarish davomida mavhum fikrlaydilar. Ilgaridan o‘rgangan so‘zlarini xotiralarida qayta tiklab, ikki so‘z uchun umumiy bo‘lgan bo‘g‘inni aniqlashadi. O‘yinni o‘tkazishda «Bo‘g‘inlar zanjiri» o‘yinidan foydalansa bo‘ladi.
O‘yindan namuna

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Bajarilish yuzasidan ko‘rsatma beriladi. Doskada va mustaqil bajariladi. Mavzu yuzasidan o‘quvchilarga tarqatmalar berilib, savol-javoblar o‘tkaziladi.
2- mashq. Jonivorlarga atab nom qoʻying va yozing.
V. O‘quvchilarni rag‘batlantirish. Darsni yakunlash.
VI. Uyga vazifa:
Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘bat kartochkalari bilan rag‘batlantiriladi.

3- mashq. Oʻqing. Nuqtalar oʻrniga joy nomlaridan mosini qoʻyib, gaplarni koʻchiring.
Akmal Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashaydi. Asaka shahridagi avtomobil zavodida Lasetti, Malibu, Spark avtomashinalari ishlab chiqariladi.
Toshkent viloyatida Chorvoq suv ombori bor. Toshkent shahrida joylashgan mamlakatimizning bosh maydoni Mustaqillik maydoni deb ataladi.
Mustaqillik Asaka Chorvoq Chilonzor

Munojat ABDUXAPAROVA,
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi
17- maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Fikr bildirish