PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV TOMONIDAN “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI TO‘G‘RISIDA”GI KONSTITUTSIYAVIY QONUN IMZOLANDI.

PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV TOMONIDAN “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI TO‘G‘RISIDA”GI KONSTITUTSIYAVIY QONUN IMZOLANDI.

PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV TOMONIDAN “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI TO‘G‘RISIDA”GI KONSTITUTSIYAVIY QONUN IMZOLANDI.

Bu qonunning asosiy maqsadi – Prezident Administratsiyasining vazifalari, huquqlari va faoliyatini qonun bilan aniq belgilashdir. Avvallari bu borada alohida qonun bo‘lmagan bo‘lsa, endi uning ishlash tartibi rasman mustahkamlandi.

Qonunga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi Prezidentning ish faoliyatini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi hisoblanadi. Uni Prezident shakllantiradi, u Prezidentga bo‘ysunadi va uning topshiriqlari asosida faoliyat yuritadi.

Administratsiyaning asosiy vazifalari:

Prezident farmonlari, qarorlari va topshiriqlarini tayyorlash hamda ularning ijrosini nazorat qilish;
mamlakat taraqqiyotiga oid yangi tashabbuslarni ishlab chiqish;
fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlarni tashkil etish;
Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasini tayyorlash;
qonunlarni Prezident imzosiga tayyorlash yoki qaytarish bo‘yicha xulosalar tayyorlash;
Prezidentga bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish.

Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining vakolatlari, xodimlarni lavozimga tayinlash va ozod etish tartibi, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatining huquqiy asoslari ham belgilandi.

Yangi qonun Prezident Administratsiyasining parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar hamda sud hokimiyati bilan hamkorligini yanada aniq tartibga soladi. Bundan tashqari, Administratsiya xodimlarining ijtimoiy va huquqiy himoyasi ham mustahkamlanmoqda.

Umuman olganda, ushbu qonun davlat boshqaruvi tizimini yanada samarali, ochiq va tartibli tashkil etishga, Prezident faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlashga hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirishga xizmat qiladi.

Fikr bildirish