UZUNLIK VA UNING O‘LCHOV BIRLIGI – SANTIMETR

UZUNLIK VA UNING O‘LCHOV BIRLIGI – SANTIMETR

Matematika

UZUNLIK VA UNING O‘LCHOV BIRLIGI – SANTIMETR

(1- sinf)

Darsning maqsadi:

ta’limiy: o‘quvchilarni uzunlik o‘lchov birliklari va santimetr bilan tanishtirish, narsalarning uzunligini kesma yordamida santimetrlarda o‘lchashni o‘rgatish;

tarbiyaviy: o‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish, o‘zaro hurmat, muomala madaniyatini shakllantirish;

rivojlantiruvchi: matematik nutqni va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: «Refleksiya» mashqi – «Quvvatlan» o‘yini, «Innovation convert», «Decoder» metodi, «Matematik shashka» ta’limiy o‘yini, savol-javob, suhbat.

Darsning jihozi: Darslik, tarqatma materiallar, chizg‘ich, ko‘rgazmali qurollar, Akt, rag‘bat kartochkalari.

Darsning borishi.

  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga tayyorlash.

Sinf axborotini eshitish.

O‘quvchilarni guruhlarga ajratish va nom berish.

Dars shiori:

Har ishda afzaldir bilim orttirish.

Bilim orttirmoqqa astoydil kirish.

Rag‘bat kartochkasi – bunda har bir guruhga telefon shablonlari tarqatiladi. Shablonning ichida yulduzchalar bor. Har bir guruh to‘g‘ri bajarganiga qarab yulduzchalarini bo‘yab borishadi.

Yashil yulduzcha – 5 ball.

Ko‘k yulduzcha – 4 ball.

Qizil yulduzcha – 3 ball.

 

Oxirida yig‘ilgan ballar qo‘shib hisoblanadi.

Refleksiya mashqi – bu «Quvvatlan» o‘yini.

Bu o‘yin orqali o‘quvchilarning darsga  qiziqishini yanada orttirish mumkin.

Kayfiyati yo‘q, tushkun holatda o‘tirgan o‘quvchilarga «1- ustundagi qo‘lchaga qo‘lingizni qo‘yib, quvvatingizni to‘ldiring», deymiz.

Hali darsga diqqat qilmay o‘tirgan o‘quvchilarga esa, 2- ustundagi qo‘lchaga qo‘lini qo‘yib quvvatlanib olishi aytiladi.

Darsga xalaqit berib, boshqalarni chalg‘itib yoki ko‘p gaplashib o‘tirgan o‘quvchilarga esa 3- ustundagi qo‘lchaga qo‘lini qo‘yib, quvvatini to‘ldirib olishni aytib o‘tamiz.

II. O‘tilgan mavzuni takrorlash.

O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun «Innovation convert» metodidan foydalaniladi.

Har bir guruhga 3 xil rangdagi konvertlar ko‘rsatiladi. Har bir guruh o‘zi yoqtirgan rangdagi konvertni tanlab oladi va konvert ichida yozilgan misollarni tezlik bilan bajarishlari aytiladi. Eng tez bajargan guruh rag‘batlantiriladi.

«INNOVATION KONVERT» metodi

III. Yangi mavzu bayoni.

 Yangi mavzuning nomi nima ekanligini bilish uchun o‘quvchilar bilan «Dekoder» («Decoder») metodidan foydalaniladi. Buning uchun mavzudagi harflar raqamlangan bo‘ladi va o‘quvchilar raqamlar orqali harflarni topib chiqadilar. So‘ng mavzuni birgalikda o‘qiydilar.

«DEKODER» metodi

Aziz bolajonlar, ko‘rib turganingizdek bugun biz uzun­lik birliklaridan santimetr haqida gaplashamiz. Uzun­lik o‘lchov belgisi santimetr qisqacha «cm» bilan belgilanadi. Chizg‘ichlar turlicha o‘lchamda bo‘ladi. Masalan, 20 cm gacha, 25 cm gacha va h.k.

Rasmda ko‘rsatilgan chizg‘ichda 0 dan 1 gacha bo‘lgan uzunlik bu – 1 cmga teng. 1 сm esa 10 mm (millimeter) ga teng ekanligi tushuntirib o‘tiladi.

Legoning uzunligi necha cm ga teng?  – 10 cm

Ko‘k rangdagi legoning uzunligi necha cm ga teng? – 1 cm

Yashil rangdagi qalampir – ? cm

Qizil rangdagi qalampir – ? cm

Eng uzun qalampir qaysi?

Eng qisqa qalampir qaysi?

Qizil qalampir yashil rangli qalampirdan necha cm ga uzun?

Yashil rangdagi qalampir qizil rangli qalampirdan necha cm ga qisqa?

O‘quvchilarga chizg‘ichning ba’zi raqamlari tushirib qoldirilgan tarqatmalar beriladi. O‘quvchilar tushib qolgan raqamlarni yozib chiqishadi. Bular qanday sonlar ekanligi so‘raladi. «Toq» son ekanligini aytishadi. «Toq» sonlarning qoidasini eslab o‘tishadi.

IV. Mavzuni mustahkamlash.

Bunda «Matematik shashka» o‘yinidan foydalanamiz. O‘quvchilarga shashkalarning maketi tarqatib chiqiladi. Ushbu «cm» ga doir topshiriqlarni o‘quvchilarga «mm» ga aylantirib aytish topshiriladi, ayta olmagan o‘quvchi o‘yinda ishtirok eta olmaydi va yutqazadi.

«MATEMATIK SHASHKA» oyini

O‘quvchilarning jismoniy tarbiya darsiga qiziqishi juda katta. Matematik darslarida o‘tiladigan «shashka» o‘yini har bir qoidani eslab qolishlari uchun imkon yaratadi. Chunki bolalar har bir yuradigan donachasi­ning javobini aytmagunicha o‘yinni davom ettira olmaydi. Bu metod aqlni charxlaydi, shuningdek, darsga qizi­qishini orttirib sport bilan ham shug‘ullanadi.

V. Baholash va rag‘batlantirish.

Oxirida qaysi guruh rag‘bat kartochkasida ko‘proq ball to‘plagan bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib hisoblanadi.

VI. Uyga vazifa berish.

 

Guli OLLAQULIYEVA,

Toshkent shahridagi

277- IDUMning

 boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

 

 

Fikr bildirish