KELISHIK QO‘SHIMCHALARI USTIDA ISHLASH

KELISHIK QO‘SHIMCHALARI USTIDA ISHLASH

KELISHIK QO‘SHIMCHALARI USTIDA ISHLASH

(4- sinf)

 

Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Gapda otlarning boshqa so‘zlar bilan munosabatini ifodalab, so‘zlarning bog‘lanishiga xizmat qiladi. Kelishiklarni tushinish uchun o‘quvchi otning gapda qaysi so‘z bilan bog‘langanini aniq bilishi kerak.
Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi – turlanish deyiladi. U haqida ma’lumot berish bilan o‘quvchilarga kelishik qo‘shimchalari gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qilishi, o‘zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi, so‘roqlari, qo‘shimchalari va joylashish tartibi tushuntiriladi. O‘quvchilar turlanish bilan kelishik­larning mohiyatidan kelib chiqib, gapni tahlil qilish jara­yonida tanishtiriladi, gapning asosi(ega va kesim) va so‘z birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so‘zlar bilan shakl yasovchi qo‘shimchalar(-ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida bog‘lanishini kuzatadilar, bu qo‘shimchalar kelishik qo‘shimchalari ekanini, otlar­ning ular bilan o‘zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga kelishiklarning joylashish tartibi, so‘roqlari va bosh kelishikdan boshqa kelishiklarning aniq qo‘shimchalari mavjudligi darslikda berilgan jadval yordamida tushuntiriladi. Bosh kelishikdagi ot gapda ega vazifasida, boshqalar esa ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi bilan ham tanishtiriladi. O‘quvchilar o‘zlashtirgan grammatik bilimlarini imlo qoidalarini o‘zlashtirishda foydalana ­olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka ahamiyat beriladi. Bajarilgan ish yozib boriladi:
– o‘quvchilar avval gapda ot bog‘langan so‘zdan shu otga savol beradilar va savolni qavs ichiga yozadilar;
– so‘roqqa qarab kelishikni aniqlaydilar.
Masalan, o‘qidi(nimani?) – kitobni (tushum kelishigi). Ular buni yaxshi o‘zlashtirganlaridan so‘ng, mashq tez bajariladi, yozish talab etilmaydi. Ko‘plikdagi otlar­ning turlanishini o‘rganishda nutqda ko‘plikdagi otlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini takomillashtirish maqsadi ko‘zda tutiladi. O‘quvchilar suhbat yordamida bosh kelishikdagi otning so‘rog‘ini va bitta shaxs, narsani bildirishini aytadilar(nima? – kitob, kim? – o‘quv­chi); o‘qituvchi agar shu ot ikki va undan ortiq, shaxs yoki narsani bildirsa, qanday so‘roqqa javob bo‘lishini, qaysi kelishikni bildirishini so‘raydi, ular qiynalmay javob beradilar (nimalar? – kitoblar, kimlar? – o‘quvchilar). Xulosa chiqariladi: ko‘plikdagi otlar bosh kelishikda nimalar? yoki kimlar? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. O‘quvchilar otlar­ning kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib, shu otlarni ko‘plikda turlaydilar va ko‘plik qo‘shimchasi doim kelishik qo‘shimchasidan oldin qo‘shilishini, so‘roqlarini bilib oladilar. Kelishiklarni bilib olish maqsadida so‘roqlardan foydalaniladi. Buning uchun o‘quv­chilar, birinchidan, so‘roqni otning yakka o‘ziga emas, balki gapda ot ma’no tomondan bog‘langan so‘zdan shu otga berishni o‘rganishlari, ikkinchidan, kelishik­larning so‘roqlarini yaxshi bilishlari zarur. Kelishiklarni o‘zlashtirishda gapning asosini aniqlagach, gapda o‘zaro bog‘langan so‘zlarni(so‘z birikmalarini) belgilash, ot bog‘langan so‘zni topish, so‘roq berib, qaysi kelishik bilan turlanganini, birlik yoki ko‘plikda qo‘llanganini aniqlash izchilligida ishni uyushtirish maqsadga muvofiq (Masalan, Alisher Nodirni muzeyga taklif qildi. Gap ­Alisher haqida aytilgan. (Kim?) Alisher ega (bosh kelishikda, birlik); Alisher (nima qildi?) – taklif qildi – kesim; taklif qildi (kimni?).
Nodirni(ot, tushum kelishigida, birlik); taklif qildi (nimaga? yoki qayerga?) – muzeyga(ot, jo‘nalish ke­lishigida, birlik). Kelishiklarning xususiyatlarini o‘rganishda har bir kelishikni quyidagi umumiy reja asosida tahlil qilish maqsadga muvofiq:
1. Kelishikning grammatik ma’nosi.
2. So‘roqlari.
3. Qo‘shimchasi.
4. Gapdagi vazifasi.
Quyidagi topshiriqlar orqali “Kelishiklar” mavzusida o‘quvchilar bilimini boyitamiz.
Qanday o‘qitish kerak?
Matnni o‘qing. Har bir gapda takrorlanib kelayotgan kitob so‘zining qaysi kelishikda ekanligini jadvalga yo­zing. Uni ajratib ko‘satilgan so‘z bilan birga ko‘chiring.
Kitob o‘z do‘stining dilini og‘ritmaydi. Kitobning suhbatidan inson foyda topadi. Bunday fayzli foydani boshqa hech qayerdan topib bo‘lmaydi. Kitobni o‘qigan inson o‘tmishdan va kelajakdan ogoh bo‘ladi. Ajdodlarimiz o‘z merosini kelajak avlodga kitoblarda qoldiradi. Inson uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo‘qdir. Shuning uchun ham: «Kitob aql qal’asidir», deganlar.

