“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 ming nafardan ortiq oʻquvchi xorijiy til boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 ming nafardan ortiq oʻquvchi xorijiy til boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻldi

“KELAJAK UCHUN XORIJIY TIL” LOYIHASI DOIRASIDA 10 MING NAFARDAN ORTIQ OʻQUVCHI XORIJIY TIL BOʻYICHA MILLIY SERTIFIKATGA EGA BOʻLDI

Xabaringiz bor, 2025-yil dekabr oyidan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi barcha umumtaʼlim maktablarida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi yoʻlga qoʻyilgan edi.

➖  “Toshkent tajribasi” sifatida 2025-2026-oʻquv yilida boshlangan mazkur loyiha doirasida poytaxtimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan 40 ming nafarga yaqin 11-sinf oʻquvchilarining xorijiy til boʻyicha bilim va malakalari oshirildi.

Xususan, oʻquvchilarning til bilish darajalarini aniqlash maqsadida MOCK imtihonlari oʻtkazildi. Shundan soʻng, sinovlar natijalari tahlil qilinib, oʻquvchilar turli darajalardagi guruhlarga ajratildi va xorijiy mutaxassislar ishtirokida bepul mashgʻulotlar tashkil etildi.

🔹 Shu bilan birga, Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda mazkur oʻquvchilar xorijiy tillarni oʻrganish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikat sinovlaridan oʻtkazildi.

➖ Natijada Toshkent shahridagi 10 106 nafar 11-sinf oʻquvchisi (ingliz tili boʻyicha) B1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

👉 Maʼlumot uchun: 2025-yil dekabr oyida xorijiy til sertifikatlariga ega oʻquvchilar soni 2 970 nafar boʻlgan boʻlsa, 2026-yil 1-iyul holatiga koʻra, ularning soni 17 515 nafarga yetdi (qariyb 6 barobar koʻp).

🔴 Shu oʻrinda aytish lozimki, 2025-2026-oʻquv yili davomida Respublikamiz boʻyicha 1 518 nafar xorijiy til mutaxassislari jalb etilgan boʻlsa, yangi oʻquv yilidan boshlab ularning sonini 2 000 nafardan oshirish rejalashtirilgan.

👉 Maʼlumot uchun: Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2026-2027-oʻquv yili uchun chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar soni 125 354 nafarni tashkil etmoqda.

Oliy va kasbiy taʻlim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan hamda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega qariyb
13 ming nafarga yaqin abituriyentlar esa test sinovlaridan ozod qilindi.

Fikr bildirish