XALQARO G‘ALABA MUBORAK!

XALQARO G‘ALABA MUBORAK!

XALQARO G‘ALABA MUBORAK!

Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib o‘tgan “IQ LAND” xalqaro olimpiadasida Xorazm viloyati sharafini himoya qilgan yosh bilimdon o‘quvchi katta yutuqqa erishdi.

Ingliz tili fanidan 2-sinflar o‘rtasidagi bellashuvda Orifjon Alimjonov barcha ishtirokchilar orasida yuqori natija ko‘rsatib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu quvonchli yutuq bilan Orifjonni, uning ustozasi Shalola Palyazovani hamda farzandining bilim olishi va rivojiga doimo ko‘mak berib kelayotgan ota-onasini chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Bunday yutuqlar yoshlarimizning bilimga bo‘lgan intilishi, ustozlarning fidokorona mehnati va ta’lim sohasidagi ijobiy o‘zgarishlarning yorqin namunasidir.

Orifjonga kelgusida ham ulkan zafarlar, yangi g‘alabalar va porloq kelajak tilaymiz!

Fikr bildirish