PISA 2025: O‘ZBEKISTON O‘QUVCHILARI NATIJALARIDA SEZILARLI O‘SISH QAYD ETILDI

PISA 2025: O‘ZBEKISTON O‘QUVCHILARI NATIJALARIDA SEZILARLI O‘SISH QAYD ETILDI

PISA 2025: O‘ZBEKISTON O‘QUVCHILARI NATIJALARIDA SEZILARLI O‘SISH QAYD ETILDI

Bugun ta’lim sohasidagi muhim voqealardan biri — O‘zbekistonning PISA 2025 xalqaro baholash dasturidagi ishtiroki natijalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan Ta’lim forumi o‘z ishini boshladi.
 

Forumda O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotidagi ishtiroki, o‘quvchilarning natijalari, bilim darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Tadbirda “Boshlang‘ich ta’lim” ilmiy-metodik jurnali muharriri ham ishtirok etdi.

Forum doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturining natijalari rasman e’lon qilindi.

O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi bor ishtirok etdi. Mamlakatimizdan tasodifiy tanlangan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda qatnashdi.

Tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi. Bu 2022-yildagi 355 ball va 80-o‘rin bilan taqqoslaganda, qariyb 83 ballik o‘sishni ko‘rsatadi.

Eng muhim ijobiy ko‘rsatkichlardan biri — bazaviy, ya’ni 2-daraja va undan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar ulushining oshganidir:

🔹 2022-yil — 19 foiz
🔹 2025-yil — 65 foiz

Bu esa 46 foiz punktlik o‘sish demakdir.

💻 Shuningdek, “Raqamli dunyoda o‘rganish” yo‘nalishida O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball natija qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.

📚 PISA 2025 tadqiqotida asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan bo‘lib, matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.

PISA 2025 natijalari O‘zbekiston ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarning bazaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini ko‘rsatdi.

Fikr bildirish