2- topshiriq: «Xatosini top» o‘yini

«Mosini top» o‘yini
Nuqtalar o‘rniga -ga, -ka, -qa qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib o‘qing. Jo‘nalish kelishigidagi otlarning aytilishi va yozilishidagi farqni tushuntiring.

Tarqatma materiallardan foydalanish

Maqol va tez aytishlarga qavs ichida berilgan kelishik qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib o‘qing va yozing

«Tomosha» metodi


Tomosha metodidan bar­cha fan o‘qituvchilari 1–4- sinflarda foydala­nish­lari mumkin. Ushbu metod o‘quvchilarda kreativ fikr­lash qobiliyatini shakllantiradi va diqqatini rivojlantiradi.

Tomosha metodi o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini ochib berishga ham xizmat qiladi. Chunki jarayonda o‘quvchilar yuz mimikalari, turli imo-ishoralardan foyda­lanishlari va san’atkorlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim.
Metod mazmuni: o‘qituvchi tomonidan turli mavzularda jumlalar va gaplar yozilgan kartochkalar tayyorlanadi. Masalan:

O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhdan 1 ta o‘quvchi chiqadi, mavjud kartochkalardan birini tanlab, undagi mazmunni ovoz chiqarmay, o‘quvchilarga ko‘rsatib beradi.
«Gulbarglar» metodi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan barcha fan va sinflar uchun mos keladigan metod hisoblanadi. Bu metoddan foydalanish uchun o‘quvchilar turli xildagi daraxt va gullar barglarini olib kelishlari lozim. Agar o‘quvchilarda barglar bo‘lmasa, maktab bog‘iga ekskursiya uyushtirishlari va barglar terishlari mumkin.
Ushbu metoddan dars jarayonining o‘tgan mavzuni takrorlash va yangi mavzuni mustahkamlash qismlarida foydalaniladi.
Metod mazmuni: o‘quvchilar olib kelgan gulbarglarini A4 formatdagi oq qog‘ozlarga yelim yordamida yopishtiradilar, so‘ng bugun darsda o‘rgangan mavzulariga oid ma’lumotlarni barglarning har bir burchagiga yozib chiqadilar.
Metoddan kutilayotgan natijalar:
– dars jarayoni sifatli tashkil qilinishiga erishiladi;
– barcha o‘quvchular darsga jalb qilinadi;
– o‘quvchilarda ilmiy bilish ko‘nikmasi rivojlantiriladi;
– tabiat bilan aloqa qilishlariga, tabiatning go‘zal ne’matlarini o‘rganishga undaydi;
– integratsiya amalga oshiriladi.
«Gulbarglar» metodidan foydalanish uchun tavsiya: o‘quvchilar barglarning har bir burchagiga kelishik qo‘shimchalarini keyin esa so‘zlarni yozadilar.

«Idrok» metodi
Har bir o‘quvchiga bittadan tarqatma beriladi. Ular tarqatmadagi so‘zni o‘qib, qaysi kelishikda berilgan bo‘lsa, shu kelishikdagi savatga solishlari kerak. Har bir o‘quvchini ishini o‘qituvchi diqqat bilan nazorat qilib turadi, xatoliklarni o‘z vaqtida tuzatib boradi.

4- sinf ona tili darslarida kelishik kategoriyasini o‘rgatish bo‘yicha metodlar orqali bir qancha yutuqlarga erishdik, shu qatorda muhokama uchun o‘rinli savollar ham tug‘ildi. Metodlar doirasda kelishik qo‘shimchalarini o‘qitish o‘quvchilar uchun qay darajada muhim? Qaratqich kelishigi va tushum kelishigi qo‘shimchalarini belgi va belgisiz qo‘llanilishi, jo‘nalish kelishigi -ga (-ka, -qa) qo‘shimchalarida imlo qoidalarga amal qilgan holda yozish ko‘nikmasini to‘g‘ri shakllantirish va hokazo. Yuqoridagi natijalardan ko‘rinib turibdiki, nazariy bilimlarni amaliyotda metodlar orqali o‘rgatish, kelishik kategoriyasida qanday metodlardan foydalanishni bilish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun birmuncha qulaydir. Bu metodlar orqali o‘quvchilar nafaqat bilim oladi, balki uni kelajakda qo‘llay olish malakasini rivojlantiradi. Hayotda o‘ziga ishonch bilan qarashga o‘rganadi.

Moxidil XUSANOVA,
Gʻuzor tumanidagi
10- maktabning boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi.

Fikr bildirish