«Do‘stingni top!» metodi
1. Konvertga savol va javoblar yozilgan kartochkalar aralash qilib solinadi.
2. Sinfda 30 ta o‘quvchi bo‘lsa, demak, 30 dona kartochkalar bo‘ladi: 15 ta savol, 15 ta javob.
3. Sinfdagi har bir o‘quvchi ko‘rmagan holda kartochkalarni tortadilar.
4. Dastlab, savol tushgan o‘quvchilar uni uychaga yopishtiradilar, javobi qaysi o‘quvchida bo‘lsa, o‘sha do‘sti javobni uning to‘g‘risiga yopishtirishi kerak bo‘ladi.
Bu metod o‘quvchini fanga qiziqtirib, tezkor harakat qilishga undaydi.
Savol va javob orqali birlashgan o‘quvchilarni 1 guruh qilib, keyingi mashqni bajartirish mumkin.
Ushbu metodni You tube ijtimoiy tarmog‘ida quyidagi havola yordamida ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/Mrs4Fux8sj0?si=4XdpU514XGdmX28M
«Toj» metodi
• Bu metodda o‘quvchi boshiga mavzuga oid atama yozilgan toj kiydiriladi.
• Atamaga qarab o‘qituvchi yoki o‘quvchilar navbatma-navbat izoh bera boshlaydi.
• 1 ta izoh bilan o‘quvchi topsa 5 ball, 2 ta izoh bilan topsa 4 ball, 3 ta izoh bilan topsa 3 ball qo‘yiladi. 1 ta atamaga 1 ta o‘quvchi chiqadi.
Bu metod o‘quvchini fanga nisbatan qiziqishini oshirib yakkama-yakka harakat qilishga undaydi. Zerikarli darsning oldini oladi.
«Narvoncha» metodi
O‘yin topshirig‘i: «Narvoncha»dan boshqalarga nisbatan tezroq yugurib tushishga intilish, buning uchun bir necha misolni tezroq yechish.
O‘qituvchi uyga berilgan topshiriqni tekshirib bo‘lganidan keyin: «Bolalar, hozir men zinalar chizaman. Eng yuqoridagi pog‘onaga 1 sonini, ikkinchisiga +2, uchinchisiga +3 va hokazo yozuvlarini yozib qo‘yaman. Raqamlarning pog‘onalarda qanday joylashganini yaxshilab ко‘rib oling va natijani mustaqil toning. 1- va 2- pog‘onadagi sonlarni qo‘shganingizdan keyin navbatdagi pog‘onaga o‘tavering. Qani, «Narvoncha»dan kim birinchi bo‘lib tushadi?», – deydi.
Oradan 2 daqiqa o‘tgach, bir necha o‘quvchi javob berish uchun qo‘l ko‘taradi.
O‘qituvchi bolalarning hamma javoblarini (jumladan, noto‘g‘ri javoblarini ham) yozib boradi. So‘ngra butun sinf ovoz chiqarib «Narvoncha» masalasini yechishga o‘tadi.
O‘qituvchi g‘olib chiqqan bolalarni maqtab qo‘yadi, yana bitta «Narvoncha» chizib, uning yuzasidan beriladigan javob tez va aniq bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.
Ushbu metodni You tube ijtimoiy tarmog‘ida quyidagi havola yordamida ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/cudLPRtd5VY?si=b3N_CLyaVFAJXOO2
Dilfuza Mirmaxsudova,
Qibray tumanidagi 2- maktabning
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.