KELAJAK KASBLARI SARI YO‘L: XALQARO KONFERENSIYA O‘TKAZILDI
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi
2026-yil 25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan “Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyada ta’lim sohasi mutaxassislari, olimlar, pedagoglar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va mehnat bozori ehtiyojlari asosida kasb tanlashiga ko‘maklashish, zamonaviy kasblarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro tajribalar o‘rganilib, maktablarda kasbiy yo‘naltirish ishlarini rivojlantirish, ta’lim va mehnat bozori hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Konferensiya yakunida o‘quvchilarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va kelajak kasblariga tayyorlashga qaratilgan amaliy takliflar belgilab olindi.
