MATEMATIKA — AQL GIMNASTIKASI

MATEMATIKA — AQL GIMNASTIKASI

MATEMATIKA — AQL GIMNASTIKASI

4- sinf

O‘qituvchi: – Assalomu alaykum, aziz ustozlar va o‘quvchilar! Bugun «Matematika – aql gimnastikasi» nomi ostida matematika kechasini o‘tkazmoqdamiz.
Shiorimiz: «Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo‘lingiz ogoh».
O‘qituvchi: – Bolajonlar, ushbu so‘zlar muallifi kim?
O‘quvchilar: Qori Niyoziy.
O‘qituvchi: – Bugun o‘quvchilarimiz 3 guruhga bo‘lingan holda iqtidorlarini namoyish etishadi.
1- guruhimiz – «Al-Xorazmiy».
2- guruhimiz – «Abu Nasr Farobiy».
3- guruhimiz – «Abu Rayhon Beruniy».
Matematika kechamiz bir necha shartlar asosida o‘tkaziladi. Shartlar 5 ballik tizimda baholanib boriladi. Asosiy maqsadimiz matematika fanidagi ma’lumotlari­mizni boyitib, aqlimizni charxlash.
I shart. «Tanishuv». Har bir guruh o‘z nomlarini ta­rixiy faktlar asosida izohlab berishadi.
II shart. «Meni top» deb nomlanadi va 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1- bosqich. Har bir guruhdan 3 tadan o‘quvchi chiqib, ustoz tomonidan berilgan raqamlar yashirilgan she’riy topishmoqlarni aytishadi va qolgan ishtirokchilar javobini topadi. Topilgandan so‘ng raqam ko‘rsatiladi va topgan guruhga ball beriladi. 2- bosqich. Keyin esa raqam­lar o‘z o‘rinlarini o‘zgartirib, bir necha xonali sonlar hosil qilishadi. Bunda raqamlarni ushlab turgan o‘quvchilarga ustoz tomonidan ko‘p xonali son yozilgan kartochka ko‘rsatiladi va guruhlar hosil bo‘lgan sonlarni aytishi kerak bo‘ladi. Birinchi bo‘lib to‘g‘ri topgan guruhga ball beriladi.
Sonlar: 25 697, 807 196, 4 570 198.
III shart. «Mantiqiy misol». Elektron doskada namo­yish etiladi hamda har bir guruhga qog‘oz variantida ham tarqatiladi.
O‘qituvchi: – Diqqat, o‘quvchilar! Berilgan predmetlar o‘rniga mos sonlarni qo‘ying va misollarni hisoblang.

17+17+17=51
8+8+17=33
8+6+6=20
4∙20+18=98
IV shart. «Qirg‘oqqa yetib ol!». Ushbu shartimizda sardorlarimiz bellashadi. Tezkor savol tarzida elektron doskada bajariladi.
Eslatma! Bu o‘yin www.educaplay.com sayti orqali tuzildi. Ushbu saytda turli ko‘rinishdagi onlayn ta’limiy o‘yinlar shablonlari keltirilgan. Juda foydali platforma.

Savollar:
1. 1 km necha metrga teng?
2. 1 dm necha santimetrga teng?
3. S (masofa)ning formulasi?
4. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini hisoblash formulasi?
5. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini topish formulasi?
6. 80ni 2 ga bo‘lib, 10 ga ko‘paytirsak?
7. Eng katta 3 xonali son?
8. Eng kichik 3 xonali son?
9. 100 ni 3 ko‘paytirib, 6 ga bo‘lsak?
10. 1 ta tuxum 9 daqiqa qaynaydi. 6 ta tuxum necha daqiqa qaynashi mumkin?
V shart. «Filvord».
Bunda o‘quvchilarga matematikaga oid 13 ta atama berilgan tarqatma tarqatiladi. Vazifa: atamalarni tezlikda topish va belgilash.


Javoblar: santimetr, vaqt, masofa, tezlik, son, gektar, masala, nur, nur, chiziq, vertikal, raqam, toq, juft.
VI shart. «Mo‘jizalar maydoni».
Bu shartda matematikaga oid savol o‘qib eshittiriladi. Elektron doskada bo‘sh kataklar ortida harflar yashirilgan bo‘ladi (Ushbu topshiriq PowerPoint dasturida amalga oshiriladi). Savolga javob topishda har bir guruh javobga mos keluvchi harflarni aytishadi. To‘g‘ri topilgan harf elektron doskada namo­yon bo‘ladi. Bitta to‘g‘ri topilgan harf uchun guruhga ball berib boriladi. Navbatma-navbat guruhlar o‘z variantlaridagi harflarni aytib borishadi. Qaysi guruh javobni oxirida topsa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi.
Savol: Qadimgi bir buyuk matematik tez-tez sport musobaqlarida qatnashgan. Olimpiada o‘yinlarida u mushtlashgan jangda g‘alaba qozongani uchun dafna gulchambari bilan toj kiygan. U 4 marta Olimpia chempio­ni unvonini qo‘lga kiritgan. U kim?

Shartlar davomida olingan ballar hisoblanadi va g‘oliblar e’lon qilanadi.
O‘qituvchi: – Bugungi matematika kechamizga kelgan mehmonlarga va ishtirok etgan dono o‘quvchilari­mizga rahmat! Matematikaga bo‘lgan mehrimiz hech qachon kamaymasin, deb qolamiz!

Dilfuza SHUKUROVA,
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi
286- maktabning boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi.

Fikr bildirish