MATEMATIKA: «KESMA»
Kesmaga ikki xil – ko‘rgazmali tarzda yoki ma’lum shartni qanoatlantiruvchi nuqtalar to‘plami sifatida ta’rif berish mumkin:
A. Har qanday to‘g‘ri chiziq ustidagi ikki A va B nuqta uni uch bo‘lakka bo‘ladi. Ularning ikkitasi nur bo‘lib, A va B nuqtalar bilan chegaralangan uchinchisi kesma deyiladi.
B. Ikki A va B nuqta va ular orasidagi barcha nuqtalardan tashkil topgan geometrik shakl kesma deb ataladi.
Kesma to‘gri chiziq va nurdan farq qiladi. Kesma bu ikki tomonidan chegaralangan nur esa bir tomoni cheklangan ikkinchi tomoni chegaralanmagan chiziqlar. To‘g‘ri chiziq esa nuqtalar bilan chegaralanmaydi. Agar unda yotuvchi nuqtalarni qo‘ysak, u kesmaga aylanadi.
Kesmalarni o‘lchash va taqqoslash. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bu tushuncha hali notanish, ayniqsa, 1- sinflarga. Ular matematika daftarini yaxshi bilganliklari sabab 2ta katagimiz 1cm ekanligini, chizg‘ichni ishlatishni, u bilan qanday o‘lchash lozimligini tushuntirib o‘taman.
Kesmalarni taqqoslashda bir tartibda ular ustma ust qo‘yiladi, ustma-ust tushsa kesmalar bir-biriga teng deyiladi. Aks holda biri ikkinchisidan kichik yoki katta hisoblanadi. So‘ngra berilgan kesmaga teng kesmani yasash ko‘rsatiladi. Bunga amaliyotdan bir qancha misollarni keltirishimiz mumkin. Masalan, bir xil uzunlikdagi gugurt cho‘plarini tayyorlashda qanday yo‘l tutiladi, ekishga tayyorlanayotgan terak qalamchalari qanday kesiladi kabi.
Mavzuni o‘rganish jarayonidagi metodlar:
Sinkveyn metodi:
1. Kesma.
2. To‘g‘ri chiziqning ikki nuqta orasidagi qism.
3. Chiziladi, chegaralanadi, harflar bilan belilanadi.
4. Men kesmani chiza olaman.
5. Siniq chiziq, nur.
O‘quvchilar bilan birgalikda dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
«Devlar va mittilar» o‘yini dam olish daqiqasi uchun kayfiyat beruvchi usul:
1. Sinf xonadagi hamma o‘quvchilar o‘rnidan turib, partadan biroz uzoqlashishadi.
2. O‘qituvchi yoki lider qo‘llarini ko‘tarib, tushirib, devlar va mittilarni tasvirlab, «gigant» va «mitti» deydi.
3. O‘qituvchi yoki lider o‘quvchi ba’zan o‘z so‘zini va harakatini teskari qilib, ishtirokchilarni chalg‘itmoqchi bo‘ladi.
4. Kim xato qilsa, o‘rniga o‘tiradi.
5. Yakunda qolgan uch kishi g‘olib deb topiladi.
31- dars. To‘g‘ri chiziq kesmasi. Siniq chiziq kesmasi.
1-masala.
«Uzum pishdi, bog‘imizga kel» o‘yinida kesmalarni uzum donalariga yozib, yopishtirib chiqishadi. Bu usuldan qaysi o‘quvchilar mavzuni qanday o‘zlashtirganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Kesma chegaralarini ko‘rsatuvchi harflarni yozgan yoki kesmani chizib ko‘rsatgan o‘quvchi to‘g‘ri javob bergan hisoblanadi. Qaysi guruh o‘quvchilari yaxshi o‘zlashtirganligini biz uzum donachalari to‘liq bo‘lib mukammal uzum rasmi paydo bo‘lganidan anglaymiz. Xato yozilgan donachalarni olib tashlash orqali o‘quvchi xatosini ko‘zi bilan ko‘rib, tez tushinib oladi.
2-masala.
«Venn diagrammasi» (2- masala). Uchta guruhga varoqqa chizilgan diagramma tarqatiladi va quyidagicha topshiriq beriladi:
chap dioiraga qizil kesmalar, ularning qaysilar ekanligi, soni va kesmalardan havorang kesmalar sonini ayirganimizda qanday son hosil bo‘lishini yozing;
o‘ng doiraga havorang kesmalar, ularning qaysilar ekanligi, soni va kesmalardan qizil kesmalar sonini ayirganimizda qanday son hosil bo‘lishini yozing.
doiralar kesishuviga ikkala doiraning o‘xshash jihatlarini yozing.
O‘qituvchi ularni kuzatib, baholaydi. Bu metod orqali masalaning o‘xshash va farqli jihatlari yaqqol bilinadi.
«Gugurt donalari» texnologiyasi (3- masala).
Kichik guruhlar tuziladi va har bir guruhga gugurtlar beriladi. Siniq chiziqlarni to‘g‘ri hosil qilgan guruh g‘olib sanaladi.
«Kungaboqar» metodi (4- misol).
Guruhlarga rangli qog‘oz va oq varoq beriladi. Ular kungaboqar rasmini yasashadi. Kungaboqar markaziga doira yopishtirib, har bir bargga bitta misol yozib bajarishadi. Bajarilgan misollani kungaboqar tanasiga yopishtirib boradi.O‘qituvchi misollarni bajarilish izchilligini nazorat qilib turadi. Siniq chiziqlar bo‘ylab misollarni to‘g‘ri bajarib, kungaboqar rasmini hosil qilgan guruh g‘olib sanaladi. Noto‘g‘ri ishlangan misollar o‘qituvchi tomonidan olib tashlanadi. 5- misol «O‘ylab bajaring» o‘yini orqali amalga oshiriladi. Rasmda ko‘rsatilgan shart o‘quvchilarga o‘qib beriladi.
«To‘rtta fikrlovchi qalpoqcha» metodi.
O‘quvcilar guruhlarga bo‘linishadi. Guruh a’zolari boshlariga qalpoqchalarni kiyib, ma’lum raqamli xatlarni belgilangan yo‘nalishga yetkazib berishi aytiladi. Qaysi uyga olib borish kerakligini xatjild ustiga yozishadi.To‘g‘ri bajargan guruh boshlarida do‘ppisi bilan qoladi.
Shartni bir o‘quvchi noto‘g‘ri bajarsa ham butun guruh mag‘lub sanaladi.
Matluba MO‘MINOVA,
Yakkabog‘ tumanidagi
35- maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi