1-SINFGA QABUL DAVOM ETMOQDA
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi davlat umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari davom etmoqda.

20-iyul holatiga ko‘ra, 600 mingdan ortiq bola 1-sinfga qabul qilindi. Shundan 322 944 nafari onlayn, 277 121 nafari esa an’anaviy tartibda hujjat topshirgan.
Joriy o‘quv yilida mamlakatimizdagi 135 ta tuman va shahardagi 5 690 ta maktabda qabul jarayonlari onlayn shaklda tashkil etilgan.
❗️Eslatib o‘tamiz, mikrohudud bo‘yicha 1-sinfga qabul 31-iyulga qadar davom etadi.
