QORAQALPOG‘ISTON
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Nukus shahrida o‘tkazilgan V Milliy ustozlar forumining hududiy bosqichi doirasidagi taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

📌 Tadbirda vazir ustozlarni samimiy tabriklab, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi o‘quv yilidagi yangiliklar hamda istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, bir guruh faol va fidoyi pedagoglar “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
➖ Ma’lumot uchun: “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilayotgan forum hududlarda kaskad usulida davom etmoqda.

Forumning hududiy bosqichlarida respublika bo‘ylab 4 ming nafardan ortiq ta’lim sohasi xodimlari ishtirok etmoqda.
