ILM, IQTIDOR VA MEHNAT TANTANASI: ENG YAXSHI MAKTABLAR TAQDIRLANDI
Prezident sovrini uchun tashkil etilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etib, ushbu nufuzli tanlovning yakuniy bosqichini bevosita kuzatdim.

Tanlov davomida yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar o‘zlarining xorijiy tillarni o‘qitishdagi tajribasi, zamonaviy yondashuvlari va o‘quvchilarning bilim hamda til ko‘nikmalarini namoyish etdi. Yakunda eng munosib jamoalar va iqtidorli o‘quvchilar tantanali ravishda taqdirlandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Toshkent shahri, Yangihayot tumani 331-maktab jamoasi;
2-o‘rin — Navoiy viloyati, Navoiy shahri 18-sonli maktab jamoasi;
3-o‘rin — Toshkent viloyati, Olmaliq shahri 5-sonli maktab jamoasi.
Shuningdek, til ko‘nikmalari bo‘yicha ham eng faol va iqtidorli o‘quvchilar alohida nominatsiyalar bilan taqdirlandi:
“The Best Writer” — Nilufar Xo‘jamqulova (Jizzax viloyati, Zarbdor tumani 9-maktab);
“The Best Speaker” — Farzona Sultonova (Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri 2-sonli maktab);
“The Best Reader” — Temur Toshmurodov (Navoiy viloyati, Navoiy shahri 18-sonli maktab);
“The Best Listener” — Vazira Ramazonova (Buxoro viloyati, Buxoro tumani 1-sonli maktab).

Tanlovning eng oliy mukofoti — Grand Pri Navoiy viloyati, Navoiy shahri 18-sonli maktab o‘quvchisi Umidjon Bobonazarovga topshirildi.
Tadbir davomida yoshlarning xorijiy tillarni mukammal o‘rganishga bo‘lgan intilishi, ustozlarning fidokorona mehnati va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.
