BIRINCHI MARTA USTOZLAR ISHTIROKIDA VOLEYBOL BOʼYICHA RESPUBLIKA MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI

BIRINCHI MARTA USTOZLAR ISHTIROKIDA VOLEYBOL BOʼYICHA RESPUBLIKA MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI

BIRINCHI MARTA USTOZLAR ISHTIROKIDA VOLEYBOL BOʼYICHA RESPUBLIKA MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI

🏐 Mamlakatimizda ilk bor pedagog xotin-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” respublika musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa 14 mingdan ortiq ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 110 452 nafar ayol xodimni qamrab oldi. Bir necha bosqichda o‘tkazilgan bellashuvlar yakunida hududlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 ta jamoa respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Ayni kunlarda Namangan shahrida bo‘lib o‘tayotgan final bosqichida 112 nafar ayol pedagog chempionlik uchun bahs olib bormoqda. Musobaqa pedagoglar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🏆 Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — 150 mln so‘m
🥈 2-o‘rin — 100 mln so‘m
🥉 3-o‘rin — 70 mln so‘m

Shuningdek, g‘olib maktab jamoalari “Damas” avtomobillarini qo‘lga kiritishadi.

Fikr bildirish