Diqqat_Tanlov
🌟 «BOLALAR UCHUN ENG YAXSHI BADIIY ASAR»
RESPUBLIKA IJODIY TANLOVI E’LON QILINADI!
Siz bolalar qalbiga yo‘l topadigan, ularni ezgulikka, Vatanga muhabbat va orzu-intilishlarga chorlaydigan asar yozishni istaysizmi? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun!
🏛 Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunli, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishga qaratilgan respublika ijodiy tanlovi o‘tkaziladi.
📖 Asarlar quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi:
✨ Oila va insoniy qadriyatlar;
✨ Vatan, mahalla va jamiyat;
✨ Ustoz, maktab va ta’lim;
✨ Tabiat, texnologiya va kelajak;
✨ Orzular va kelajakdagi kasblar.
👧🧒 Tanlov uchun 6–10, 11–14 va 15–17 yoshdagi bolalar hamda o‘smirlar uchun mo‘ljallangan badiiy asarlar qabul qilinadi.
🏆 G‘oliblarni diplom va qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda!
📚 Eng sara ijodiy ishlar esa maxsus kitob-to‘plam sifatida nashr etiladi.
📌 Tanlovning batafsil nizomi, asarlarni topshirish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi.
📤 Ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot
☎️ Murojaat uchun: +998 55 519-02-02
✍️ Balki bolalar sevib o‘qiydigan navbatdagi eng yaxshi badiiy asar muallifi aynan sizdir!
🌈 Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib!
