XALQARO SERTIFIKATLAR SARI QADAM
Mirobod tumani 31-maktabda “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida xalqaro til sertifikatlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchilarga IELTS, TOEFL, TOPIK va HSK kabi xalqaro imtihonlar haqida ma’lumot berildi.
Ushbu loyiha yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni xalqaro darajadagi bilim va ko‘nikmalarga tayyorlashga qaratilgan. Tadbir davomida turli chiqishlar, tanishtiruvlar va motivatsion suhbatlar tashkil etildi.

31-maktab o‘quvchilari uchun bu tadbir katta ilhom va yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Ruxsora Zoirova,
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro jurnalistika fakulteti 3-kurs talabasi.
