Ustozlar tajribasi
TEXNOLOGIYA VA TASVIRIY SAN’AT DARSLARINING O‘QITISH USULLARI
Boshlang‘ich sinf amaliy fanlar darslarida qo‘llaniladigan ba’zi zamonaviy metodlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
«Tomchi nega xafa» metodi
Metodni qo‘llash uchun o‘qituvchi avvaldan suv tomchisining rasmini kattaroq qog‘ozning o‘rtasiga yopishtirib tayyorlab olgan bo‘ladi. Keyin o‘quvchilar jamoalarga yoki partadoshi bilan ham bo‘lingan holatda qatnashadilar. Ular har xil kichik shakllari(bunda suvning ifloslanishiga sabab bo‘luvchi omillar va suvni asrash tasvirlangan rasmlardan foydalanish mumkin) beriladi. Boshlang‘ich sinf amaliy darslar, masalan, tasviriy san’at 3- sinf «Suvosti dunyosi» mavzusida ushbu metodni qo‘llash mumkin. Bu darsda o‘quvchilarga suvosti dunyosi haqida ma’lumotlar beriladi. Dengiz va okeanlarda yashovchi jonzotlar va ularning hayoti tushuntiriladi. «Tomchi nega xafa» metodi o‘quvchilar «4K» modelining Kollaboratsiya – jamoaviy ishlash bo‘limida ishlaydilar va rasmlar orasidan ekologik muammolarga sabab bo‘layotgan rasmlarni tanlab, suv tomchisi atrofiga yopishtirib chiqadilar. Guruhlardan vakillar chiqib metodni oxirgi bosqichida yopishtirilgan rasmlarni izohlab berishlari kerak bo‘ladi. Suv tomchisi bizdan qachon xafa bo‘ladi-yu, qanday ishlar qilsak xursand bo‘ladi?
1- rasm.
2- rasm.
3-rasm
3-sinf «Tasviriy san’at» darsligi. «Novda» nashriyoti,Toshkent–2023.
Mavzu: Suvosti dunyosi (48- bet).
Kollaboratsiya
Ushbu metodni 4- sinf tasviriy san’at darslarida qo‘llash maqsadga muvofiq. Sulola yoki oila shiori noyob bo‘lishi kerak. Bu metod orqali oiladagi milliy qadriyatlar, oila hamjihatligini, shu bilan birga dars o‘tayotgan sinfdagi o‘quvchining oilaviy muhitini va bolaning ruhiyatini aniqlash mumkin. Masalan, oila timsoli quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin. Bu ish faoliyatimda sinovdan o‘tgan. 4- sinf tasviriy san’at «Oilaviy qadriyatlarni oshirish» bo‘limidagi, «Oila gerbi» mavzusida foydalanish mumkin. Sinf doskasiga namuna uchun quyidagi suratlardan ilib qo‘yiladi.
4- rasm.
5- rasm.
Bu rasmlarga o‘qituvchi tomonidan izoh beriladi va o‘quvchilar ushbu metoddan foydalanib, kreativ yondashib «Oila timsoli»ni yaratadilar.
6- rasm.
Daraxt – oila boshlig‘i ota
Shoxlari – ona
Barglari – farzandlar
«Keys stadi» («Keys study») texnologiyasi
Ushbu texnologiya hozirda ta’lim sohasida keng foydalaniladi.
VAZIYAT: 2- sinf texnologiya fanida «Oltin kuz» mavzusida o‘quvchilarga muammoli vaziyat topshirig‘i berildi. «Yerga to‘kilgan barglarni nima qilish mumkin?» mavzusida uyga vazifa beriladi. Bolalar bunga uyda yechim topish kerak.
1- o‘quvchi: Barglarni to‘plab yoqib yuborish kerak deb o‘ylaydi.
2- o‘quvchi: Barglarni yig‘ib, yerga ko‘mish kerakligini aytdi.
3- o‘quvchi: To‘kilgan barglardan bir nechta chiroyli kompozitsiyalar (ona tasviri, tipratikan) yaratib keldi.
O‘qituvchi har uchala vaziyatni ham o‘rganib chiqib, o‘quvchilarning fikrlarini o‘rganib, keysni yechadi.
1- o‘quvchi noto‘g‘ri yo‘nalishdan ketganligini tushuntiradi.
2- o‘quvchi fikri to‘g‘ri ekanligi aytiladi.
3- o‘quvchini yaratgan ishi va tanlagan yo‘li eng maqbul ekanligi aytib o‘tiladi. «Oltin kuz» mavzusiga mos keladi, bunda tabiiy chiqindilardan, barglardan chiroyli narsalar yasash, yaratish mumkinligini isbotlab berdi va o‘qituvchi butun sinf o‘quvchilariga ham 2- va 3- vaziyat eng to‘g‘ri yo‘l ekanligi tushuntirildi.
7- rasm.
8- rasm.
Hozirgi o‘quv dasturiga ko‘ra, amaliy fanlar o‘quv rejalarida loyiha ishi va ijodiy ishlar keng berib borilmoqda. Amaliy ishlarga 3- sinf tasviriy san’at darsligining «Kuz jilvalari» mavzusiga «Ijodkorlik ishi» metodini qo‘llash mumkin.
Qo‘llanishi. Sinf 3 guruhga bo‘linadi.
1- guruh: «Kuz jilvalari». Ushbu guruh a’zolari kuz fasli haqida matn tuzadilar.
2- guruh: «Kuz tasviri». Bu guruh a’zolari esa kuz fasli haqida rasm ishlaydilar.
3- guruh: plastilindan «Kuz mevalari»ni yasaydilar.
XULOSA. Ushbu «Ijodkorlik ishi» loyihasini boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’at, texnologiya darslarida mavzulardan kelib chiqib qo‘llash mumkin.
Maxorat ALIMOVA,
Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 2- IDUMning
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.