Telegramdan tezkor xabarlar
Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 2025- yil 15- fevral kuni boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun «Kasbiy rivojlantirish kuni» tadbirlari boshlandi.
Uchquduq tumanidagi tayanch sifatida belgilangan 4- sonli ta’lim muassasasida ushbu maktabga biriktirilgan 21 nafar yetakchi o‘qituvchilar 1 ta guruhda mashg‘ulot jarayonlarida ishtirok etmoqda.
Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 131-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining tajribali boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi Mahfuza Saidazimova 2- «G» sinf o‘quvchilari ishtirokida ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tdi.
Unda o‘quvchilar Atoqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning «Bolari va pashsha» asari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etdilar. O‘quvchilar asar qahramonlarini mohirlik bilan talqin qilib, mazmunli va qiziqarli chiqish taqdim etishdi. Ularning jonli ijrosi pedagoglar va ota-onalarda katta taassurot qoldirdi.
Toshkent shahar MMTB
Axborot xizmati.