Telegramdan tezkor xabarlar
Ayni kunlarda poytaxtimiz davlat maktab ta’lim tashkilotlari pedagoglarini yangi dasturlar bilan ishlashga o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari davom etmoqda.
Bugun Yashnobod tumanidagi 240- sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mentor-pedagog Umida Po‘latova tomonidan «Bolalarning kognitiv, ijtimoiy-emotsional va jismoniy rivojlanishini ta’minlashda «Bigeye tots» dasturining mazmuni va amaliy qo‘llanilishi» mavzusida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Uch kunlik mazkur o‘quv kursida tumandagi 22 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor va direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishmoqda.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati.
Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 218- sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari «Qaldirg‘och» yozgi bolalar sport-sog‘lomlashtirish maydonchalarida har bir daqiqani mazmunli va maroqli o‘tkazishmoqda.
Mazkur maskanda pedagoglar tomonidan olib borilayotgan turli fan, kopyuter savodxonligi, tasviriy san’at, taekvondo, futbol, shaxmat, shashka, ingliz tili kabi to‘garaklar mashg‘ulotlarida o‘quvchilar faol ishtirok etishyapti.
Toshkent shahar MMTB
Axborot xizmati.